biluvchi), ko‘kalam (ko‘kalamzor), kelbatli (qaddi qomati kelishgan), halolxo‘r
(to‘g‘ri, vijdonli).
Salbiy baho ottenkasiga ega bo‘lgan so‘zlar qatoriga quyidagilar kiradi:
a) jirkanish va mensimaslikni ifoda qiluvchi so‘zlar: oyimcha, oyimchaxon,
oyimtilla, baloxo‘r, pashshaxo‘rda, kerilmajon, mazaxo‘rlik, yutoqmoq, so‘tak,
xomkalla, o‘limtik kabi;
b) qarg‘ish, so‘kish va haqorat ma’nosini ifoda qiladigan so‘zlar: zumrasha,
xumpar, tirrancha, la’nati, gazanda, simyon, bachchag‘ar, oqpadar, qizitaloq,
jinnivachcha, juvonmarg, go‘rso‘xta, baraka topmagur, qoqbosh, to‘ymagur,
turqing qursin...;
v) xalq tilidagi hazil so‘z va iboralar: ahmoqqa to‘qmoq (kishining muskul
kuchini o‘lchaydigan asbob), oyog‘ini to‘rtta qilib qo‘ymoq (uylantirish
ma’nosida);
g) salbiy emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lgan publitsistik leksika. Bunday so‘z
va iboralar publitsistikada dushman va yot oqimlarni fosh etishda keng
qo‘llaniladi. Masalan: qora guruh, sariq iblis, okean ortidagilar, banditlar,
bosqinchilar, yo‘lchilar, shovinistlar, imperialistlar, urush olovini yoquvchilar,
ma’rifat dushmanlari kabi.
Emotsional-ekspressiv leksikasidan foydalanish matnning umumiy uslubiy
maqsad va yo‘nalishi bilan bog‘liq. Emotsional xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlar
badiiy-publitsistik asarlarda hamda so‘zlashuv nutqida qo‘llanadi. Biroq dag‘al
so‘zlar (vulgarizmlar) va haqorat so‘zlardan foydalanishda ma’lum odob
chegarasida turish zarur. Qo‘pol, vulgar, argo so‘zlarni hatto asarda ishtirok
etuvchi shaxslarning nutqiy xarakteristikasini berish maqsadida ishlatish ham
naturalizmga olib keladi.
Evfemizmlar va ularning uslubiy roli. Evfemizm tilning ifoda va uslubiy
vositalaridan biri sanaladi. Aytish noqulay yoki noo‘rin bo‘lgan so‘z yoki ibora
o‘rniga ishlatiladigan «pardali» so‘z yoki ibora evfemizm deyiladi. Masalan,
bo‘g‘oz xotin, deb aytish jonli tilda ham, adabiy tilda ham noqulay bo‘lganligi
uchun uning o‘rnida ikkiqat, og‘iroyoqli, homilador, yukli kabi evfemistik so‘zlar
ishlatiladi. Xuddi shuningdek, nutq vaziyatiga qarab tug‘di o‘rnida ko‘zi yoridi,
ahmoq o‘rnida aqli qisqa, kar o‘rnida qulog‘i og‘ir, o‘g‘ri o‘rnida qo‘li egri kabi
iboralar qo‘llanadi.
Tilda evfemizmlarning yaratilishi etnografik tushuncha – tabu hodisasi bilan
ham aloqadordir. Kishilik jamiyati taraqqiyotning ibtidoiy davrida tabiat
hodisalarining sirini bilishga ojiz bo‘lgan. Inson qo‘rquv uyg‘otadigan sehrli va
zararli, yovuz kuchlardan, jin, arvoh, «yomon ruhlar»dan, ofatli kasallik va yirtqich
hayvonlardan saqlanishning birdan-bir chorasi ularning nomini aytishni man etish,
atamaslik deb tushungan. Aloqa-aralashuv muomalasida so‘zlarni aytishni bunday
man qilish, ta’qiqlash hodisasi tabu deb ataladi.
Nomini aytish man etilgan qo‘rqinchli narsa va hodisalarni, yovuz kuchlarni
chiqarish xavfini tug‘dirmay gapirish zarurati tug‘ilganda, ular boshqa so‘zlar,
ya’ni evfemizmlar bilan almashtiriladi. Tabu hodisasi izlarini tilda hozir ham
uchratish mumkin. Masalan, yitqich hayvon bo‘ri o‘rnida itqush, qabishqir,
qorishqul, jondor; kasallik nomi qizamiq o‘rnida gul, oymoma, haymoma; chayon
o‘rnida eshik, oti yo‘q, benom (Urgut tumanida), gazanda (Andijon), ayrim
quyruq (Xorazmda), besh bo‘g‘in, gajdum (Surxondaryoda) kabi so‘z yoki so‘z
birikmalarining ishlatilishi evfemizm hodisasidir.
Quyidagi misolda aytish noqulay bo‘lgan kasallik nomi o‘rnida evfemistik
so‘z ishlatilgan: Biz oq domla deganning tashxisiga ko‘chadigan bo‘ldik. Oq
domlaning tashxisi... hozir jinnixona qilib qo‘yilgan, domla shu erda jinnilarni
Dostları ilə paylaş: |