O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ТЕRМIZ DАVLАТ UNIVЕRSIТЕТI 
ТАRIХ FАКULТЕТI 
 
“O’ZBEKISTON TARIXI ” КАFЕDRАSI 
 Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti 
va ijodiy merosi

 mavzusidagi 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
 
 
Bajardi: 5220200-Таriх tа’lim yo’nalishi bitiruvchisi 4-kurs talabasi 
Allamov Nurbek Abdullayevich 
 
ILMIY RAHBAR: A. Boqiyev 
 

 
 
 
TERMIZ-2013 



REJA: 
KIRISH. 
I.BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HAYOTI VA SIYOSIY-
ILMIY FAOLIYATI. 
1.1. Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va siyosiy faoliyati. 
1.2. Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan Boburiylar sulolasining jahon 
tarixida tutgan o’rni. 
II. BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA” 
ASARI MUHIM TARIXIY MANBA. 
2.1. Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma” asarining mazmun va 
mohiyati. 
2.2. Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma” asarining tarixiy va 
ilmiy ahamiyati. 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR 



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
O`zbеkiston Rеspublikasi o`z mustaqilligiga 
erishgach, zamonaviy davlatchilik tizimini barpo etish va rivojlantirishga alohida 
e'tibor qaratdi. Ushbu ustivor yo`nalishdagi jadal harakatlarni amalga oshirishidan 
o`zbеk xalqining davlatchilik sohasida to`plagan ko`p asrlik boy tarixiy 
tajribasini atroflicha o`rganish va undan samarali foydalanish masalasi o`zining 
dolzarbligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz I.A.Karimov 
ta‟kidlaganlariidek, “o‟zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab 
bo‟lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‟tarilishi zarur”.
1
Prezidentimiz har bir o‟zbek farzandi “mening ajdodlarim kimlar bo‟lgan, 
millatimizning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turushi, tiklanish, shakllanish 
jarayoni qanday kechgan”.
2
Ayniqsa mustabid tuzum davrida “… Amir Temur, 
Bobur Mirzo va boshqa ulug‟ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi 
tuproqlarda qorishib yotgan edi?”
3
degan savollarni o‟ziga-o‟zi berishi kerakligini 
qayta-qayta uqtiradi. Bu masalada “O‟zbekistonning, o‟zbek xalqining bugun 
keng ommaga etkazishga arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo‟qmi? “
4
degan 
zaruriy savolni beradi va sho‟rolar davrida o‟zgalar yozib bergan soxta g‟oyalar 
asosida yozilgan tarixni qayta ko‟rib chiqish lozimligini ta‟kidlaydi. 
Prezintimiz I.A.Karimov rahnomaligida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan 
madaniy-ma‟naviy merosni asrab avaylash va boyitish, davlatchiligimiz tarixini 
chuqur o‟rganish, o'zligimizni anglash va namoyon etishga alohida e'tibor 
qaratilmoqda. Jumladan, mustaqillikdan keyin nafaqat vatanimiz tarixida, balki, 
jahon tarixi ilm fanida yorqin iz qoldirgan Zahriddin Muhammad Bobur siymosini 
ulug‟lash, uning ilmiy merosini o‟rganish va undan foydalanish masalasi doimo 
1
Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q. Toshkent. “O‟zbekiston” nashriyoti,1998-yil. 134-bet. 
2
Karimov.I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q. Toshkent. “O‟zbekiston” nashriyoti, 1998-yil. 136-bet. 
3
Karimov.I.A Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch. “Ma‟naviyat” nashriyoti, 2008-yil. 6-bet. 
4
Karimov.I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo‟q. Toshkent. “O‟zbekiston” nashriyoti,1998-yil. 137-bet. 



dolzarb bo‟lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov 1990-yil 5-iyunda hali 
mustaqil bo‟lmasimizdan bir yil oldin so‟zlagan nutqlarida tarixiy meros 
to‟g‟risida shunday deganlar: “Xalqimiz respublika hukumatining Navoiy
Ulug‟bek, Bobur, Mashrab, Furqat, Qodiriy, va xalqimizning boshqa buyuk 
farzandlari yubileylari o‟tkazish to‟g‟risidagi qarorini juda ruhlanib kutib olgani 
bejiz qadriyatlarining ravnaqi va boyishiga xizmat qilib kelgan endi va bundan 
keyin ham xizmat qiladi. Biz ularning bebaho merosini xalqqa, avvalo yoshlarga 
yetkazish uchun barcha ishlarni qilamiz”.
5
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik 
beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib lirik shoir, 
o‟zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy-
tarixiy, ilmiy, tabiiy va adabiy lingvistik ma‟lumotlar xazinasidir unda 1494-yildan 
1530-yilgacha O‟rta Osiyo, Afg‟oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon 
etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish jangu-jadallar, yurishlar 
haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda 
qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik holatlarni tasvirlaydi, 
davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy –tarixiy 
ahamiyati bilan emas, balki o‟zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri 
sifatida ham biz uchun qimmatlidir. Shoir o‟z xotiralarini badiiy naql uslubida 
sodda va ravon bayon etadi, o‟nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi; 
tabiat manzaralarini suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, 
sheriy parchalar bilan bezaydi. Tilga olingan shaxsning portreti kiyinishini, tashqi 
ko‟rinishini, fel-atvorini, odatlarini, o‟tmishini avlod-ajdodini birma-bir ta‟rif 
etiladi. Asardagi markaziy obraz Boburning o‟zi, albatta. Uning his – tuyg‟ulariga 
boy qalbi ko‟z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi Elfiniston “ 
Boburnoma” va uning muallifi haqida “Uning his tuyg‟ulari har qanday 
mubolag‟adan yoki pardalashdan holi, uslubi oddiy mardona, shu bilan birga jonli 
5
Karimov.I.A.O‟zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent.2011-yil. 217-bet. 



