O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA “



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi

2.2. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “ BOBURNOMA “
ASARINING TARIXIY VA ILMIY AHAMIYATI. 
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar xayoti haqida jonli 
guvohlik beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajoyib 
lirik shoir, o‟zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu 
asar ijtimoiy – tarixiy, ilmiy – tabiiy va adabiy- lingvistik ma‟lumotlar xazinasidir.
Unda 1494-yildan 1530-yilgacha O‟rta Osiyo, Afg‟oniston va Hindistonda 
kechgan voqealar bayon etilgan. Bobur tarixiy faktlarni Shunchaki qayd etish , 
jangu jadallar, yurishlar haqida xronologik axborot berish bilangina 
kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda qiziqarli hikoya qilad, manzara chizadi, 
tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, davrni, uning xususiyatlarini 
gavdalantiradi. Shu sababdan asar faqat ilmiy – tarixiy ahamiyati bilaan emas,
balki o‟zbek badiiy nasrining yorqin namunalaridan biri sifatida ham biz uchun 
qimmatlidur. Shoir o‟z xotiralarini badiiy naql uslubda sodda va ravon bayon 
etadi. O‟nlab tarixiy shaxslarning aniq xarakterini yaratadi. Tabiat manzaralarini
suratini chizadi, kitobni har xil syujetlar, ishqiy sarguzashtlar, she‟riy parchalar 
bilan bezaydi. Tilga olingan shaxslarning portreti kiyinishini, tashqi ko‟rinishini,
fe‟l atvorini, odatlari, o‟tmishi, avlod-ajdodi, birma bir ta‟rif etiladi.
51 
50
Hasanov H. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston. 1983-yil 48-bet. 
51
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent . Yulduz nashriyot 1989-yil. 18-bet. 


60 
Asardagi markaziy obraz Boburning o‟zi, albatta. Uning his 
tuyg‟ulariga boy qalbi ko‟z oldimizda yorqin jonlanadi. Ingliz tarixchisi 
Elfiniston “ Boburnoma “ va uning muallifi haqida: “ Uning shaxsiy his – 
tuyg‟ulari har qanday mubolag‟adan yoki pardalashdan xoli, uslubi oddiy na 
mardona, shu bilan birga jonli va ifodali. O‟z zamondoshlari biografiyasini,
ularning qiyofalari, urf-odati, intilishlari, qiziqish va qiliqlarini ko‟zguda aks 
etgandek ravshan tasvirlaydi. Bu jihatdan “ Boburnoma “ O‟rta O‟siyodagi
yagona chinakam tarixiy tasvir namunasidir ” deb yozadi. Bobur O‟rta Osiyo, 
Xuroson va Hindiston geografiyasi, hayvonot hamda nabodot olami to‟g‟risida 
boy ma‟lumot bergan. Xususan, “Boburnoma”da hindlarning etnografiysi, ilmu 
fani, san‟at va madaniyati haqida va Afrika yozuvchilarining Toshkent
konferensiyasida ( 1958-yil ) qimmatli faktlar bor. Taniqli hind hind shoiri Mulk 
Roj Anand Osiyo so‟zlagan nutqida: “ Bu kitob siz bilan bizning merosimizdir. 
O‟zbekistondagi singari bizda ham “ Boburnoma “ g‟oyat qadrlanadi.” Degani 
bejis emas edi. Davrning juda ko‟p xususiyatlarini qamrab olishi, qomusiy 
xarakteri va o‟zbek adabiy tilining beqiyos boy imkoniyatlarini namoyish etishi 
bilan “ Boburnoma “ Alisher Navoiyning “ Xamsa” siga qiyos qilgudek madaniy 
obida hisoblanadi. Asarning tez orada shuhrat qozonib, XVI asrning o‟zidayoq
bir necha marta fors tiliga tarjima etilishi ham fikrimizning isbotidir. “ 
Boburnoma “ fors tiliga birinchi marta 1589-yili shoirning nevarasi Shoh Akbar
saroyida xizmatda bo‟lgan Abdurahimxon ibn Bayramxon Xoni Xonon 
tomonidan tarjima qilindi. Tarjima ko‟p nusxada ko‟chirilib, “ Voqeati 
Boburiy“, “ Tarixi Boburshohiy “ nomlari ostida Sharq mamlakatlariga keng 
yoyildi. Abdurahimxon tarjimada Boburning o‟ziga xos bayon tarzini bera olgan, 
asar fors adabiyoti va tarixchiligida ulkan yangilik sifatida qabul qilingan.
Qamrab olingan tarixiy voqealarning ro‟yi-rost ko‟rsatilishi, ilmiy faktlarga 
boyligi bilangina emas, balki ravon uslubi, sodda va jozibadorligi bilan ham
Bobur asari o‟zidan keyin yaratilgan tarixiy memuarlarga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi. 
Chunonchi, Gulbadanbegimning “ Humoyunnoma “ va Nizomiddin Hiraviyning


61 
“ Tabaqoti Akbarshoxiy “ kabi kitoblarida buni yaqqol his etish mumkin. Shuni 
yatish kerakki, XVI asrdan boshlab o‟zbek adabiyotining yana boshqa namunalari 
ham fors tiliga tarjima qilindi. Sharqning ilg‟or ziyolilari turkiyda ( eski o‟zbek 
tilida ) yaratilgan adabiyotning katta nufuzga ega ekanligini ko‟rib ilm ahlini bu 
tilni o‟rganishga da‟vat eta boshlaydilar. Navoiy va Boburning ajoyib asarlarni
tarjima qilib, forsiydonlarni baxramand etishni muhim vazifa deb biladilar.
Chunonchi, “ Majolis un-nafoyis “ni 1521-yilda Forschaga o‟girgan Sulton 
Muhammad Faxriy Xirotiy yozadi: “ Ba‟zi e‟tiborli va xurmatli kishilar turkey 
iborasi (tili)dan behabar bo‟lganlari sababli bu go‟zal so‟zlarning mavjidan va bu 
san‟atlar dengizining duru gavharlaridan bebahradirlar. Bu taassufli axvol edi va 
shuning uchun turk go‟zali kabi parda ichida qolgan bu dilafro‟zning yuzidan 
pardani ko‟tarishni va mo‟jizali xayolot yaratgan bu zebo suratni fazilat va kamol 
ahliga pardasiz ko‟rsatishni niyat etdim.” “ Boburnima “ qo‟lyozmalarining
chiroyli rasmlar bilan bezatilishi ham tarjimaning shuhrat qozonishiga sabab 
bo‟lgan. Uning saroyida 104nafar rassom doimiy ish olib brogan. Tarjimon
Abdurahimxonning o‟zi ham rasm chizish bilan shug‟ullangan . Akbar saroyida 
o‟nlab kitoblarga rasmlar chizilgan . “ Boburnoma” ning forsiy nushalariga
ishlangan miniaturalar Sharq rassomlik san‟atining ajoyib namunalari 
hisoblanadi. Ingliz sharqshunosi L. King bergan ma‟lumotiga qaraganda, “ 
Boburnoma” o‟z asarida yana ikki marta Muhammadquli va Zayniddin Xavofiy 
tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Biroq bu tarjima qo‟lyozmalarining 
qqyerda saqlanishini olim aytmaydi. Abdurahimxon tarjimasi Britaniya 
muzeyida va Maskvadagi Sharq qo‟lyozmalari fondida saqlanadi. Fotonusxasi
Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyimiada ham bor. G‟arb olimlari “ 
Boburnoma “ bilan dastlab ana shu forsiy nusxalar orqali tanishadilar. Yevropa
sharqshunoslari orasida Vitsen birinchi marta “Boburnoma “ bilan qiziqib, undan 
ayrim qismlari golland tiliga tarjima qiladi. ( 1705-yil ).
52
52
T. Fayziyev. Temuriylar shajarasi. Toshkent. Yozuvchi-1995-yil. 


62 
XIX asr boshlariga kelib, asar butun Yevropa ilm ahliga ma‟lum bo‟lgan. 
Bobur merosining jahoniy shuxratida, ayniqsa, ingliz sharqshunoslarining xizmati 
ulkandir. Ular “ Boburnoma “ ni tarjima qilish va nashr etishdagina emas, balki
tadqiq va targ‟ib etish borasida ham birinchilikni egallaydilar. 1816-yilning 12-
aprelida Uilyam Erskin Bo‟mbaydan turib, Londindagi nozirlarga yozgan xatida
tugabmas ganjina topib olganlik xursandligini bildiradi va “ Boburnoma “ ni 
tarjima qilayotganidan xabar beradi. U. Erskinning J. Layden bilan hamkorlikdagi 
tarjimasi 1826-yilda bosilib chiqdi. Tarjimonlar asarning o‟zbekcha va forscha 
nusxalarini asos qilib oldilar. U. Erskin kitobga kattagina muqaddima yozib berdi. 
Bobur va uning asarlarini ingliz kitoblariga tanisgtiradi : “ Biz Osiyodagi 
hukmdorlar ichida Bobur singari genial va talantli kishilarni kamdan kam 
uchratamiz. Aqlining aktiv faoliyati, xushchaxchaq va sovuqqonligi, bevafo 
taqdirining nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podsholar orasida juda kam 
uchraydigan sahiyligi, mardligi, istedodligi, fanga, san‟atga muhabbat va ular 
bilan faol shug‟ullanishi jihatdan Osiyo podsholari orasida Boburga teng 
keladigani yo‟q.” J. Layden va U. Erskin tarjimasi 1921-yili Oksford unversiteti
nasgriyoti tomonidan ko‟p jildli qilib, ikkinchi marta chop etildi. Bu nashrda 
Dublin unversitetining professori L. Kivt so‟zboshi yozib, “ Boburnoma “ 
nashrlari, uning jahon qo‟lyozma fondlaridagi nushalari, tarjimalari haqida 
ma‟lumot beradi, inglizcha variantni qayta taxrirdan chiqaradi. Birinchi jildning 
yarmini tashkil etadigan ilmiy ocherkida u Movarounnahr va Xuroson tarixi, 
geografiyasi, Bobur tilga olgan Samarqand, Andijon, O‟ratepa, Kobul va
boshqa shaharlarning hozirgi ahvolini keng yoritgan. Mazkur nashrning yana bir 
fazilati shundaki, tarjimaning ilmiy aniqligini ta‟minlash uchun xoshiyalarda
ko‟p miqdorda izoh va sharxlar berilgan, kitobdagi she‟rlarning kimga taaluqli 
ekanligi va qaysi tilda yozilgani ham ko‟rsatilgan. Ingliz sharqshunoslaridan A. 
Beverij xonim1902-yili “ Boburnoma “ ning Xaydarobotd nusxasini faksimile
xolida chop ettiradi. ( U 1971-yili Londonda qayta nashr etildi.)
Mazkur nashr asarning yana kengroq ommalashuviga sabab bo‟ldi. 


63 
Asarning M. Sale bajargan ruscha tarjimasi hamda 1960-yili P. Shamsiyev va S. 
Mirzayev tayyorlagan o‟zbekcha nashri ana shu A. Beverij xonim nashriga 
asoslangan. “ Boburnoma “ P. M. Kaldekot tomonidan ingliz tiliga qisqartirib 
tarjima qilindi. XX asr oxirlarida F. J. Talbot ham asarni tarjima qilib, suratlar 
bilan nashr ettiradi. Shuningdek, Bobur asarlarining Turkiyada tarqalishiga atoqli 
olim Rashot Raxmon Oratning xizmati katta. Ingliz tilida Bobur hatyoti va ijodini
o‟rganishga talay maxsus monografiyalar yaratildi. Len Poolning “ Bobur “ ( 
Oksford 1899-yil ) va Xarold Lembning “ Bobur yo‟lbars “ ( Nyu-York 1961-yil ) 
nomli kitoblari shular jumlasidandir. Ayniqsa, keying kitob qiziqarli adabiy
tarixiy ocherk uslubida yozilgan. Buni kitobning ichki bo‟limlariga qo‟yilgan “ 
Vodiydagi voqealar „, “ Samarqanddan quvilish “, “ Qobuldagi saltanat “, “ 
Hirotda xiyofat “, “ Bobur va uning eli “, “ Hindiston sari yurish “, “ Panipat va
Kanvand “, “ Buyuk mo‟g‟ullar imperiyasi “, kabi sarlavhalardaan ham bilish 
mumkin. X. Lemb Boburning adabiy merosidan ilmiy ma‟lumot sifatida keng 
foydalangan, ko‟proq “ Boburnoma ” ga murojat etib, undan talay parchalar 
tarjimasini ham keltirgan. Bundan tashqari, u Mirzo Bobur yurgan yo‟llarning ot 
va tuyada kezib chiqqan. Shu tariqa, bu asar amalda Bobur haqidagi tarixiy
roman ko‟rinishini olgan edi. Sharq xalqlari tarixi bilan shug‟ullangan yana 
boshqa ingliz va amerikalik olimlar Boburning shaxsiy qobiliyati va faoliyatiga 
yuqori baho berib, uni qadimgi Rim sarkardasi Yuliy Sezar bilan qiyoslaydilar. “ 
Boburnoma “ 1828-yili A. Kayzer tomonidan nemis tiliga qisqartirib va 1871-yili 
P. Kurtyl tomonidan fransuz tiliga to‟la xolda tarjima qilingan. Zamondoshimiz 
atoqli sharqshunos olim J. L. Boite Grammon “ Boburnoma ” ning fransuz 
tilidagi yangi tarjimasini yaratdi. U bir necha bor yurtimizga kelib, o‟zbek 
xalqining turmush tarzi, tarixi bilan yaqindan tanishdi. Grammon, shuningdek
Gulbadanbegimning “ Temur tuzuklari “ va “ Xumoyunnoma “ asarlarini ham
fransuz tiliga tarjima qilgan. 1912-yilda Tog‟aymurod Qorluq Xatloniy uni yana 
bir marta fors tiliga tarjima qildi. Bu tarjima qo‟lyozmasi O‟zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 


64 
instituti qo‟lyozmalar fondida saqlanmoqda. 1944-1946-yillarda esa asar usmonli 
turk tiliga tarjima qilinib, Anqarada ikki jildda bosilgan. Rossiyada “ Boburnoma 
“ ancha ilgari paydo bo‟lgan edi. Sharqshunos N. Ilminskiy 1857-yili asarni asl 
xolid Qozon shahrida chop etilgan. XIX asr oxirlarida “ Boburnoma “dan ayrim 
qismlar I. Pantusov, S. Polyakov, V. Vyatkin tarjimasida rus kitobxonlariga
qisman taqdim etilgan bo‟lsada, yaxlit ruscha tarjimasi amalga oshirilmagan edi.
Bu sharafli va xayrli ish mohir tarjimon va olim M. Sale tomonidan bajarildi va 
asar 1958-yili Toshkentda bosmadan chiqarildi. M. Sale tarjima ustida o‟n yildan 
ko‟proq vaqt mehnat qildi, asar tilini chuqur o‟rgandi. Behad ko‟p atamalar, ibora 
va nomlar transkripsiyasini berish, shuningdek, Bobur qalamining “mardona 
uslubini “ saqlashga muvaffaq bo‟ldi. Shunga qaramay, M. Sale tarjimasida 
xamon talay noaniqliklar mavjud. “ Boburnoma ”dagi bir qancha nomlar
noto‟g‟ri berilgan. Chunonchi, Axmad Mirzo sevgilisi Qutluqbegim “ Katak
begim “ bo‟lib ketgan, “ bukalamun “, “ mucha “ kabi ba‟zi so‟z va iboralar 
tarjimasiz va izoxsiz keltirilgani sababli rus kitobxoniga tushunarsiz bo‟lib
qolgan. She‟riy parchalar nasriy tarjimada berilib, ularning qaysi tilda yozilgani 
ham ko‟rsatilmagan. Tarjima va nashlardagi nuqsonlarning aksariyati asarning 
ilmiy tanqidiy matniga ehtiyoj borligidan kelib chiqqan. “ boburnoma “ ning 
mavjud nashrlari, hatto o‟zbekcha nashri ham, asar haqida to‟la tasavvur 
berolmaydi. Negaki, ruscha nashrda ham, eng so‟nggi o‟zbekcha nashrda ham 
1509-yildan 1518-yilgacha va 1524-yilgacha bo‟lgan voqealar bayoni yo‟q.
Shunga o‟xshash talay noaniqliklarni bartaraf etish uchun “ Boburnoma ”ning eng 
e‟tiborli qo‟lyozma nusxalarini chog‟ishtirib, uning ilmiy matnini tayyorlash zarur 
edi. Va nihoyat, bu ishni yaponiyalik boburshunos olimlar amalga oshirdilar. 
Asarning tanqidiy matni yaratilib, nashr etildi. Ko‟rinib turinibdiki, Mirzo 
Boburning hayoti va ijodi turli mamlakatlarda o‟rganilmoqda va xalqaro ilmiy 
hamkorlik vositasiga aylanib, bormoqda. Bu ham o‟zbek xalqining ulug‟ istedodi, 
iftixoridan nishonadir. Har bir xalqning tarixiy, madaniy milliy qiyofasini aniq 
belgilovchi ulug‟ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‟ladi. 


65 
Insoniyatning adabiyotga mansub ana shunday buyuk farzandlari safida Zahiriddin 
Muhammad Bobur ham o‟z o‟rniga ega. Kishilik tarixida Boburchalik shaxsiy 
imkon, iqtidor va fazilatlari beqiyos kishilar juda kam uchraydi. Bobur buyuk 
podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, 
san‟atshunos, etnograf hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida 
ko‟pqirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina “ Boburnoma ” uning yigirmadan 
ortiq sohalariga qiziqqanligiga yaqqol misoldir. Shoh Bobur, birinchi navbatda, 
shoh, boburiylar sulolasining asoschisi. Balki, boburiylar jahon tarixida eng uzoq 
yillar (332 ) hukmronlik qilgan sulola bo‟lib chiqar… U podshoh sifatida lasgkar 
tortib shohlarga xos mag‟lubiyatlarning achchiq alamlariyu zafarlarning ulug‟vor 
nasgidalarini surishni ko‟p marotaba o‟z boshidan kechirdi. Otasi singari ulug‟ 
himmatli va oily maqsadli shaxs bo‟lganligidan Farg‟ona viloyatini kichik joy deb 
hisoblab, Samarqandga intilti. U yerda Shayboniyxondan yengilib, Qobulga keldi 
va keyin Hindistondek bepayon yirik mamlakat hukmdoriga aylandi. Buyuk shoh 
Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‟ bunyodkorlik an‟analarini davom 
ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish , bog‟- rog‟lar bunyod 
etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan boshqarish 
singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari tomonidan 
chinakam ijobiy baholandi.
53
Hindistonning donishmand farzandi, buyuk davlat arbobi Javoharla‟l Neru 
o‟zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ Jahon tarixiga bir nazar “ asarida 
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida samimiyatga to‟liq ushbu fikrlarni izhor 
etgan: “ Bobur – dilbar shaxs. Uyg‟onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. 
U mard va tadbirkor odam bo‟lgan. Bobur o‟ta madaniyatli va jozibali insonlar 
orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi cheklanishdan va 
mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san‟at va ayniqsa, adabiyotni sevardi.” 
53
Mamajonov .A.M. O‟zbekiston tarixi. Toshkent. 1994-yil 200-bet. 


66 
Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Zahiriddin 
Muhammad Boburning Sulton Ibrohim Lo‟diy bilan bo‟lgan tarixiy muzaffarona
jang manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostidagi muzeyda ko‟rarkan, ulug‟ 
hind xalqining Boburga nisbatan hurmat-ehtiromi kuchliligiga amin bo‟ladi. Yoki
Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi “ La‟lbog‟qal‟a “ tarixiy 
muzeyga kirib Bobur va Boburiylarga bag‟ishlangan xonalarni, kezarkan, Bobur va 
uning vorislariga tegishli, kiyimlar uy -ro‟zg‟or buyumlari, xarbiy qurol- 
aslahalari, Usdot Aliquli qo‟ygan toshotar to‟plar, miltiqlar- tufaklar, sovut, qilich-
qalqonlar, dubulg‟a, ot kiyimlarini ( ot va qilich zarbasidan himoya qiluvchi 
yopinchiqlar ), usha davr kishilari o‟z zamonlari libosida tomosha qilgan kishi 
Hindiston va Bangladesh xalqlarining Bobur va Boburiylarga bo‟lgan 
hurmatlarini yorqin tasavvur eta oladi. Bu moziygohda bo‟lgan adib Qamchibek 
Kenja “Andijondan Dakkagacha “ nomli safarnomasida hayajonini yashira olmay 
yozadi: “ Hindiston va Pokiston shaharlarida ko‟p moziygohlarda, jumladan 
Haydarabotdagi mashhur Solarjang, Loxurdagi milliy muzeylarda bo‟lgan. Lekin 
Sharq olimining olis bir chetida faqat va faqat Boburiylar hayoti, ularning 
podsholik faoliyatiga oid yagona, maxsus muzeyni ko‟ramiz, deb sira o‟ylamagan 
edik “. Hindiston va Bangladeshda Bobur va Boburiylar saltanati shunchalik 
qadrlanishidan Bobur va vorislarining podsholiklari bu yurtlarda hayrli chuqur iz 
qoldirganligi ma‟lum bo‟ldi. “ Boburnoma “ ning kitobi Boburning ulug‟ 
podshohlarga xos sakkis shaxsiy fazilatini qayd etgan: “ Va maholdurkim, ul 
podshohi Qobulning yaxshiliklarini aytgan bilan va bitigan bilan tugangay. Lekin 
mujammal bukim sekkiz sifati asl aning zotiga mutassil edi: birisi bukim, najhati 
baland edi; ikkimchisi, himmati arjumand edi; uchumchisi, viloyat olmog‟; 
to‟rtimchisi, viloyat saxlamog‟; beshumchisi, ma‟murlug‟; oltimchisi, rafohiyat 
niyati tengri taolo bandalarig‟a; yettimchisi, cherikni ko‟ngli qo‟lg‟a olmoq; 
sekkizimchisi, adolat qilmoq “. ( Matn tabdili: “ U qudratli podshohning 
yaxshiliklarini aytgan bilan va yozgan bilan tugatish maholdir. Lekin qisqasi buki, 
sakkiz asl sifat uning zotiga xos edi: biri bukim – iqboli baland edi; ikkinchisi- 


67 
himmati yuksak edi; uchinchisi- viloyat olmoq ; to‟rtinchisi – viloyat saqlamoq; 
beshinchisi – ma‟murlik; oltinchisi – Olloh bandalariga farovonlik niyati; 
yettinchisi – lashkar ko‟nglini qo‟lga olmoq; sakkizinchisi – adolat qilmoq “. )
Buyuk tarixiy siymo sifatida Bobur shaxsi Yevropa va AQSH sharqshunos – 
tarixchi olimlari diqqat e‟tiborini o‟ziga jalb etgan. Ingliz tarixchisi Eduart 
Holden, avvalo, Boburni mashhur yuliyb Sezir bilan qiyoslashni lozim topadi: “ 
Bobur fel atvoriga ko‟ra Sezirga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning 
manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‟yilgan”. Zahiriddin Muhammad 
Boburning bolalik va o‟smirlik yillari haqida roman yozgan “ Boburnoma “ ning 
ingliz tarjimoni Uilyam Erskin Boburni Osiyo podshohlariga qiyosan shunday 
baholaydi: “ Saxovati va mardligi, istedodi, ilm- fan san‟atga muhabbati va ular 
bilan muvaffaqiyatli shug‟ullanishi jihatidan Osiyodagi podsholar orasida Boburga 
teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
54
Havotun va saroyi: Qutlug‟ Nigorxonim edi, Yunusxonning ikkinchi qizi, 
Sulton Mahmudxon, Sulton Ahmadxonning egachisi edi. 
Yunusxon Chingisxonning ikkinchi o‟g‟li Chig‟atoyxonning naslidandur. 
Yunusxon ibn Vaysxon ibn Sherali O‟g‟lon ibn Mbn Xizr Xojaxonibn Tug‟luq 
Temurxon ibn Esan Bug‟axon ibn Do‟vaxon ibn Baroqxon ibn Esun Tuva ibn 
Mutugon ibn Chig‟atoyxon ibn Chingizxon. 
Chun muncha taqrib bo‟ldi, xonlarning ahvolini dag‟I ijmol bila zikr qilaling. 
Yunusxon va Esan Bug‟axon Vaysxonning o‟g‟lonlari edi. Yunusxon o‟g‟lonlari 
Ofoqxon va Jonboboxon edi. Yunusxonning onasi Turkistonliq qipchoq beklaridan 
Temurbek rioyat qilg‟on shayx Nuriddinbekning qizi yo nabirasi bo‟lur. 
Vaysxonning voqeasida mo‟g‟ul ulusi ikki fariq bo‟lur. Bir pora Yunusxon sari 
va ko‟prog‟I Esan Bo‟g‟axon sari bo‟lur. Burunroq Yunusxonning egachisini 
Ulug‟bek Mirzo Abdulaziz mirzog‟a olib edi. Ul munosabat bila Erzan borin 
tuman beklaridan edi, xonni uch-to‟rt ming uylik mo‟g‟ul ulusi bila Ulug‟bek 
Mirzog‟a kelturdilarkim, ko‟mak olib yana mo‟g‟ul ulusini olg‟aylar, mirzo 
54
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent . Yulduz nashriyot 1989-yil. 13-bet. 


68 
muruvvat qilmadi, ba‟zisini asir qildi, ba‟zilarini birin-sirin viloyatqa pereshon 
qildi. Erzan buzug‟lig‟I mo‟g‟ul ulusida bir tarix bo‟lubtur. 
Xonni Iroq sari o‟tkazib yubordilar. Borib bir yildan ortuqroq Tabrizda bo‟ldi. 
Ul mahalda Tabriz podshohi Jahonshoh Boroniy Qoraqo‟yluq edi. Andin Sheroz 
keldi. Sherozda Shohruh mirzoning ikkinchi o‟g‟li Ibrohim Sulton mirzo edi. Besh 
olti oydan so‟ng Ibrohim mirzo o‟lub, o‟g‟li Abdullo mirzo aning yerida o‟lturdi.
Abdullo mirzoga xon navkar edi, mulozamat qilur edi. O‟n yetti, o‟n sekkiz yil xon 
Sherozda va ul viloyatlarda bo‟ldi.
55
Ulug‟bek mirzoning va o‟g‟ullarining 
g‟avg‟osida Esan Bug‟axonni yaxshi bosti. Muning fitnasining daf‟ig‟a Sulton 
Abusaid mirzo Yunusxonni bu munosabat bilakim, Abdulaziz mirzo olg‟on 
egachisi xonimni olib erdi. Iroq va Xurosondin tilab to‟ylar qilib, do‟stlar bo‟lib, 
mo‟g‟il ulusida xon qilib yiborganda, Sag‟richi tuman beklari tamom ul fursatga 
Eson Bug‟axondin yamonlab Mo‟g‟ulistong‟a kelib edilar. Bularning orasig‟a 
keldi. Ul fursatga Sag‟richi beklarning ulugi Sher Hojibek erdi, aning qizi Esan 
Davlatbegimni bir oq kigiz ustiga o‟lturg‟uzib xon ko‟tardilar. 
Xonning bu Esan Davlatbegimdin uch qizi bo‟ldi. Boridin ulug‟ Mehr 
Nigorxonim edikim, Sulton Abusaid mirzo ulug‟ o‟g‟li Sulton Ahmad mirzig‟a 
qo‟lub edi. Mirzodin hech o‟g‟ul va qiz bo‟lmadi. So‟gnra fatarotta 
Shayboniyxong‟a tushub edi. Men Qobulg‟a kelganda, Shohbegim bila 
Samarqandtin Xurosong‟a kelib, Xurosondin Qobulda keldilar. Shayboniyxon 
Qandaxarda Nosir mirzoni qabag‟onda, men Lamg‟onazimati qildim. Xon mirzo 
va Shohbegim va Mehr Nigorbegim Badaxshong‟a bordilar. Mirzoxonni 
Muborakshoh qal‟ai Zafarg‟a tilagida Abobakr Koshg‟irningchopqunig‟a yo‟liqib, 
Shohbegim va Mehr Nigorxonim va jami elning ahli va ayoli asirliqqa tushub, ul 
zolim badkirdorning habsida dunyoyi foniyni vido qildilar. 
55
Vahob Rahmonov “ Ma‟rifat “ gazetasi 2008-yil 


69 
Ikkinchi qizi mening volidam – Qutlig‟ Nigorxonim edi. Aksar 
qazoqliklarda va fatarotlarda mening bilan bir edilar. Qobulni olg‟ondin besh – olti 
oy so‟ngra tarix to‟qquz yuz o‟n birda tengri rahmatig‟a bordilar. 
Uchununchi qiz Xo‟b Nigorxonim edi, Muhammad Husayn Ko‟ragon 
dug‟latqa berib edilar. Bir qizi, bir o‟g‟li
“ Boburnoma” da tarixiy shaxslar talqini ham to‟xtalar ekanmiz shu 
o‟rinda Zahiriddin Muhammad Boburning shoh va shoirligini mulohazamiz.
Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “asari tarixiy 
adabiy manba sifatida yana shunisi bilan e‟tiborliki, asarda ko‟plab tarixiy 
shaxslar, adabiyot va san‟at ahllari, din peshvolari, shox va shaxzodalar, beklar, 
amiru umarolar haqida ma‟lumotlar uchraydi. “ Boburnoma “ da bir necha yuz 
tarixiy shaxslar, ularning faoliyati va sarguzashtlari tasvir etiladi. Bular shoxlar, 
viloyat hokimlari, amir-amaldorlar, askar boshliqlar, din va namoyondalari, 
askarlar, ilm-fan, san‟at va adabiyot ahillari, dehqonlar, hunarmandlar, qullar va 
boshqa ijtimoiy guruhdagi lavozim va kasbkordagi kishilardir. Bobur bularning 
tasvirlanayotgan voqealardagi roliga qarab birlari haqida keng va batafsil so‟zlaydi 
, ikkinchi birlaari haqida qisqa ma‟lumot beradi, boshqa birlarini biron munosabat 
bilan tilga oladi yoki eslab o‟tadi. U voqealarning rivojida muhimroq o‟rin tutgan 
Umarshayx Mirzo , Husayn Bayqoro, Sulton Ahmad Mirzo, Xisravshoh kabi 
tarixiy shaxslarning faoliyati va sarguzashtlarini bayon etish bilan birga, ularning 
shakl-shamoili, nasl-nasabi, ma‟naviy qiyofasi, hislati, xulq - atvori, kishilarga 
munosabati, madaniy saviyasi va boshqa jihatlarni ham tasvirlaydi. “Boburnoma “ 
da ilm-fan, san‟at va adabiyot ahillariga katta o‟rin berilgan. Bobur Navoiy, 
Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn, 
Muammoniy, Shayxim Suhayli, Yusuf Badeyniy, Ahmad Xojibek, Behzod , Sulton 
Ali, Hoji Abdulla Marvoriy, Shoh Muzaffar, G‟ulom Shodiy, Husayn Uddiy kabi 
bir qator shoirlar va san‟atkorlar haqida ma‟lumot beradi, ularni maqtaydi, 
asarlaridan namunalar keltiradi, ba‟zan hayoti, faoliyati yoki shaxsiy sifatlari 
haqida qiziqarli fikrlar so‟zlaydi. “ Boburnoma “ bu kishilarning hayoti va 


70 
faoliyatini o‟rganishda ularning madaniy hayotidagi o‟rnini belgilashda juda 
ahamiyatlidir. 
Natijada 
biz 
Bobur 
zamonida 
yashagan 
va 
tariximiz, 
ma‟naviyatimizda muhim voqeaga ega bo‟lgan davlat va madaniyat arboblari bilan 
ham tanishamiz.
Asarda har bir yil voqealari alohida beriladi. Bu kabi qimmatli 
ma‟lumotlar va keltirilgan mulohazalarning hammasi tarix uchun muhimdir. 
Demak bundan ko‟rinib turibdiki, “ Boburnima “ XV asrning so‟nggi XVI asrning 
birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o‟rganishda muhim 
manba hisoblanadi. Asar yuzasidan tadqiqot olib borgan M. Abdullayevaning 
ma‟lumotiga ko‟ra “ Boburnoma “ da hammasi bo‟lib 1540 nafar kishi nomlari 
tilag olingan bo‟lib, shundan 357 nafari Movarounnahrlik tarixiy shaxslarning 
nomlaridir. Qolgan qismi esa turli davrda, turli mamlakatlarda yashagan tarixiy 
shaxslar nomidir. Asarda Bobur tarixiy voqealarni bayon etish bilangina 
cheklanmaydi, balki voqealar sodir bo‟layotgan sharoit manzarasini, tarixiy 
shaxslarning qiyofasi va xulqini, tabiat lavhalarini batafsil tasvirlaydi, turli 
sarguzashtlar, rivoyat va latifalarni jozibador badiiy uslubda hikoya qiladi, asarni 
she‟riy parchalar, xalq maqollari va hikmatlari bilan orasta qiladi, anvoi badiiy 
usullar va til san‟atidan foydalanadi. “ Boburnoma “ dan olingan “ Alisher Navoiy
ta‟rifi “ “ Andijon tasviri “, “ Samarqand tasviri “ bunga yorqin misol bo‟la oladi.
“ Boburnoma “ da bir necha yuzlab tarixiy masalalarga tavsif beriladi, ularning 
faoliyati, sarguzashtlari tasvirlanadi. Bular shohlar, hokimlar, amaldorlar, 
lashkarboshilar, din shariatlari arboblari, askarlar, olimlar, shoirlar, san‟atkorlar, 
turli mehnatkash tabaqalarning vakillari va hokazolaridir. Bular jamiyatda tutgan 
o‟rni, qarash va manfaatlari, siyosiy maslagi, xulq-atvori, hatti-harakati, turlicha 
odamlardir. Bobur voqealar ishtirokchilarini tasvirlayotganda mana shu 
jihatlarning hammasiga e‟tibor beradi. Odamlarning takrorlanmas faqat ularning 
o‟zigagina xos xususiyatlarini tanlab oladi, tarixiy haqiqatga to‟la rioya qilgan 
holda qalam suradi, g‟oyat ishonarli real qiyofalar yaratadi.
56
56
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent. Sharq.2002-yil 128-bet. 


71 
Bobur tarixiy shaxslarga, hatto o‟ziga dushman kishilarga ham 
beg‟araz munosabatda bo‟ladi, ular haqida xolis ma‟lumot beradi, faoliyatlari va 
fel-atvoridagi kamchiliklarni halol ko‟rsatadi. Muhimi shundaki, u tarixiy 
shaxslarga mamlakat taraqqiyoti, obodonchilik ishlarida, fan, adabiyot va san‟atni 
yanada rivojlantirishda ko‟rsatgan xizmatlariga qarab baho beradi.
57
“ Boburnoma “ da ilm-fan, san‟at, adabiyot ahli xususida keng fikr 
yuritilgan. Kitob muallifi Alisher Navoiy, Jomiy, Binoiy, Muhammad Solih, 
Hiloliy, Sayfi Buxoriy, Mir Xusayn Muammoiy , Shayhimbek Suxayliy, Ahmad 
Hojibek, Begzod, Shoh Muzaffar, G‟ulom Shodiy, Husayn Udiy kabi shoirlaru 
san‟atkorlar haqida ma‟lumotlar beradi, asarlaridan namunalar keltiradi. Ularning 
hayoti, faoliyati, xulq-atvori haqida diqqatga molik tavsilotlarni hikoya qiladi.
Chunonchi, Bobur ulug‟ shoir va donishmand Alisher Navoiy haqida 
so‟zlaganda uning Benazir shoirligini takidlab, turkey ( o‟zbek ) tilda she‟rini 
hechkim unchalik ko‟p va yaxshi yozmaganligini shuningdek ilm-fan, san‟at va 
adabiyot ahliga hech kim Navoiychalik g‟amxur va murabbiy emasligini alohida 
qayd etadi. Hisor haqida gapirganda bu yerda yuzaga kelgan adabiy muhit va unga 
homiylar nomlari birma bir tilga olib o‟tiladi. Ma‟lumki muhitni bu adabiy muhit 
vakillari erishgan o‟lkan muvaffaqiyatlarni Navoiysiz, uning xizmatlarisiz tasavvur 
etish mumkin emas. Bobur Navoiyning binokorlik va obodonchilik sohasidagi 
faoliyatini, Husayn Bayqoro bilan o‟g‟illari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf 
etishdagi tadbirlarni bayon etadi.
58
Asarda biror tarixiy voqea bayonidan oldin yoki bayon jarayonida 
chekinilib shu voqea yuz berayotgan joy tasvirlanadi. Natijada o‟quvchi nazarida 
Bobur zamonidagi Movarounnahr, Xuroson, Afg‟oniston, Hindiston o‟lkalari 
ulardagi ko‟plab viloyatlar, shahar va qishloqlarning tugal manzarasi yer suv va 
Toru cho‟llari, dala dashtlari, bog‟u rog‟lari, ekinzorlar, ob-havosi navototi, 
57
Abdullayev M. Boburnoma va Shajarai turkning qiyosiy poetikasi. 56-58-bet. 
58
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. 1989-yil


72 
odamlari, qabila va xalqlarning urf odatlari , turmush tarsi, kiyinishi, ovqatlari, 
tili,shevasigacha namoyon bo‟ladi. Binobarin bunday o‟rinlarda Bobur nafaqat 
istedodli shoir va yozuvchi, ayni paytda sinchikov va bilimdon olim, jug‟rof, 
etnograf, tabiatshunos, tilshunos, san‟atshunos sifatida ham ko‟rinadi. San‟atkor 
ajib joylar tasvirida kichik tavsilotlarni ham etibordan qochirmaydi, viloyatlar, 
shahar, qishloqlar manzarasini gavdalantiruvchi go‟zal realistik lavhalar chizadi.
Andijon, Samarqand va boshqa shaharlar tasviri bunga yorqin 
misoldir. Bobur 1494-yil voqealarini otasining halokati va uning o‟rniga o‟zining 
taxtga o‟tirishi, amakisi Sulton Ahmad Mirzo va tog‟asi Mahmudjonning ( 
qaynata kuyovning ) Bobur ustiga qo‟shin tortishi biroq yosh hukmdordan shikoyat 
yeb sulx tuzushga majbur bo‟lishlarini hikoya qilishdan oldin Farg‟ona bekligi va 
uning yetti shahrini tasvirlaydi. Viloyatning eng katta shahri va poytaxti Andijon 
tasviri g‟oyat jonli va badiiy tasvir vositalariga boydir. Tasvirda Andijonning
jug‟rofiy o‟rni, chegaralari, g‟allasi mo‟l, mevalarga boyligi, ayniqsa qovuni va 
uzumi yaxshi bo‟lishi, qovun pishig‟ida poliz boshida qovun sotish raim emasligi, 
shahar darvozalari, shaharga to‟qqiz ariqdan suv kirib, biron yordam chiqib 
ketmasligi, qalaning atrofi butkul mahallalar bilan o‟ralganligi, qalani muhofaza 
etuvchi suv to‟ldirilgan aylana handak bilan mahallalar orasida keng tosh yo‟l 
tushganligi, ov qushlari ko‟p va semiz bo‟lishi va hokozalar haqida juda sodda 
mazmunli hikoya qilinadi. Shahar xalqi turkligi, shahar va bozorda turkiy tilni 
bilmaydigan kishi yo‟qligi, aholi lahchasining adabiy tilga o‟rinligi Mir Alisher 
Navoiy asarlarning Hirotda shuhrat qozonganligining sababi ham ularning turk 
tilida yozilganligi xususida Bobur o‟zgacha bir iftixor bilan so‟zlaydi.
59
Boburning oilasi haqida ma‟lumot beradigan bo‟lsak, undan to‟rtta 
o‟g‟il qolgan. 1. Muhammad Humoyun Mirzo, uning taxt vorisi, 1508-yil 5-
aprelda tug‟ilgan. 2. Kamron Mirzo, 3. Hindol Mirzo, 4. Askariy Mirzo. Eng 
kichik o‟g‟li Anvar bolaligidayoq vafot etgan. Boburning bir necha qizlari bo‟lib, 
59
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. 1989-yil 


73 
ularning tug‟ilganligi haqida haqida ma‟lumot saqlanib qolmagan. Ularning 
ba‟zilari saroy amaldorlariga turmushga chiqqanligi haqida ma‟lumotlar saqlangan.
1. Oysha-Sulton begimdan tug‟ulgan qiz, qancha vaqt yashamay vafot etgan.
2. Ma‟suma-Sulton begimdan tug‟ilgan qiz. Bu qizning ismi ham Ma‟suma 
Sulton Begim bo‟lib, u chaqaloqligidanoq onasi vafot etgan. Bu qiz Xirot 
hukmdori Sulton Husayn Mirzo Bayqaroning nevarasi bo‟lmish 
Badiuzzamonning o‟g‟li Muhammad Mirzo Zamonga kuyovga chiqqan.
3. 
Gulbadan Begim-Humoyunnig singlisi, mo‟g‟ul xonlaridan bo‟lmish Xo‟ja 
Xizrga turmushga chiqqan.
4. 
Gulrang begim-Xumoyunning ikkinchi singlisi bo‟lib, Nuriddin Muhammad 
Mirzoga turmushga chiqqan. Ularning qizi Salima Sulton Begim avval 
Bayramxonga, uning vafotidan so‟ng esa, o‟zining qarindoshi Akbarshohga 
tekkan.
5. 
Gulchehra Begim- Humoyunning eng kichik singlisi, akasi hukmronligi
davrida o‟zbeklar sultoni Abbos Sultonga turmushga chiqqan.
6. 
Shahribonu Begim- Boburning eng kichik ukasi Nosir Mirzoning o‟g‟li 
Yodgor Nosir Mirzoga tekkan. Ularning Sanjar Mirzo ismli o‟g‟li ham bor bo‟lishi 
kerak. Boburning yana boshqa qizlari ham bo‟lgan, ulardan biri Boburning vafoti 
oldidan taxtni egallashga urinib ko‟rgan Ziyod Mahdi Xo‟jaga turmushga chiqqan. 
Boburning xotinlari yoki uning xaramidagi kanizaklari haqidagi aniq 
ma‟lumotga ega emasmiz. Bizga ma‟lum bo‟lganlari quyidagilardir: 
1. Oyisha Sulton Begim- Boburning tog‟asi Samarqand hokini Sulton Ahmad 
Mirzoning qizi. U besh yoshga kirganidayoq Boburga unashtirib qo‟yilgan 
edi. Undan bitta qiz tug‟ilib, birnecha kundan so‟ng vafot etgan.
2. Zaynab Sulton Begim – Boburning kichik tog‟asi Xisor hokimi bo‟lgan 
Sulton Mahmud Mirzoning beshinchi qizi. Unga Bobur Qobulni qo‟lga 
kiritgandan keyin uylangan. Ikki-uch yildan so‟ng u chechak kasali bilan 
vafot etgan. 
3. Ma‟suma Sulton Begim – Boburning birinchi xotini bo‟lmish Oysha Sulton


74 
Begimning eng kichik singlisi. Oysha Sulton Begimning vafotidan so‟ng 
Bobur uni Hurosonda uchratib qolib, o‟ziga turmushga chiqishini so‟radi va 
Qobulga kelib unga uylandi. Undan Ma‟suma ismli qiz tug‟ilib, u 
chaqaloqligidayoq onasi vafot etgan. 
4. Mohin Begim – Hirot shohi Sulton Husayn Mirzo ( Boyqaroning ) 
qarindoshlaridan bo‟lib, “ Akbarnoma “ da aytilishicha, Humoyun Mirzo, 
Gulbadan Begim , Gulrang Begim va Gulchehra Begimlarning onasi 
bo‟lgan.
5. Dildor Og‟acha Begim – Hindol Mirzoning onasi (“Akbarnoma”) 
6. Raika Begim – Boburning vafotidan so‟ng beva qolgan va Qobulda 
yashagan. 
7. Yusuf – Zay afg‟onlarning sardori Malikshoh Mansurning qizi.
60
60
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent. Sharq.2002-yil 129-bet. 


75 
XULOSA 
Tarixning shohidlik berishicha, insoniyat tarixida yuksak iz qoldirgan, kеyingi 
avlodlarga o`zining jamiyatdagi mavqеi, ilmiy, badiiy mеrosi bilan ibrat namunasi 
bo`la oladigan shaxslar dunyoga juda kam kеladi. XV- XVI asr uzbеk xalqi, 
adabiyoti, ma'naviyati tarixida Alishеr Navoiy va Zahiriddin Muhammad Mirzo 
Boburni bеmalol ana shunday shaxslar qatoriga kiritish mumkin. 
Zahiriddin Muhammad Bobur umrining o`zi avlodlarga ibrat namunasidir. U 
47 yoshli qisqa, ammo ijodiy barakali, barkamol hayotida yuz yil yashab ham 
uddalab bo`lmaydigan ishlarni ado etdi. 
Bobur o`z davrining shoh va shoirligidan tashqari, ulkan tarixchisi, etnografi, 
o`lkashunosi, biolog, gеograf, dinshunos olimi sifatida ham dovruq topgan. Shariat 
ahkomlarini mukammal bilgan va bu borada ham risola yozgan. Arab alifbosining 
murakkab, o`rganish og‟ir bo`lganligi bois, yangi «Xatti Boburiy» alifbosini 
yaratgan. Davlatchilikda vaqt mе'yorlarini qayta ishlab chiqqan, pochta tizimiga 
qulay tarzda tartib bеrgan va yana qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshirgan. 
Borgan yеrida obodonchilik, bog‟-rog‟ barpo etgan, Movarounnahr siviliza- 
siyasini Sharqda tarqatgan buyuk shaxsdir. 
Bobur buyuk podshoh, bobosi Amir Tеmurning munosib vorisi sifatida uning 
saltanatini barcha o`ziga tеgishli hududlarda qayta tiklash, yuksak saltanatni 
dovruqsiz, manmanlikka bеrilmay barpo etish va davlatchilik ishlarini amalga 
oshirishni umr maqsadi etdi. U mohir sarkarda sifatida eng og‟ir bo`lgan davrlari: 
qarindosh-urug`lari, bеk va safdoshlari chap bеrib, bundan taxtni olishga intilib, 
nochor qolgan holida ham maqsad sari intildi. Boburning bu xislati, kеlajakka 
umid bilan qarashi bugun ham ibrat namunasi bo`lib xizmat qiladi. 
Zahiriddin Muhammad Mirzo Boburning “Boburnoma” asarida Temuriylar 
sulolasi haqida Amir Temur va Mirzo Ulug`bek tomonidan barpo etilgan 
inshootlar, madrasalar, bog`u-rog`lar, masjid xonaqo, hammomlar shuningdek 
Samarqand iqlimi, aholisi haqida ma‟lumotlar qoldirgan. 
Bobur davlatchilik siyosatining bosh kaliti - tеmuriyzoda Sulton Husayn 


76 
Boyqaro kabi faqat o`z hukmronligiga qarashli joylarda tinch-osoyishta hayotni 
saqlash, saltanatini mustahkam qo`rg`onlar, yеtuk askar, zobitlar bilan ta'minlash, 
ilm-fan, adabiyot va san'atga yuksak e'tibor bеrishdangina iborat dеb bilmadi. 
Uning buyuk niyati, bobosi Amir Tеmur saltanati tasarrufida bo`lgan yurt va 
yеrlarni qayta egallash, muhim, yagona davlatchilik siyosatini yuritish, parokanda 
tеmuriyzodalarni bu maqsad sari birlashtirishdan iborat edi. U shu yo`lda siyosiy 
tanglik, murosasizlik, ayniqsa buyuk Tеmurdan qolgan hudud, boylik va mansablar 
sari olib borilgan kurashlarga barham bеrib, barchasini bir bayroq ostida 
birlashtirish uchun intildi. Bunga ko`p jihatdan erishdi ham, lеkin armon bo`lib 
qolgan niyatlari ham kam emas. 
Bobur tomonidan davlat boshqaruvida ko`pgina xalqparvar amru farmonlar 
e'lon qilindi. Ularning eng namunalisi «ikki azimush-sha'n» farmonlar edi. Birinchi 
farmonda Boburning davlatchilik maromi, podshoq sifatida еtuklikka erishgani, 
eng muhimi qo`l ostidagi fuqarolarning kim, qaysi millat, dinga taalluqli 
bo`lishidan qat'iy nazar tamg`a soliqidan ozod etdi. Ikkinchi farmoni vafotidan 
ikki yil oldin butun saltanatida sharob ichishni qat'iyan man etilgani bo`ldi. 
Boburning bu ikki farmoni xalqparvarligi, inson manfaati, uning sog‟liq va axloqiy 
barkamolligi 
kabi 
xususiyatlarini 
shaxs 
xaraktеrida 
mujassamlashishiga 
qaratilganligi bilan bugungi kunda qam qimmatini yo`qotgani yo`q. 
Boburning davlatchilik va yuksak harbiy maqorati Sharq va g`arb olimlari, 
tarixchilari tomonidan tan olingan. Bu borada tarixchi Pavе dе Kurtеylning 
qarashlari fikrimizga dalildir: «har qanday sinovga bardosh bеra oluvchi, iroda va 
matonatni o`zida mujassamlashtirgan bu zot o`zida harbiy hiyla va jasoratni 
uyg`unlashtira olar, zarur bo`lganda jazolashga ham va afv etishga ham qodir edi: 
u istе'dodli harbiy arbob va ishning ko`zini biladigan, qo`shinlarni mahorat bilan 
boshqara oladigan, ularning ishonchini qozona olgan sarkarda edi». 
«Boburnoma»da muallif eng avvalo shuni ko`rsatadiki, u hali yosh paytidan 
boshlab ushbu kasb sirlarini o`rganishga, yo`l qo`ygan xatolarini darrov tan olib, 
ochiq bayon etishga, tuzatishga harakat qilgan. Bobur barcha qo`l ostidagi 


77 
shaxslar, raqib va dushmanlarining har bir harakatida diplomatik nazokatni 
kuzatdi, baholadi. O`zining jamiyat, saltanatdagi mavqеini aynan tеmuriylar 
diplomatik qoida-qonunlari zaminida, o`z saltanatidagi yangi tartib va qoidalar 
bilan to`ldirib bordi. Unga hamma bo`ysunishini talab qildi va o`zi ham bu 
tartibga rioya etdi. 
Zahiriddin Bobur davlat boshqaruvida ayol shaxsiyatiga yuksak e'tibor bilan 
qaratgan. Uning ayollar qadr-qimmatini joyiga qo`yish, izzatlarini bajo kеltirish, 
zarur bo`lganda Qutlug` Nigorxonim, Esan Davlatbеgim, Xonzodabеgim va 
boshqa ayollar bilan davlat ishlari muammolariga oid masalalarni bamaslahat ado 
etgan, ularning fikrini inobatga olgan. Boburning qizi Gulbadanbеgim 
«Humoyunnoma» asarida yozishicha, Bobur Agrada davlat ishlari bilan band 
bo`lgan paytda Xurosondan xotini - Humoyunning onasi Mohim bеgim tashrif 
buyurgani va u allaqachon saroyga yaqinlashib qolganligi xabari Boburga 
еtkaziladi. Shunda Bobur barcha yumushlarini qoldirib, xotini tomon ot 
yugurtiradi. U ayoli kеlayotgan karvonni ko`rib, otidan tushib, xotini tomon 
oshiqadi, uni otidan tushirib, o`z otiga mindiradi va ot jilovini olib, o`zi yayov, 
saroygacha еtaklab kеladi. Podshoqning bu harakati saroy ahlining ayrimlariga 
yoqmaydi va ularning e'tirozlariga sabab bo`ladi. Shu misolning o`zi ham Bobur 
o`z davridan ancha ilgarilab kеtganligi, oilaviy munosabatda samimiyat ustun 
bo`lishini bildirganki, bu hozir ham yoshlarimizga ibrat darsidir. 
«Boburnoma»da muallif alohida, yoki ataylab o`sha davrdagi diplomatik 
tartib-qoidalar, rasm bo`lgan tartiblar haqida fikr bildirmagan. Mazkur asarni 
qayta-qayta mutolaa etganimiz bizga ushbu masalani bo`lib o`tgan voqеa-hodisalar 
ichidan, turli yillarda sodir bo`lgan voqеalarning mantiqiy birligiga asoslangan 
qolda ma'lum yaxlitlikka erishishga olib kеldi, dеgan umiddamiz. 
Bobur qoldirgan hisobsiz adabiy, ilmiy, tarixiy asarlari, «Aruz risolasi» 
shе'riy dеvoniyu nazmiy asarlari, Xoja Ahrori valining «Volidiya» asarining 
forschadan o`zbеk tiliga o`girgani, musiqa va harb ilmiga oid asarlari (hali 
topilmagan) bеmalol unga umrbod shuhrat kеltirdi va kеlgusi avlod ham bundan 


78 
bahramand bo`lishiga shubha yo`q. 
«Boburnoma» - kеng ummon! Unda kеltirilgan faktu raqamlar, 1560 dan 
ortiq shaxslarning tasviri, kеng ko`lami bir nеcha mavzularga taalluqli. Boburning 
bir voqеa, hodisa, joy tasvirida bir nеcha qarashlari, badiiy tasvirlariga sharh 
bеrish, ilmiy xulosalarga kеlish, usha davr murakkabliklarini hisobga olish lozim.
Buni Boburning yuksak mahorati, asar pеrsonajlari xaraktеrini murakkab davrning 
ruqshunos shaxsi sifatida baholashi deb qabul qilish mumkin. Shuning uchun 
Husayn Boyqaro Shayboniyxon, Shohbеgim, Xisravshoh, Boqi Chaqoniyoniy 
Ibroxim Lo`diy, Muhammad Husayn mirzo va boshqalarning xususiyatlarini har 
tomonlama, mavzu zaruratiga mos jihati bilan ochib bеrish uchun bir nеcha joyda 
foydalanildi, Tabiat va nabo- tot, rеlеf tasvirlari, davlat boshkaruvi, Boburga xi- 
yonat, dinlomatik munosabatlar, shaxе xaraktеri kabi mavzularni oydinroq yoritish 
uchun qam goq-goqida shu uslub qo`llanildi. 
Biz Boburning «Boburnoma» asari, uning ijodi bilan bogliq boshqa asarlari, 
zamondoshlari qoldirgan nodir asarlarga ham zarurat bois murojaat etdik. Bu bilan 
buyuk shaxsning davlat boshqaruvi, davlatchilikda shaxе mavqеi, XU-XU1 asrda 
diplomatik munosabatlar va undagi tartib-qoidalar qaqida qurbimiz yеtguncha fikr 
bildirdik. Bu mavzu ummon, biz undan qisman baqramand bo`ldik, xolos. Uni 
yanada 
tеranroq, 
mazmunliroq 
tadqiq 
etishni 
qobiliyatli 
yoshlarimiz, 
shogirdlarimizga qoldiramiz. 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, “Boburnoma” asari Zahiriddin Muhammad 
Mirzo Bobur tomonidan yaratilgan ijod namunalari ichida o`ziga xos o`rin 
egallaydi. Bu asarni boshqa tarixiy asarlar bilan ilmiy tahlil etish va o`rganish, 
ko`plab jiddiy tadqiqotlarni talab qiladi. Shu o`rinda Prezidentimiz I.A. 
Karimovning quyidagi fikrlarini eslash kifoya: “…muhim bir fikrni xulosa 
tariqasida ta‟kidlshni zarur, deb bilaman. Gap shundaki, tariximizda bunday 
benazir siymolarning mavjudligi-takroran aytishga to`gri keladi-o`ziga xos 
fenomen, noyob xodisadir”
61
.
61
Karimov I. A. Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch.- Тоshkеnt. “Ma‟naviyat” nashriyoti. 2008. 50-bet 


79 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin