O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi


II. BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA”



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi

II. BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA” 
ASARI MUHIM TARIXIY MANBA. 
2.1. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA” 
ASARINING MAZMUN MOHIYATI. 
Zahiriddin Muhammad Bobur o‟zining qarama-qarshilikli, murakkab va 
qisqa hayotida (1483-1530) anchagina asarlar yozgan bo‟lsada, ularning hammasi 
bizgacha yetib kelmagan.
Boburdan qolgan ijodiy merosining eng muhim va eng yirigi O‟rta Osiyo, 
Afg‟oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi geografiyasi, etnografiyasiga oid 
nodir va qimmatli ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan va o‟sha davr o‟zbek klassik 
adabiyotida va adabiy tilining yorqin namunasi bo‟lgan “ Boburnoma “ asaridir.
Bu asar mazmunining rang-barangligi, bir jahon ma‟teriali o‟z ichiga 
olganligi, til va uslubining go‟zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX asr sharqshunos 
olimlarning diqqatini o‟ziga totgan va uning turli qo‟lyozma nushalari izlana 
boshlagan va g‟arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi.
Asarning asli nomi “ Boburiya ” bo‟lsa-da, uni “ Voqeanoma “, “ 
Tuzuki Boburiy “, “ Voqeoti Boburiy “, deb ataladilar, keyinchalik asar “ 
Boburnoma “ degan nam bilan mashhur bo‟lib ketgan.
Bu asarning mavjud to‟liq tekisti 1857-yilda turkolog N. I. Ilminskiy 
tomonidan Qozonda tipografiya yo‟li bilan o‟zining to‟rt betlik nashr prinsiplarini 
ko‟rsatgan ruscha so‟z boshisi bilan boilgan. Asarni nashrga tayyorlash va 
dunyoga chiqarishda rus olimi N. I. Ilminskiyning zo‟r faoliyat ko‟rsatishini 
alohida qayd etish kerak.
Bu nashrdan keyin 1905-yilda ingliz orientalistlaridan A. Beverij xonim
“ Boburnoma” ning Haydarobodda topilgan bir qo‟lyozmasining faksimilesini 
qo‟lyozmaning ayni o‟zini sinkografiya yo‟li bilan nashr etdi. Bu nusxaning 
qachon va kim tomonidan ko‟chirilgani no‟malum. Bu ham to‟liq tekst bo‟lsa-da, 
qozon bosmasiga nisbatan ba‟zi tushib qolgan joylari va ayrim nuqsonlari bordir. 
Lekin umuman olganda har ikkala nusxa ham ayrim ayrim nusxalardan xoli 


49 
emasdir.
London nusxasining afzalligi shundaki, bunda A. Beverij nusxasining 
ayni o‟zini berib juda yaxshi ish qilgan, shu bilan birga asar oxirida mukammal 
kishi ismlari, geografiya va qabila, urug‟ nomlari ko‟rsatkichi berilgan va ingliz 
tilida o‟n betlik so‟z boshisi ham bor.
Mana shu ikkin mavjud nusxaga asoslanib, 1948-199-yillarda “ 
Boburnoma “ ning ikki qismidan iborat to‟liq tekisti bosib tarqatilgan edi. 
41
Bu Nashr yangi o‟zbek alifbosida, kishi va geografik nomlar 
ko‟rsatkichi, to‟liq lug‟at, ba‟zi bir qisqa izoh va tarjimalar ilovasi bilan bosilgan 
edi.
Shundan keyin “ Boburnoma “ ning to‟liq tekisti 1960-yili qayta nashrga 
tayyorlandi va nashr etildi. Bu nashrni tayyorlashda ayrim so‟z va terminlar 
transkripsiyasini aniqlash masalasida “ Boburnoma “ ning Anqara ( Turkiya) da 
turkchaga qilingan tarjimasi va filologiya fanlari kandidati M. Salening ruschaga 
qilgan to‟liq tarjimasini ham ko‟zdan kechira borilgan va shular bilan 
moslashtirishga urinilgan edi.
Asar shunday boshlanadi “ Farg‟ona viloyati beshinchi iqlimdindur. 
Ma‟muraning kanorasida voqe bo‟lubtur. Sharqi Qoshg‟ar, g‟arbi Samarqand, 
janubi Badaxshonning sarhadi tog‟lar, shimolida agarchi burun sharhlar bor 
ekandur, misli: Olmaliq va Olmotu va Yangi kim, kutublarda Tarozkent bitirlar, 
mo‟g‟ul va o‟zbek jihatdin bu tarixda buzulubtur, aslo ma‟mura qolmabdur. 
Muxtasar viloyattur, oshliq va mvasi farovon. Girdogirdi tog‟ voqe bo‟lubtur. 
G‟arbiy tarafidakim, Samarqand va Xo‟jand bo‟lg‟ay, tog‟ yo‟qtur. Ushbu jonibtin 
o‟zga hech jonibtin qish yog‟iy kela olmas. Sayxun daryosikim, Xo‟jand suyi‟a 
mashhurdur, sharq va shimoliy tarafidin kelib, bu viloyatning ichi birla o‟tub, g‟arb 
sori oqar, Xo‟jandning shimoli Fanokatning janubi
.
tarafidinkim, holo 
Shohruhiyag‟a mashhurdir, o‟tub yana shimolg‟a mayl qilib, Turkiston sori borur. 
41
Z.M.Bobur: “Boburnoma.” I-II qism, T. 1948-1949-yillar nashrga tayyorlovchilar. P. Shamsiyev, S.Mirzayev
.


50 
Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumg‟a singar, hech daryog‟a 
qotilmas.”
42
Asarda eng avvalo hududiy jihatdan chegaralarini yoritishdan boshlanadi 
va o‟zining davlatinig chegaralari yotib berishdan boshlanadi. Undan keyingi 
betlarda Boburning avlodlari berilgan va uning avlodlari haqida shunday deyilga: “ 
Valodat va nasabi: sekkiz yuz oltmishda Samarqandda edi. Sulton Abusaid 
mirzoning to‟rtinchi o‟g‟li edi. Sulton Ahmad mirzo, Sulton Muhammad mirzo 
Sulton Mahmud mirzodin kichik edi. Sulto Abusaid 
mirzo Sulton 
Muhammadmirzoning o‟g‟li edi. Sulton Muhammad mirzo Mironshoh mirzoning 
o‟g‟li edi. Mironshoh mirzo Temurbekning uchunchi o‟g‟li edi. Umarshayx mirzo 
bila jahongir mirzodin kichik. Shohruh mirzodin ulug‟ edi.”
43
Shuningdek asarda Umarshayx mirzoning farzandlari ham berilgan va 
ular haqida shunday yozilgan “ Avlodi: uch o‟g‟il, besh qiz mirzodin qolib edi. 
Bori o‟glonlardin uluq men – Zahiriddin Muhammad Bobur edim, mening onam 
Qutluq Nigorxonim edi. Yana bir o‟g‟ul Jahongir mirzo edi, mendin ikki yosh 
kichik edi, aningonasi mo‟g‟ulning tuman beklaridinn edi, Fotima Sulton otliq. 
Yana bir o‟g‟ul Nosir mirzo edi, onasi andijonlik edi, g‟unchachi edi, Umid otliq. 
Mendin to‟rt yosh kichik edi.
Bori qizlaridin ulug‟ Xonzodabegim edi, mening bilabir tuqqon erdi, 
mendin besh yosh ulug‟ erdi. Yana bir qiz Mehrbonubegim erdi, mendin ikki yosh 
ulug‟ erdi.
Yana bir qiz Shahrbonubegim erdi, bu dag‟i Nosir mirzo bila bir tuqg‟on 
erdi, mendin sekkiz yosh kichik edi. 
Yana bir qiz Yodgor Sultonbegim edi, onasi Og‟a sulton otliq g‟unchachi 
edi.
42
Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan 1994-yil 28-bet 
43
L.P.Sharma. Boburiylar saltanati. Toshkent. “Ma‟naviyat”. 1998-yil 65-bet. 


51 
“Havotun va saroyi: Qutlug‟ Nigorxonim edi, Yunusxonning ikkinchi 
qizi, Sulton Mahmudxon, Sulton Ahmadxonning egachisi edi. 
Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‟g‟li Chig‟atoyxonning naslidandur. 
Yunusxon ibn Vaysxon ibn Sherali O‟g‟lon ibn Mbn Xizr Xojaxonibn Tug‟luq 
Temurxon ibn Esan Bug‟axon ibn Do‟vaxon ibn Baroqxon ibn Esun Tuva ibn 
Mutugon ibn Chig‟atoyxon ibn Chingizxon. 
Chun muncha taqrib bo‟ldi, xonlarning ahvolini dag‟I ijmol bila zikr qilaling. 
Yunusxon va Esan Bug‟axon Vaysxonning o‟g‟lonlari edi. Yunusxon o‟g‟lonlari 
Ofoqxon va Jonboboxon edi. Yunusxonning onasi Turkistonliq qipchoq beklaridan 
Temurbek rioyat qilg‟on shayx Nuriddinbekning qizi yo nabirasi bo‟lur. 
Vaysxonning voqeasida mo‟g‟ul ulusi ikki fariq bo‟lur. Bir pora Yunusxon sari 
va ko‟prog‟I Esan Bo‟g‟axon sari bo‟lur. Burunroq Yunusxonning egachisini 
Ulug‟bek Mirzo Abdulaziz mirzog‟a olib edi. Ul munosabat bila Erzan borin 
tuman beklaridan edi, xonni uch-to‟rt ming uylik mo‟g‟ul ulusi bila Ulug‟bek 
Mirzog‟a kelturdilarkim, ko‟mak olib yana mo‟g‟ul ulusini olg‟aylar, mirzo 
muruvvat qilmadi, ba‟zisini asir qildi, ba‟zilarini birin-sirin viloyatqa pereshon 
qildi. Erzan buzug‟lig‟I mo‟g‟ul ulusida bir tarix bo‟lubtur. 
Xonni Iroq sari o‟tkazib yo‟bordilar. Borib bir yildan ortuqroq Tabrizda bo‟ldi. 
Ul mahalda Tabriz podshohi Jahonshoh Boroniy Qoraqo‟yluq edi. Andin Sheroz 
keldi. Sherozda Shohruh mirzoning ikkinchi o‟g‟li Ibrohim Sulton mirzo edi. Besh 
olti oydan so‟ng Ibrohim mirzo o‟lub, o‟g‟li Abdullo mirzo aning yerida o‟lturdi.
Abdullo mirzoga xon navkar edi, mulozamat qilur edi. O‟n yetti, o‟n sekkiz yil xon 
Sherozda va ul viloyatlarda bo‟ldi. 
Ulug‟bek mirzoning va o‟g‟ullarining g‟avg‟osida Esan Bug‟axonni yaxshi 
bosti. Muning fitnasining daf‟ig‟a Sulton Abusaid mirzo Yunusxonni bu 
munosabat bilakim, Abdulaziz mirzo olg‟on egachisi xonimni olib erdi. Iroq va 
Xurosondin tilab to‟ylar qilib, do‟stlar bo‟lib, mo‟g‟il ulusida xon qilib 
yiborganda, Sag‟richi tuman beklari tamom ul fursatga Eson Bug‟axondin 
yamonlab Mo‟g‟ulistong‟a kelib edilar. Bularning orasig‟a keldi. Ul fursatga 


52 
Sag‟richi beklarning ulugi Sher Hojibek erdi, aning qizi Esan Davlatbegimni bir oq 
kigiz ustiga o‟lturg‟uzib xon ko‟tardilar. 
Xonning bu Esan Davlatbegimdin uch qizi bo‟ldi. Boridin ulug‟ Mehr 
Nigorxonim edikim, Sulton Abusaid mirzo ulug‟ o‟g‟li Sulton Ahmad mirzig‟a 
qo‟lub edi. Mirzodin hech o‟g‟ul va qiz bo‟lmadi. So‟ngra fatarotta 
Shayboniyxong‟a tushub edi. Men Qobulg‟a kelganda, Shohbegim bila 
Samarqandtin Xurosong‟a kelib, Xurosondin Qobulda keldilar. Shayboniyxon 
Qandaxarda Nosir mirzoni qabag‟onda, men Lamg‟onazimati qildim. Xon mirzo 
va Shohbegim va Mehr Nigorbegim Badaxshong‟a bordilar. Mirzoxonni 
Muborakshoh qal‟ai Zafarg‟a tilagida Abobakr Koshg‟irningchopqunig‟a yo‟liqib, 
Shohbegim va Mehr Nigorxonim va jami elning ahli va ayoli asirliqqa tushub, ul 
zolim badkirdorning habsida dunyoyi foniyni vido qildilar. 
Ikkinchi qizi mening volidam – Qutlig‟ Nigorxonim edi. Aksar 
qazoqliklarda va fatarotlarda mening bilan bir edilar. Qobulni olg‟ondin besh – olti 
oy so‟ngra tarix to‟qquz yuz o‟n birda tengri rahmatig‟a bordilar. 
Uchununchi qiz Xo‟b Nigorxonim edi, Muhammad Husayn Ko‟ragon 
dug‟latqa berib edilar. Bir qizi, bir o‟g‟li bo‟lib edi. Qizni Ubaydxon olib edi. Men 
Buxoro va Samarqandni olg‟onda chiqmay qolib edi. Sulton Saidxondin amakisi 
Sayid Muhammad mirzo Samarqandg‟a manga elchilikka kelganda anga 
qo‟shulub bordi. Sulton Saidxon oldi. O‟g‟ul Haydar mirzo edi. Otasini o‟zbak 
o‟lturganidin so‟ng kelib, mening mulozimatimda uch- to‟rt yil turib, so‟ngra ijozat 
tilab Qoshg‟arg‟a, xon qoshig‟a bordi.” Shuningdek “ Samarqand taxtig‟a 
ulturg`och, Samarqand beklarini burungudek o`q rioya ba inoyat qildim, Bizing 
bila bo`lg`on beklarini ham faroxo`ri xollarig`a yarasha tarbiyat ba shavqat qildim. 
Sulton Ahmad Tanbalning borasig`a rioya ko`prak voqiy bo`ldi. Ichki beklar 
chargasida edi, ulug` beklar chargasida rioya qildim. Samarqandnikim, yetti oy 
muhosara qilib tashvishlar bila olduk, avval kelganda cherik eliga o`lja-mo`jadek 
nima tushub edi. Bir Samarqanddin o`ziga jami viloyatlar manga kirib edi, yo 
Sulton Ali mirzaog`a bu kirgan viloyatlarni chopib bo`lmas edi. Muncha talon va 


53 
taroj tortg`on viloyatlardin nima olmoq xud nechuk muyassar bo`lg`ay. Cherik 
elining o`ljasi tugagandi.Samarqandni olg`onda Samarqand andoq xarob elikim, 
madad, tuxim va taqovig`a ehtiyoj bor edi. Chi joyi ulkim, kishi andin nima ola 
olg`ay. Bu jixatlardin cherik eli ko`p tanqislik tortdilar. Biz xam elga nima etkura 
olmadik. Uylarini ham sog`indilar. Birar-ikkirar qochmoqg`a yuz qo`ydilar. Avval 
kishikim qochti Xonquli Bayonquli edi, yana Ibrohim Bekchik edi. Mug`ullar 
tomon qochtilar. So`ghra Sulton Axmad Tanbal ham qochti. Bu fitnaning taskini 
uchun Xoja qozini yubordukkim. Uzun Xasan Xojag`a o`zini xeyli muxlis va 
mutakid turar edi.Uzun Xasanning ittifoqi bila qochqonlarning bazisig`a sazo 
bergaylar, bazisini bizning qoshimizg`a yuborg`aylar. Bu fitnalarni angiz qilg`uchi, 
mundin qochib borg`onlarni yomonliqqa tez qilg`uchi xud Uzun Xasan 
xaromnamak ekadur. Borchasi Sulton Axmad Tanbal borg`on bila zoxir va oshkora 
yomonliq maqomida bo`ldilar. Samarqandni olmoq doyasi bila necha yilkim bajid 
cherik tortar eduk, Sulton Maxmudxondin agarchi mutaddun bix madad va ko`mak 
bo`lmas edi, vale Samarqand fathidin so`ng Andijonni tama qilur edi.
44
“ Boburnoma” da Samarqand taxtiga o‟tirganligi haqida shunday 
yozilgan : “ Samarqand taxtig‟a o‟lturg‟och, Samarqand beklarini burungudek o‟q 
rioyat va inoyat qildim. Bizing bila bo‟lg‟on beklarni ham faroxo‟ri hollarig‟a 
yarasha tarbiyat va shafkat qildim. Sulton Ahmad Tanbalning borasig‟a rioyat 
ko‟prak voqe bo‟ldi. Ichki beklar chargasiga edi, ulug‟ beklar chargasida rioyat 
qildim. Samarqandnikim, yetti oy muhosara qilib tashvishlar bila olduk, avval 
kelganda cherik eliga o‟lja – mo‟ljadek nima tushub edi. Bir Samarqanddin o‟zga 
jami viloyatlar mahga kirib edi, yo Sulton Ali mirzog‟a bu kirgan viloyatlarni 
vhopib bo‟lmas edi. Muncha talon va taroj tortg‟on viloyatlardin nima olmaq xud 
nechuk muyassar bo‟lg‟ay edi.
Cherik elining o‟lchasi tugandi. Samarqandni olg‟onda Samarqand 
andoq xarob edikim, madad va tuxm vataqovig‟a ehtiyoj bor edi. Chi joyi 
ulkim,kishi andin nima ola olg‟ay. Bu jihatlardin cherik eli ko‟p tanqislik tortdilar. 
44
Zahiriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. Toshkent. Yulduzcha nashri – 1989-yil 28-31-betlar 


54 
Biz ham elga nima yetkura olmaduk. Uylarini ham sog‟indilar. Biror-ikkirar 
qochmoqg‟a yuz qo‟ydilar. Avval kishikim qochdi Xonquli Bayonquli edi, yana 
Ibrohim Bekchik edi. Mo‟g‟ullar tamom qochdilar. So‟ngra Sulton Ahmad Tanbal 
ham qochdi. Uzun Xasan Xojig‟a o‟zini xeyli muxlis va mutaqid tutar edi. Uzun 
Xasanning ittifoqi bila qochqonlarning ba‟zisig‟a sazo bergaylar, ba‟zisini bizning 
qoshimizg‟a yiborgaylar.
Bu fitnalarni angiz qig‟uvchi, mundin qochib borg‟onlarni yomonliqqa 
tez qilg‟uchi xud Uzun Xasan haramnamak ekandur. Borchasi Sulton Ahmad 
Tanbal borg‟on bila zohir va oshkora yomonlik maqomida bo‟ldilar. Samarqandni 
olmoq doiyasi bila necha yilkim bajid cherik tortar eduk, Sulton Mahmudxondin 
agarchi fatxidin so‟ng Andijonni tama‟ qilur edi. Bu fursattakim aksar cherik eli 
va mo‟g‟ullar tamom qochib Andijon , Axsig‟a bordilar. Uzun Xasan va Tanbal 
ul viloyatlarni Jahongir mirzog‟a tama‟ qildular. Necha jihatdin mumkin emas 
edikim, alarg‟a berilgay. Biri ulkim agarchi xong‟a bu viloyatlarni vada 
qilolmaydur edi, vale xon tilab edi. Xon tilab turub, Jahongir Mirzog‟a berilsa, xon 
bila tamom yakro‟ bo‟lmoq kerak edi. Yana bir bukim mundoq mahaldakim, el 
qochib ul viloyatqa bordi, tahakkum tariyqi bila tama‟ qiladur, agar burunroq bu 
so‟z orada bo‟lsa edi, filjumla vajhi bor erdi, alarning tahakkumini kim tortar 
bo‟lg‟ay? Mo‟g‟ul va Andijon cherikini va ba‟zi beklardin ham Andijong‟a borib 
edilar. “
45
Shuningdek “ Boburnoma “ asarida Hindiston haqida ham quyudagicha 
ta‟rif berganlar: “ Hindiston mamoliki vase va purmardum va purhosil viloyat voqe 
bo‟lubtur. Sharqi va janubi, balki g‟arbi ham Muhit daryosig‟a muntahi bo‟lur. 
Shimoli bir tog‟durkim, hindukush va kofiriston va kashmir tog‟lari bila 
payvasttur. Jami Hindiston viloyatining poytaxti Dehli ermish. Sulton 
Shahobiddin G‟uriydin so‟ng, Sulton Feruzshohning oxir axdig‟acha aksar 
Hinduston Dehli salotining taxti zabtida ekandur. 
45
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. I-II-qism 1948-1949-yillar nashrga tayyorlovchi P. Shamsiyev. S. 
Mirzayev. 56-57-betlar


55 
Bu tarixdakim, men Hindistonni fatx qildim, besh musulmon podshoh 
va ikki kofir Hindistonda saltanat qilurlar edi. Agarchi kichik kirim roy va roja 
tog‟ va janggalda xeyla bor edilar, vale mu‟tabar va mustaqil bular edilar. Bir 
afg‟onlar edikim, Dehli poytaxti alarda edi. Behradin bahorg‟acha qobiz edilar. 
Afg‟onlardin burun Junpur Sulton Husayn Sharqiyning qabzida edi. Bu jamoatni 
puriy derlar. Bularning otalri, Firuzshohdin so‟ng junpur mamlakatig‟a musallit 
bo‟lubturlar.
Dehli Sulton Alouddinning iligida edi. Bu tabaqa sayidtur. Temurbek 
Dehlini olg‟onda Dehli hukumatini bularning otalarig‟a berib, borib edi. Sulton 
Bahlul Ludiy Afg‟on va o‟g‟li Sulton Iskandar Dehli poytaxti bila podshohnishin 
bo‟ldi.
Ikkinchi Gujoratga Sulton Muzaffar edi. Sulton Ibrohim fatxidin bir 
necha kun burunroq olamdin naql qildi. Bisyor mutasharre podshoh edi, tolibi 
ilmlig‟I bor erdi, xadis mutolaa qilur erdi, doim mushaf kitobot qilur edi. Bu 
tabaqani tonk derlar. Bularning ham otalari Sulton firuzshoh va ul saloting‟a 
sharobdor ekandurlar. Firuzshohdin so‟ng Gujorat viloyatig‟a qobiz bo‟lubturlar.
Uchinchi Dakanda Baxmaniylar edi. Vale bu tarixta dakan salotinig‟a 
ixtiyor va iqtidor qolmaydur edi. Tamom viloyatlarni ulug‟ beklar iliklab edi. Bir 
nimag‟a ehtiyoj bo‟lsa, beklardin tilar edi.
To‟rtinchi Molva viloyatidakim, Mandov ham derlar, Sulton Mahmud 
edi. Bu tabaqani xaljiy derlar. Muni Rono Sango kofir bosib, aksar viloyatig‟a 
qobiz bo‟lib edi, bu ham zaif bo‟lib edi. Bularning otalari Feruzshohning 
tarbiyatkardalaridin ekandur. Andin so‟ngra Molva viloyatig‟a qobiz bo‟lubturlar. 
Beshinchi Bangola viloyatida Nusratshoh edi. Otasi bangolada podshoh 
bo‟lib edi. Sayid va Sulton Aloudding‟a mulaqqab edi. Munga saltanat meros tegib 
edi. Ajab rasmedur, bangolada saltanat merosi kamroq bo‟lur. Podshohning bir 
muayyan taxti bor. Umaro va vuzaro va sipohi va raiyat barcha anga itoat va 
inqiyot qilurlar. Burung‟i podshohidek podshoh va farmonravo bilurlar. Bangola 
elining so‟zi budurkim, biz taxti halolxuridurbiz. Har kim taxt ustiga bo‟lsa, biz 


56 
ang‟a mute va mundoqdurbiz. Nechukkim, Nusratshohning otasi Sulton 
Alouddindin burun bir haboshiy podshohini o‟lturib, taxtqa chiqib, muddate 
saltanat qildi. Habashiyni Sulton Alouddindin so‟ng, irs tariyqi bila holo o‟g‟li 
podshoh bo‟lubtur.
46
“Boburnoma” da Xusayn Bayqoroga chizgilar berilar ekan biz 
bunga alohida e‟tibor qaratdik. Sulton Xusayn Bayqoroning talqini qanday 
muhitda yashaganligin, qanday shaxs bo‟lgani salbiy va ijobiy tomonlarini, serqirra 
ijodlarini, ilm-fan, ma‟daniyat va san‟at qo‟shgan katta hissalari, ayollari va 
farzandlari ular o‟rtasidagi ziddiyatlar, sohibqiron Amir Temur bilan o‟xshash 
tomonlarini yoritishni maqsad qilib qo‟ydik. 
Xusayn Bayqoro hozirgi kunda to‟liq mukammal xolisona o‟rganilmagan. 
Chunki murakkab shaxs, taqdir egasidir. Sulton Xusayn Bayqoroni o‟rganishda 
birinchi manba bo‟lib Zahiriddin Muhammad Mirzo Boburning jahonga mashhur 
bo‟lgan “ Boburnoma” asaridir.
47
Mustaqillik yillarida talaygina asarlar, monografiyalar, maqolalar chop 
etilgan. Bu asarlarda turlicha yondashuv mavjud, lekin “ Boburnoma “ davr 
ruhi bilan yozilgan. Sulton Xusayn Boyqoro temuriy hukmdorlar ichida 
saltanat taxtida uzoq o‟tirgan adolatli podsholardan biri bo‟lgan. U hukmronlik 
qilgan 1469-1506 yillarda ilm- fan, ma‟rifat me‟morchilik va turli sohalarda 
o‟zini yuksak cho‟qqisiga ko‟tarildi. Xuroson ayniqsa uning poytaxti Xirot 
shahri Bobur tili bilan aytganda, birga o‟n, balki yigirma barobar taraqqiy 
qilgan edi. Bobur mirzo Xusayn Bayqoro va Xirot shahri haqida quyidagicha 
ta‟rif bergan: “ Xirot o‟zining faqat odobliligi bilangina emas, birinchi galda 
shoir, fan arbobi Alisher Navoiy va Abduraxmon Jomiyning sa‟y harakatlari 
natijasida madaniy markaz sifatida ham nom qozongan edi. Sulton Xusayn 
Mirzo zamoni xub ajab zamon edi, axli fazl va benazir eldin Xuroson shahri 
46
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. Yulduzcha nashriyoti. 1989-yil 248-249-betlar. 
47
Fayziyev T.Xusayn Bayqoroning sirli o‟limi. Toshkent 1995-yil 44-bet 


57 
edi. Har kishining kim bir ishga mashg‟ulligi bor edi. Himmati va g‟arazi ul 
edikim, ul ishni kamolga yetkazgay.”
Bobur Xusayn Bayqoroning atrofini o‟ragan muhitdan kelib 
chiqib unga xos bo‟lgan ayrim chizgilar orqali ko‟rsatishga muvaffaq bo‟lgan.
Albatta Xusayn Bayqoroning shaxsiyati va faoliyatiga turlicha baho berish 
mumkin. Bobur bu murakkab shaxsni ta‟riflar ekan uning faoliyatini har 
tomonlama izohlashga, jamiyat xayoti uchun foydali bo‟lgan ijobiy 
tomonlarini ham, kamchiliklarini ham xolisona o‟rganishga intildi. Bobur 
Xusayn Bayqoroni tasvirlashda bo‟rttirma emas balki ijobiy ma‟noda 
tasvirlaydi. Bobur u haqida yana shunday dedi, “ Qiyiq ko‟zlik , sher andom 
buyluk kishi edi. Belidan quyu ingichka edi. Bovujudkim ulug‟ yosh yashab, 
oq soqollik bo‟lib edi, xushrang qizil yashil abrashimni kiyar edi. Qora ko‟zi 
burk kiyar edi, yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik ingichka dastorini yap-
yangi namyon chirmon chirmab, karkara utagan sanchib, namozga borur 
edi.“
48
Tarixchi Xondamirning yozishicha, qirqqa yaqin inshoatlar Sulton 
Xusayn Bayqoro davrida vujudga kelgan. Ko‟rinib turibdiki Mirzo Xusayn
Bayqoro o‟z davrining odil podshosi, fan va madaniyat, me‟morchilik homiysi 
bo‟lgan. 
Buyuk bobomiz Amir Temur va Sulton Xusayn Bayqoro hayot 
yo‟llarini o‟rganish mobaynida ular o‟rtasida juda ko‟p o‟xshashliklarni 
uchratamiz. 
“ Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzoning yozishicha, Qosim 
Xusayn Sulton Hindistonga Bobur podsho xizmatiga borgan. Bobur podshoh 
unga Badavun hokimligini inom qilgan. Keyinroq esa Abdulla Sulton ham 
Bobur podshoh xizmatiga borgan. U haqida Bobur shunday yozgan: 
Bovujudkim kichik yoshliktu, xizmati yomon edam.”Xusayn Bayqoroning 
48
Hasanov H. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston. 1983-yil 56-bet. 


58 
o‟g‟illari haqida “Boburnoma”da, Turg‟un Fayziyevning “Xusayn 
Bayqoroning sirli o‟limi”,”Xusayn Bayqoro” va boshqa manbalarda 
uchratishimiz mumkin. “Boburnoma”da shuningdek, Binoiy talqinini ham 
ko‟rib o‟tamiz

Zahiriddin Muhammad Bobur “ Boburnoma” asarida Binoiyga 
quyudagicha ta‟rif bergan. “ shuarodin… yana Binoiy edi, Xiriliktur otasi ustod 
Muhammad Sabz banno uchun shundoq taxallus qilibtur. G‟azalida rang va xol 
bordur, devon tartib qilubdur, masnaviylari ham bor. Bir masnaviysi mevalar 
bobida, mutakorib bahorida, bemuxassal nima debtur, bekore qilubtur. Yana bir 
muxtasar masnaviysi bor, xafif baxrida. Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu 
jihattin Alisherbek ta‟na qilur ekandur. Bir yil Mirzo Sulton Xusayn qishlay 
borganda Alisherbek ham borur. Binoiy Xirida qolur. Ul kishi musiqiy mashq 
qilur, yozgacha ancha bulurkim , ishlar bog‟lar. Yoz Mirzo kelganda savt va 
naqsh utqarir. Alisherbek tahsin qilur.”
“Binoiy Alisherbekka xili mutaarriz ( ya‟ni qarshiligi bor ma‟nosid)
ekandur. Bu jihatdin xili jafolar tortdi. Oxir tura olmay Iroq va Ozarbayjonga 
Yaqubbek qoshiga bordi. Yaqubbek qoshida yomon emas edi. Yaqubbek 
o‟lgandin so‟ng ul viloyatlarda turmay Xiriga ( Xirot ) ga keldi. Xanuz zarofat va 
taarruzi bor edi. Yani xusumati bor edi. Ul jumladin biri budurkim, bir kun 
shatranj majlisida Alisherbekka oyog‟ini uzatur . Binoiyning orqasiga tegar, 
Alisherbek mutayaba bila balodirki, agar balodur. Xiri agar poy daroz mekuni ba 
(pushti ) ga shoir merasad” ( “ ajab bir balodirki, agar Xirotda oyog‟ingni 
uzatsang, shoir ketiga tegasan”) Binoiy deydi: “ agar jam mekuni ham ba pushti 
shoir merasad “ (“ yiqqaningda ham shoir ketiga tegadi”) oxir u zarofatlardin yana 
Xiridin Samarqand azamati qildi” 
49
“ Boburnoma “ da Alisher Navoiyga ta‟rif ham juda chiroyli berilgan va 
quyidagicha. Zahiriddin Muhammad Bobur “ Boburnoma “ asarida Alisher 
49
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent . Yulduz nashriyot 1989-yil. 38-bet. 


59 
Navoiyga quyidagicha tarif beradi : “ Bu ikkinchi navbat Samarqand olganda 
Alisherbek tirik edi. Bir navbat kitoboti ham kelib edi. Men har bir kitobot 
yuborib ediki, orqasida turkiy bayt aytib yuborib edim, javob kelgunicha tafrik va 
gavgo bo‟ldi. Ya‟ni Bobur aytmochiki ikkinchi marta Samarqandni egallaganimda
Navoiy tirik edi., men orqasida turkiy she‟r yozilgan bir kitob yubordim javobi 
kelguncha Navoiy olamdan o‟tadi. Ming afsuski Bobur Mirzoga Navoiy bilan 
uchrashish nasib etmagan ekan.
50

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin