O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus talim vazirligi


«Soha iqtisodiyoti va menejmenti»



Yüklə 1,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/140
tarix12.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#96883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Soha iqtisodiyoti va menejment -O\'quv qo\'llanma

«Soha iqtisodiyoti va menejmenti» fani talabalarga nafaqat muayyan axborot, 
ma’lumotlar, bilim va ilm berishi, balki ularni o‘z yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlab 



olishga, murakkab iqtisodiy muammolar yechimini topa bilishga o'rgatishi kerak. 
 
1-Bob. 
KORXONALARNING TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLLARI 
 
1.1. Korxonalar mohiyati va faoliyatning asosi
 
Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo‘g’ini bo‘lib, unda ilmiy 
iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi. 
Korxona ish o‘rinlarini beradi ish haqi to‘laydi soliqlar to‘lash yo‘li bilan davlat 
va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi. 
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil 
etish shakllariga ega: 

konsentratsiyalash, bir joyga jamlash; 

ixtisoslashtirish; 

kooperatsiyalash; 

ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga 
bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxonabu - huquqiy shaxs 
maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo‘lib, 
o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar 
(xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, 
xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi. 
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida 
mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil 
xo‘jalik yurituvchi iqtisodiyot sub’ektidir. 
Korxonaning markaziy holati quyidagi holatlarga bog‘liq: 

korxona inson hayotini tashkil etishning asosiy shaklidir. Bu erda xodim 
o‘zining ijodiy salohiyatini anglaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi; bu 
erda u o‘zini o‘zi va oila a’zolarini moliyaviy ta’minlab berganligi uchun mukofot 
oladi; 




korxona turli xil ishtirokchilar o‘rtasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonida rivojlanadigan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy sub’ekti 
vazifasini bajaradi; 

korxona nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy tashkilot hamdir, chunki uning 
poydevori shaxs va mehnat jamoasidan iborat; korxonada jamiyat, mulkdor, jamoa 
va ishchining manfaatlari o‘zaro bog‘liq, ularning qarama-qarshiliklari ishlab 
chiqilgan va hal qilingan; 

ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan korxona tabiiy muhitga ta’sir 
ko‘rsatib, inson yashash joyining holatini belgilaydi. 
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 

ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga 
miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; 

ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar 
o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 

tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat 
yuritadi; 

moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil 
bo‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor 
munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Korxona o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum xususiyatlarga ega: 
1) korxona o‘ziga tegishli va xo‘jalik boshqaruvidagi xususiy mulkka ega 
bo‘lib, ushbu mulk uning faoliyati moddiy-texnikaviy imkoniyatlarini, iqtisodiy 
mustaqilligi va ishonchliligini ta’minlaydi; 
2) korxona kreditorlar, jumladan, davlat bilan o‘zaro munosabatlardagi 
majburiyatlar yuzasidan o‘z mulki bilan javob berish xususiyatiga ega bo‘ladi; 
3) korxona xo‘jalik aylanmasida o‘z nomidan harakat qilishi mumkin, ya’ni 
qonunga asosan xo‘jalik faoliyati yurituvchi hamkorlar, mahsulot



(ish, xizmat) iste’molchilari, xom ashyo va asbob-uskuna etkazib beruvchilar hamda 
boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzish huquqiga ega
4) korxona qonunchilikka asosan sudda da’vogar va javobgar sifatida 
qatnashish huquqiga ega; 
5) korxona mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lib, ishlab chiqarish va 
mahsulot savdosi xarajatlarini hisobga olib boradi hamda davlat organlari tomonidan 
belgilangan tartibda o‘z vaqtida hisobotlarni taqdim etadi; 
6) korxona o‘z nomiga ega bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli 
o‘z aksini topadi.
Xar bir korxonaning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va 
muomala jarayonlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish sohasidagi 
faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni 
tashkillashtirishda namoyon bo‘ladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - 
ishchi kuchini yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab 
chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala 
sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini 
tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish 
vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida ko‘zga ko‘rinadi. 
Korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida tadqiq etishda uni tashkil 
qiluvchi ikkita tarkibiy qism - tizimning o‘zi (korxona) va ushbu tizim faoliyat 
yurituvchi tashqi muhitni ko‘rib chiqish lozim. Korxonaning ichki muhiti ishlab 
chiqarish vositalari, pul mablag‘lari, axborotlar va inson resurslaridan tashkil topadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish 
yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash; 

mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-
tadqiqot faoliyatini tashkil qilish; 

xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish; 




ishlab 
chiqarishni 
rejalashtirish, 
dasturlash, 
muvofiqlashtirish 
va 
moliyalashtirish; 

mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni 
mukammallashtirish; 

korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, 
texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish. 
Albatta, zamonaviy korxonalarning ko‘p qirrali faoliyati yuqorida sanab 
o‘tilgan yo‘nalishlar bilangina cheklanib qolmaydi. Amaliyotda ular fan-texnika 
taraqqiyoti va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning yangi 
talablari bilan to‘ldirilishi mumkin. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan qat’i nazar, 
xo‘jalik rivojlanishining har bir bosqichida korxonalar faoliyati quyidagi vazifalarni 
bajarishga qaratilishi zarur: 

korxona egasining daromad olishi; 

iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash; 

xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash; 

korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish; 

atrof-muhitni muhofaza qilish; 

korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik; 

ishlab 
chiqarishni 
tashkil 
etish 
va 
boshqarish 
shakllarini 
mukammallashtirish; 

ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish. 
Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan 
quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi: 

ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash; 

mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib berish va sotish

sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish; 

ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash; 

xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish; 




soliqlarni to‘lash, byudjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va 
to‘lovlarni amalga oshirish; 

amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-
qoidalarga rioya qilish. 
Xar bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, 
shuningdek, ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, milliy 
iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan aloqalari va boshqa ko‘rsatkichlari bilan 
farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni tashkil etish, rejalashtirish va 
boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda alohida ishlab 
chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan qo‘llash 
mumkin bo‘lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy 
jihatdan isbotlab berilgan. 

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin