20.89.B guruh talabasi No‘monxonov Mirafzalxonning
O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN «1920-1930 yillardagi O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar» mavzusidagi
KURS ISHI Ilmiy rahbar: G.Suyarqulova FARG‘ONA – 2023
KIRISH………………………………………………………………………3-6 I BOB. Milliy huddudiy chegaralanishning maqsadi va mohiyati va O'zbekiston SSR ning tashkil topishi……………………………………..6-15 I.1 Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, uning mohiyati………………………………………………………………………..6-12
I.2 O’zbeksiton SSSR ning tashkil topishi va ma’muriy bo’linishi……12-15
II BOB. O’zbekiston SSSR dagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining qaror topishi…………………………………………………………………………15-29 II.1 1920-yilning ikkinchi yarmi va 30-yillarning ikkinchi yarmida huquqda yuz bergan o'zgarishlar……………………………………………………………15-20
II.2 O’zbekiston SSSR ning boshqaruv tizimi ………………………………20-29
Xulosa………………………………………………………………………..29-31 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..31
KIRISH
Mavzuni dolzarbligi: Ajdodlarimizning asriy orzusi bo`lgan milliy istiqlolga erishilganidan so`ng ijtimoiy hayotning ko`pgina sohalari qatori ma`naviyatga, madaniy merosga bo`lgan e`tibor har qachongidan ham kuchaydi. Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni ayniqsa, ma`naviyat sohasida jadal davom etmoqda. Mustaqillik mafkurasi va milliy g`oya yoshlar ongiga ko`proq singib borayotgani bois ularda komillikka intilish, ajdodlarimiz merosi, ularning jahon tamadduniga qo`shgan hissasi, umuman, madaniyat tarixiga bo`lgan qiziqish kuchaymoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma`naviyatni yuksaltirishda o`tmish madaniy boyliklarini chuqur o`rganish va targ`ib etish nihoyatda muhim ekanini ko`plab ma`ruzalarida qayta-qayta ta`kidlab o`tganlar. Shu o`rinda davlatimiz rahbarining madaniy meros va o`tmishdagi allomalarimizning hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji xususidagi so`zlarini eslash maqsadga muvofiqdir.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyat muhim vazifa bo`lib qoldi”1.