va ifodali. O‟z zamondoshlari biografiyasini, ularning qiyofalari, urf-odati, 
intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko‟zguda aks etgandek ravshan tasvirlaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonni zabt etilishiga asli zoti 
temuriylardan bo‟lmish Bobur va uning hamrohlari jasorati tufayli erishildi. Uning 
yoshlik yillari ham ana shu irqqa mansub qabilalar orasida o‟tganligi uchun 
davlatni boshqarish va idora qilish uslubida ham bu cho‟l o‟g‟loni faoliyatida ikki 
ulkan qabila mo‟g‟ullar va o‟zbeklarning ta‟siri sezilib turadi.
6
Temuriylarning 
ikkinchi 
poytaxti 
Hirotning 
Shayboniyxon 
tomonidan 
istilo 
qilinishi 
Boburshohning Hindistonga bo‟lgan ishtiyoqi yanada ortgan edi. Shunday 
bo‟lishiga qaramay, u Hindistonday ulkan mamlakatni 1526-yilda o‟z idorasi 
ostiga birlashtirishga muvaffaq bo‟ldi. Boburshoh 1519-1525-yillarda Hindistonni 
egallash uchun hal qiluvchi keng miqyosli beshta jangni amalga oshiradi. Bu ulkan 
mamlakatni bo‟ysundirish nihoyatda og‟ir kechadi. “Boburnoma”da muallif ilgari 
Hindistonni fath etgan Sulton Mahmud G‟aznaviy va afg‟onistonlik Shahobiddin 
Muhammad G‟uriylarning harbiy qudrati o‟zining imkoniyatlaridan nihoyatda 
yuqori bo‟lganini takidlaydi. Unda qayd, etilishicha Sulton Mahmud G‟aznaviy 
Hindistonga yurish qilganida, Hurosonday ulkan mamlakat, Xorazm vohasi va 
Samarqand unga tobe edi. Son jihatdan nihoyatda katta bo‟lgan qo‟shini yuz ming 
ikki yuz ming kishiga etar edi. Sulton Shahobiddin G‟uriy bu mamlakatga hujum 
qilganda, uning ukasi Xuroson mamlakatining podshosi edi. U bir yuz yigirma 
minglik qo‟shin bilan bu o‟lkaga kirib keldi. Har ikkala hukmdorga qarshilik 
ko‟rsatgan Hindiston rojalari bo‟lib, bepoyon bu mamlakat yagona boshqaruv 
ostida birlashmagan edi. Boburshoh sarson – sargondonchilikning alamli kunlarini 
boshidan kechirib, vaqti-vaqti bilan ko‟plab talofat ko‟rib yurt va saltanat ishtiyoqi 
bilan Hindistonga yuzlandi. Uning idorasi ostida bo‟lgan Badahshon, Qunduz, 
Qobul va Qandahar viloyatlari zo‟rg‟a o‟zini tutib turar, bu viloyatlar yuz ming 
kishilik qo‟shinga ega bo‟lgan shayboniylarga yaqin bo‟lganligi uchun ularga 
6
U.Erskin. Bobur Hindistonda.Toshkent. Cho‟lpon nashriyoti.1995-yil. 6-bet.



madad kuchlarini yuborib turush zarurati mavjud edi. Boburshoh 1525-yilda 
beshinchi marta hal qiluvchi hujum uyushtirganda Hindiston mamlakati Behradan 
Bahorgacha Sulton Ibrohim Lo‟diy u nomi Afgo‟n tasarrufida edi. Boburshohning 
o‟n ikki ming kishilik lashkariga uning yuz ming kishiga yaqin azamat qo‟shinini 
va mingta jangovor fili qarshi turar edi.
Panjob viloyati zabt etilgandan so‟ng Dehli Sultoni Ibrohim Lo‟diyga 
qarshi kurashda Boburshohning kuchli harbiy salohiyatti unga omad keltirdi. U “ 
to‟g‟ama” deb nomlangan harbiy tadbirini amalga oshirib, Ibrohim Lo‟diyga qattiq 
shikast yetkazadi. Ikki uch oy Vatanidan yiroqda bo‟lgan yigitlarning sustligini 
ko‟rib, Boburshoh ular oldida otashin nutq so‟zladi. Barchaning ruhini ko‟tarib, 
ularni jangga safarbar qiladi. Zambaraklarni ishga soladi va otliqlardan mohirlik 
bilan foydalanib, Panipatda Ibrohim Lo‟diyni mag‟lubiyatga uchratadi. 1526-yil 
25-aprelda Dehlida Boburshoh nomiga hutba o‟qiladi. Shu bilan u yangi sulola 
boburiylar sulolasining ulkan mamlakatiga asos soladi va Hindistonday ulkan 
mamlakatda turli din va millat vakillaridan tashkil topgan xalqlarning yagona 
markazlashgan davlat boshqaruvi ostida uzil-kesil birlashtiradi. Boburshoh va 
uning avlodlari Hindistonning xo‟jalik hayoti, madaniyati va obodonchiligiga katta 
e‟tibor bilan qarashdi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida keltirilgan tarixiy, 
geografik, etnografik, toponomik ma‟lumotlar orqali XV-XVI asrlarda O`rta 
Osiyo, Afg‟oniston, Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy holat haqida qimmatli 
ma‟lumotlarni bugungi davr nuqtayi-nazaridan yondashib tahlil qilish va 
tariximizni xolisona o‟rgnishda alohida ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin