O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi. 
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro 
xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida 
paydo bo‘ladi. 
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati 
cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom 
jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan 
ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi. Bunday jamiyat muassislari jamiyatning 
majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari 
kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin. 
Nizom jamg‘armasi aksiyalarga
taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati 
hisoblanadi. Xissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha 
javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar qiymati doirasida 
zarar ko‘rishlari mumkin. 
Xissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
aksiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - 
aksiyalarga 
taqsimlanishi; 
aksiyadorlar 
jamiyat 
majburiyatlari 
uchun 
javobgarligining 
aksiyalar 
qiymati 
hajmida 
cheklanganligi; 
aksiyadorlik 


10 
kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi 
Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazifalarining xo‘jalik faoliyatini 
boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. 
Iqtisodiyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini 
jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish 
maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda 
turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda 
kooperatsiya yoki konsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin