O‘zbекisтon rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 243,24 Kb.
səhifə2/9
tarix13.12.2023
ölçüsü243,24 Kb.
#175784
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1920 1930 yillardagi O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar tayyor

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. 1917-yili Turkistonda muhim siyosiy o`zgarishlar yuz berdi. Mintaqa xalqlari mustamlakachilikning 50 yillik zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashini avj oldirib yubordilar. Ma`rifatparvarlik harakati sifatida vujudga kelgan jadidchilik Turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda o`zbek xalqini g`oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida maydonga chiqdi. Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Ubaydullaxo`ja Asadullaxo`jayev (Ubaydulla Xo`jayev), Mustafo Cho`qayev, Ahmad Zaki Validiy To`g`on kabi jadid taraqqiyparvarlari Turkistonga muxtoriyat maqomi berish uchun kurashdilar va siyosiy jarayonlarga faol aralashdilar. O`lka xalqlarining dastlabki ijtimoiy-siyosiy jamiyati — «Sho`roi Islomiya» tuzilib, u muxtoriyatchilik harakatining tepasida turdi. Bu paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida Yosh buxoroliklar va Yosh xivaliklar partiyasi a`zolari demokratik islohotlar o`tkazish uchun o`z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo`jayev, Polvonniyoz Hoji Yusupov ularning rahbarlari edi. Afsuski, 1917-yil noyabrda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyati hukumati — xalqimiz tarixidagi dastlabki demokratik hukumat oradan ko`p o`tmay mustabid sovet tuzumi va bosqinchi qizil askarlar tomonidan qonga botirildi. Hukumat faoliyat ko`rsatgan Qo`qon shahri vayron qilindi, tinch aholi qirg`inga duchor etildi. 1918-yil fevral oyida dastlab Qo`qon atroflarida boshlangan istiqlolchilik harakati tez orada butun Turkiston mintaqasiga tarqaldi.
Farg`ona vodiysida Kichik va Katta Ergasli, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom Pahlavon, Yormat Mahsum, Buxoroda Ibrohimbek, Anvar Posho, Mulla Abdulqahhor, Xorazmda Junaidxon kabi qo`rboshilar harakatga qo`mondonlik qilishdi. Biroq Turkistonning mustaqilligi va ozodligi uchun kurasligan istiqlolchilar sovet davrida «bosmachi» va «xalq dush-mani» sifatida ko`rsatilib, jamoatchilik fikri shu yo`nalishda shakllantirildi. Aslini olganda, istiqlolchilik harakatining boshidan oxirigacha bir buyuk g`oya ustunlik qilgan edi. Bu g`oya butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g`oyasi bo`lib, u harakatning asosiy maqsadi bo`lib qolaverdi. Istiqlolchilik harakati tarixi o`zbek xalqining sovet davri tarixiga uning eng shonli vazafarli, shuningdek, qayg`uli va dard-alamli sahifalari bo`lib yozildi ushbu davrni o’rganish xulosalar qilish kurs ishimning asosiy maqsad vazifasidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o‘rniga yuksak baho berib: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi»2 , – degan edi

Yüklə 243,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin