O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi
shundan iboratki, tadqiqot uchun tanlab 
olingan mavzu, uning tarkibiga kirgan qator muhim muammolar to`liq, yaxlit 
holda maxsus tadqiqot qilinmagan. Shu bois tadqiqotda ana shu holat hisobga 
olinib, hozirgacha yaratilgan mavjud adabiyotlar, maqolalar asosida tadqiq 
etilayotgan davr ichida Boburning hayoti va siyosiy-ilmiy faoliyati hamda 
“Boburnoma” asari maxsus ilmiy tahlil qilinmoqda. Mavzuga doir matеriallar ham 
jamlangan holatda tadqiq qilinmoqda. 
Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
Tadqiqotda tadqiq etilayotgan 
muammodagi “Boburnoma” asari Zahiriddin Muhammad Boburning tarixiy asari 
bo`lib, unda XV-XVI asrlarda temuriylar saltanati tarkibiga kirgan hududlarning 
ijtimoiy-siyosiy tarixi va geografiyasiga oid ma‟lumotlar bilan birgalikda ko‟pgina 
tarixiy shaxslar haqida ma‟lumotlar bayon etilgan. Asarda bayon etilgan 
faktlarning qanchalik darajada haqqoniyligini tеkshirishda o`sha davr tarixiy 
manbalari imkon darajasida qiyoslashga harakat qilinganligi sababli katta amaliy 
ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi.
 Tanlangan bitiruv malakaviy ishi 
kirish, ikki bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar 
ro`yxatidan iborat. 



I.BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING HAYOTI VA SIYOSIY-
ILMIY FAOLIYATI. 
1.1.Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va siyosiy faoliyati. 
Zahiriddin Muhammad (hijriy 888-yilda muharram oyining oltinchi 
kuni) milodiy 1483-yilning 14-fevralida dunyoga keldi. Uning ismi o‟sha davrdagi 
Movarounnahrning atoqli ulamolaridan bo‟lgan Xo‟ja Nasriddin Ubaydullaxon 
tanlagan edi.
Bobur shajarasi: Ota tomonidan : Bobur Sulton Umarshayx Mirzo 
o‟gli, u esa Sulton Abdusaid Mirzo o‟g‟li, u esa Sulton Muhammad Mirzo o‟g‟li, u 
esa Mirzo Miranshoh o‟g‟li, u esa Amir Temur o‟g‟li edi. Onasi tomondan :Qutlig‟ 
Nigor Xonim Yunusxon qizi, u esa Vaysxson o‟g‟li, u esa Sher Alixon o‟g‟li, u esa 
Muhammad Xo‟jaxon o‟g‟li, u esa Xizir Xo‟jaxon o‟g‟li, u esa To‟g‟liq Temurxon 
o‟g‟li, u esa Eson Bug‟axon o‟g‟li, u esa Dava Chiqon o‟g‟li, u esa Baroqxon o‟g‟li 
( uni G‟iyosiddin ham deb atashardi ), u esa So‟kach o‟g‟li, u esa Kamg‟or o‟g‟li, u 
esa Chig‟atoy o‟g‟li, u esa Chingizxon o‟g‟li edi.
Aytishlaricha, chig‟atoylar arabcha “ Zahiriddin “ so‟zini talaffuz etishda 
qiynalishgach, ota-onalari uni Bobur deb atadilar va rasmiy hujjatlarda Zahiriddin 
Muhammad Bobur deb yuritilardi.
8
Otasi vafot etganda u endigina o‟n bir yoshdan o‟tgan edi. Farg‟ona 
davlati hozir (muallif 1845-yilni nazarda tutmoqda) Qo‟qon deb yuritiladi. U 
paytlarda bu mamlakat hududdan kichikroq bo‟lsa ham Boburning tariflashicha, 
meva va g‟allaga boy o‟lka edi. Bu vodiyning atrofi tog‟lar bilan o‟ralgan bo‟lib, 
janubiy g‟arbiy tomonigina Xo‟jand va Samarqand orasi, Sayhun daryosining chap 
qirg‟oqlari ochiq edi. Bu daryo Sir deb ham ataladi. U qadimgi Yaksartes daryosi 
8
U. Erskin. Bobur Hindistonda.Toshkent. Cho‟lpon nashriyoti. 1995-yil. 8-bet. 


10 
bo‟lib Qashqar tog‟laridan boshlanadi va Farg‟ona davlatini ikki qismga ajratib 
oqadi. 
Toshkent va Turkiston vohalarini yalab o‟tib, cho‟llar orqali Orolgacha 
yetib boradi. Farg‟ona mamlakati, asosan, yettita dahaga bo‟linib, undan ikkitasi 
daryoning shimoliy qirg‟og‟ida, qolgan beshtasi esa janubiy sohilda joylashgan. 
Janubdagi viloyatlarning eng yirigi Andijon bo‟lib, Saltanatning poytahti 
hisoblanardi va shu nom bilan ataluvchi asosiy qal‟a xizmatini o‟tar edi. O‟sh 
viloyati sharq tomonda joylashgan, Marg‟ilon esa g‟arbda joylashgandir. Isfara 
janubi- g‟arbiy qismda tog‟lar orasida joylashgan va nihoyat Xo‟jand qal‟asi 
daryoning quyi qismida bo‟lib, Samarqand yo‟li ana shu yerdan o‟tadi. Daryoning 
shimoliy qismidagi viloyatlar Axsi va Koson edi. Axsi saltanatdagi ikkinchi 
mavqeyni egallaydigan qal‟a bo‟lib, Umarshayx Mirzo ko‟p vaqtini o‟sha yerda 
o‟tkazar edi. Undan shimoliy sharqda Koson kasabasi joylashgan.
O‟zi kichkina davlat bo‟lsa ham Farg‟ona tuprog‟i juda unumdor, 
mo‟tadil iqlimli edi. Yozda issiq va qishda sovuq bo‟lsa ham, mo‟l g‟alla va meva, 
nok, anor, bodom va qovunga boy edi. Uning bog‟lari va uzumzorlari mashhur edi. 
Farg‟ona davlatida shahar aholisi tojiklar deb atalib, ular hech qaysi qabilaga 
mansub emas edilar. Keyinroq Mo‟g‟ul va turkiy qabilalarning ko‟payishi bilan 
shaharliklarning ko‟pchiligi turkiylar bo‟lib, tili ham sof turkiy bo‟lgan. Bu til 
davlat boshqaruvchilarning ham so‟zlashuv tili bo‟lib, o‟z ona tili fors tili bo‟lgan 
shaharliklar uchun ham tushunarli edi.

Umarshayx Mirzo Temuriy hukmdorlar orasida toj-taxt kurashlari 
keskinlashgan bir davrda Farg‟ona viloyatini idora qildi va bu kurashda faol 
ishtirok etdi. Pokiza etiqodli, Hazrat Xo‟ja Ubaydulloga orodati bor, ravon savodli 
bu temuriyzoda Boburning ma‟lumotiga bo‟lgan qal‟a bo‟lib, podshoh ko‟p vaqtini 
o‟sha yerda o‟tkazar edi. ko‟ra: “ Xamsatayn va mansaviy kitoblarni va tarixlarni 
o‟qib edi. Aksar “ Shohnoma “ o‟qir edi. Tab‟i nazmi bor edi, vale she‟rg‟a parvo 
qilmas edi.”
9
Tabiatida “Hamisha mulkgirlik dag‟dag‟asi bor ” bo‟lgan Umarshayx 
9
L.P.Sharma. Boburiylar saltanati. Toshkent. “Ma‟naviyat”. 1998-yil 10-bet. 


11 
Mirzo yurt talablik davosi bilan Samarqandga bir necha bor yurish qiladi. Farg‟ona 
viloyatining osmonida urush bulutlari qalqib yurgan damlarda fojiali vafot etadi.
Bu voqea 1494-yilda sodir bo‟ldi. Umarshayx Mirzoning ukasi Sulton 
Ahmad Mirzo va Toshkent hokimi Mahmudxon o‟zaro ittifoq tuzib Farg‟ona 
viloyatiga yurish boshlaydi. “ Boburnoma” da Sulton Muhammad va Sulton 
Ahmadning “ Umarshayx Mirzoning badmaoshlig‟idin mutazarrir” ko‟rganliklari 
bunday harakatning sababi sifatida keltiriladi. Axsi qal‟asi Umarshayx Mirzo 
saltanatida Andijondan keyin ikkinchi mavqega ega 
Bobur Mirzoning mamlakatda osoyishtalikni barqaror qilish uchun 
juda ko‟p ter to‟kishiga to‟g‟ri keldi. U mahalliy hukumdorlarning 
o‟zboshimchalikka yuz burushlari avjiga chiqqan davrda Farg‟ona viloyatini idora 
qilmoqda edi. Bunday boshboshdoqchilik taxt sohibi hayoti uchun ham nihoyatda 
tahlika solardi. Boburning ukasi Jahongir Mirzoni shoh qilish maqsadida fitna 
uyushtirgan Husayn Ya‟qub boshchiligidagi beklar unga qarshi suiqasd 
uyushtirishdi. Bobur va uning ta‟rafdorlari sa‟yi harakati bilan fitna o‟z vaqtida 
fosh etildi, qo‟lga olingan isyonchi beklar jazolandi. Yovuz niyati amalga 
oshmaganidan alamzada bo‟lgan Hasan Ya‟qub Samarqand sari yo‟l oladi. Biroq 
qabih maqsadi yana xuruj qilib Axsi tomon kelganida, Qo‟qon yaqinida Vafot 
etadi. Bobur Mirzo katta va notinch viloyatni boshqarish uchun Andijon atrofidagi 
shaharlarda bir necha marotaba yurishlar qilishga majbur bo‟ladi.
10
1495-yilda Sulton Ahmad o‟rnida bir muddat hukmronlik
qilgan
ukasi 
Sulton Mahmud vafotidan so‟ng, uning o‟g‟illari Ma‟sud, Boysung‟ur Mirzo, 
Sulton Ali o‟rtasida Samarqand taxti uchun o‟zaro urushlar boshlanadi. Sulton Ali 
Samarqandni egallaganda, bu urush alangalari yanada avjiga chiqa boshlaydi. 
Bobur Mirzo ham ulug‟ sohibqiron Amir Temur poytaxtini qo‟lga kiritish ilinjida 
Samarqand tomon lashkar tortadi. Bu payt Sulton Mas‟ud Mirzo Shahrisabzni o‟z 
idorasi ostiga olib, Samarqandga tahdid sola boshlagan edi. Hisor va Qunduzdan 
10
Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Toshkent. Sharq. 2011-yil 56-bet 


12 
Sulton Husayn Mirzo qo‟shinining xavfi ham mavjud edi. Uch-to‟rt oy uch 
tarafdan Samarqandga qarshi hujum uyushtirgach, Sulton Ali nomidan Xoja Yahyo 
kelib, ittifoq va hamjihatlikdan so‟z ochadi va Bobur Mirzo bilan o‟zaro 
kelishuvga erishadi. Biroq oradan ko‟p vaqt o‟tmay, Samarqand taxtini Boysung‟ur 
Mirzo qo‟lga kiritadi.
1497-yilda Bobur Mirzo mingga yaqin qo‟shini bilan Samarqandni 
qo‟lga kiritish uchun jangga otlanadi. Shahar u yeti oy qamal qilinadi. Boysung‟ur 
Mirzo Shayboniyxondan madad kutadi, biroq Shayboniy qo‟shinlarining yordami 
besamar ketadi. Natijada shahar hukmdori Qunduzga Xusravshohdan panoh izlab 
ketishga majbur bo‟ladi. Bobur Mirzoni Samarqand shahri ulug‟lari, beklar 
mamnuniyat bilan qarshi oladilar. “ Boburnoma “da muallif bu voqeani iftixor 
bilan quyidagicha bayon etadi: “Rabiulavval oyining oxirida (1497-yil noyabr ) 
kelib arkta Bo‟stonsarog‟a tushtum. Tangri taoloning inoyati bila Samarqand 
shahri va viloyati muyassar va musaxxar bo‟ladi” (43-bet). Sharqning eng yirik, 
boy va mashhur shaharlaridan biri bo‟lgan Samarqandning qo‟lga kiritilishi yosh 
hukmdorni nihoyatda sevintiradi. U keyinchalik “Boburnoma “da bu azim 
shaharning tabiati-yu masjid va madrasalarini, Ulug‟bek Mirzo barpo etgan 
rasadxona-yu saroy va maqbaralarni ehtiros bilan tasvirlaydi. Afsuski, Bobur 
Mirzoning sevinchi uzoqqa cho‟zilmaydi. U yetti oy qamal ichida qolgan shahar 
nihoyatda xarob holda edi. Ozuqa zahiralari tugagan, dehqonchilik o‟zaro urushlar 
natijasida izdan chiqqan, shahar aholisi aftoda bo‟lib qolgan edi. Yosh hukmdor bu 
ahvoldan qutilish choralarini qanchalik izlamasin, biror maqbul tadbirni amalga 
oshirish imkondan tashqari edi. Bobur Mirzo qo‟shinlari Samarqanddan hech 
qanday o‟lja qo‟lga kirita olmaydi. Avvalo, hukmdorning o‟zi xalqni talashga 
mone‟lik qiladi. Oqibatda oziq-ovqat tanqisligi seziladi, shuningdek, askarlar 
uylarini sota boshlaydilar. Bitta-bitta bo‟lib qochishga tushadilar. “ Boburnoma” da 
ta‟kidlanishicha, avval Xonquli Bayonquli, yana Ibrohim Bekchik, keyin esa 


13 
mo‟g‟ullarning barchasi qochadi. Sultan Ahmad Tanbalning qochishi yosh 
hukmdorga qarshi yana bir fitnaning uyushtirishiga omil bo‟ladi.
11
Bobur Mirzo Xo‟ja Abdullo Mavlono qozini qochoqlarning 
ba‟zilarini jazolash, ba‟zilarini esa qayta Samarqandga yuborish niyatida Uzun 
Hasanning oldiga jo‟natadi. Biroq Uzun Hasan Bobur Mirzoga qarshi 
uyushtirilgan fitnaga boshchilik qilmoqda edi. Bu orada u Ahmad Tanbal bilan til 
biriktirib, Axsi va Andijonni Jahongir Mirzoga olib berish payida bo‟ladi. 
12
Andijon taxti tobora tahlika ostiga qola boshlagan davrda Boburning 
onasi Qutlug‟ Nigorxonim va Eson Davlatbegim bilan kengashib,Samarqand 
hukmdoriga bir necha marta maktub yuboradilar. Natijada Samarqanddek shahari 
azimda yuz kun hukmdorlik qilgan Bobur Mirzo 1498-yilning fevralida Andijonga 
safar qilishga majbur bo‟ladi. Bu orada bir kishi yosh hukmdor Samarqandni 
tashlab chiqqan kuni Ali Do‟st tog‟ayi Andijonni isyonchilarga topshirgani 
haqidagi xabarni yetkazadi. Ma‟lum bo‟lishicha, isyonchilar Andijonni qamal 
qilganda, Uzun Hasan Bobur Mirzoning betobligi, uning tili tutilib, og‟ziga paxta 
bilan suv tomizayotganliklarini Ali Do‟st tog‟ayiga aytib ont ichadi. Bundan 
sarosimaga tushgan tog‟asi Ali Do‟st isyonchilarga qal‟ani ochib beradi. 
Andijonni deb Samarqandni qo‟ldan ketkazish va taqdirning alamli 
hazillariga duchor bo‟lib bir yo‟la har ikkalasini boy berishdek muvaffaqiyatsizlig-
u yutqazishlar metin iroda sohibi bo‟lgan Bobur Mirzo belini bukolmaydi. U ota 
meros saltanatni tiklash niyatida tog‟asi, Toshkent hokimi Mahmudxondan madad 
so‟raydi. Birgalikda Andijonni egallash uchun olib borilgan janglar natija 
bermaydi. Bobur Mirzo goh Xo‟jand, goh O‟rtepa, goh Konibodom atrofidagi 
qishloqlarda bo‟lib, tog‟alarining ko‟magi bilan ba‟zan Andijonga, ba‟zan esa 
Samarqandga tahdid solib turadi. Nihoyat, Xo‟jandga yetib keladi, ammo bu yer 
nisbatan kichikroq qo‟shinni zo‟rg‟a saqlab turushi mumkin edi. Shu sababli Bobur 
11
L.P.Sharma. Boburiylar saltanati. Toshkent. “Ma‟naviyat”. 1998-yil 15-bet. 
12
U.Erskin. Bobur Hindistonda. Toshkent. “Cho‟lpon”. 1995-yil 102-bet 


14 
Mirzo O‟ratepani idora qilib turgan yana bir tog‟asi Muhammad Husayn Ko‟ragon 
do‟g‟latdan Yor yayloq kentidagi Pashog‟ar qishlog‟ida qishlashga ruxsat so‟raydi.
Bu yer Xo‟ja Abdullo Mavlono qoziga qarashli bo‟lib, u Samarqand yo‟lida 
joylashgani uchun Bobur Mirzoga juda ma‟qul manzil edi.
Movarounnahrda 
shahzodalar 
o'rtasidagi 
ziddiyatlar 
tobora 
keskinlashib bormoqda edi. Bunday muxolifat Sulton Ali Mirzo va Muhammad 
Majid Tarxon o‟tasida ham paydo bo‟ladi. Bu shahzodalar hamkorligidan hech ish 
chiqmasligi aniq edi. Sulton Ali Mirzo mo‟g‟ullardan Abdulvahob degan kishini 
Bobur Mirzo huzuriga yuborib uni Samarqandga kelishga etdi. Bobur Mirzo 
Jahongir Mirzoga kishi yuborib zudlik bilan Samarqandga yurish qilishini xabar 
qiladi. Axsida tuzulgan sulx Jahongir Mirzo tomonidan Bobur Mirzo saltanati 
hududiga dahl qilish imkoniyatini bermasdi. Biroq Bobur qo‟shinlari Quvaga yetib 
kelganda, Ahmad Tanbalning ukasi Halil O‟shga hujum qilgani ma‟lum bo‟ldi. 
Bobur Mirzo bo‟lib o‟tgan voqeadan qanchalik ranjimasin, Samarqand tomon 
yurishni yana davom ettiraverdi. Yosh hukumdor Ali Do‟st va Qambar Ali singari 
ulug‟beklarning keying harakatlaridan ularga tayanish har doimgidan ham 
yaxshilikka olib kelmasligini sezib qoladi. Shuningdek, Muhammad Majid Tarxon 
boshliq beklar ham Mir Mo‟g‟ulni yuborib Andijon hukmdorining Samarqandga 
kelishiga ko‟z tikib turishgandi . Shunday qilib, Bobur Mirzo; “Samarqanddek 
poytaxt turg‟uncha, ne kiroyi ul qilg‟aykim, Andijondek yer uchun kishi avqot 
zoye‟ qilg‟ay‟‟-degan fikr bilan yo‟lda davom etadi.
13
Bir muddat Shahrizabz – Hisor hududlarida sarson sargardon 
kezgan Bobur Mirzo Samarqand xalqining ko‟magiga ishonib, ikki yuz qirq 
kishilik navkari bilan shaharga hujum qiladi. Yetmish-sakson chog‟li Bobur 
yigitlari tunda qal‟aga Narvon qo‟yib, Feruza darvozasini egallaydilar. Tong 
otishiga yaqin Bobur Mirzo Samarqandga kirib keladi. Bo‟lib o‟tgan voqeadan 
13
L.P. Sharma. Boburiylar saltanati. Toshkent. “Ma‟naviyat” 1998-yil 22-bet 


15 
shahar ahli hali to‟la habardor emas edi. Temuriy hukmdorini tanib qolgan 
dukondorlar u haqda duo qilishardi. Ko‟p o‟tmay shahar xalqi voqeadan xabar 
topadi. Qo‟llariga tosh va tayoq ko‟targan kishilar to‟rt yuz-besh yuz chamasi 
Shayboniy tarafdorlarini o‟ldirishadi. Nihoyat, u yetti ming askariy quvvatga ega 
bo‟lgan tajribali hukmdor Shayboniyxondan juda oz miqdordagi qo‟shin bilan 19 
yoshli temuriyzoda Samarqandni tortib oladi. Xalq Bobur Mirzoni qo‟llab 
quvvatlashda davom etadi. Shovdor, Sug‟d va atrofdagi qo‟rg‟onlar uning idorasi 
ostiga o‟ta boshlaydi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Bu orada Boqi tarxon 
Qarshi, G‟uzorni, Abulmuhsin Mirzo Qorako‟lni qo‟lga kiritadi. Shayboniy 
qo‟shinlari har tarafdan quvilib, Buxoro atrofida toplanishga majbur bo‟lishadi. 
14
Bobur Mirzo Andijondan chiqqandan so‟ng, uning oila a‟zolari yuz 
tashvish va mashaqqatlar bilan O‟ratepaga yetib kelishgandi. Samarqand fahtidan 
nihoyatda shodlangan yosh hukmdor oilasini bu azim shaharga olib keladi. U 
amakisi Sulton Ahmad Mirzoning qizi Oyisha Sultonbegimni o‟z nikohiga olgan 
edi. Ko‟p o‟tmay Samarqandda To‟ng‟ich farzandi Faxruniso dunyoga keladi. 
Biroq bu shodlik uzoq davom etmaydi. Faxriniso chillasidan chiqmay vafot etadi.
Bobur Mirzo o‟zini buyuk poytaxt taxtida ko‟rib qanchalik 
quvonsa, har zamon tahdid solish xavfi kuchli bo‟lgan Shaybomiyxonning ulkan 
qo‟shinidan 
ham 
shunchalik 
tashvishlanardi. 
Samarqand 
mudofaasini 
mustahkamlash maqsadida yon atrofdagi temuriylar saltanati hukmdorlariga 
elchilar yuborib, ulardan yordam so‟raydi. 
Shayboniyxon 1501-yilning bahorida yana qo‟shin to‟play boshlaydi. 
Qorko‟l, Dabusiyani qayta qo‟lga kiritib, Samarqandga tahdid soladi. Shu yili may 
oyining boshlarida Shayboniyxon o‟z hatti harakatlari bilan raqibini jang 
maydoniga jiddiy hozirlik ko‟rishga majbur etadi. Boqi Tarxon ming ikki ming 
14
Hoshimov I. Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Toshkent. O‟qituvchi-1994-yil 48-bet


16 
kishilik qo‟shini bilan Keshga kirib borgan edi va ikki kun orasida Bobur Mirzoga 
kelib qo‟shilishi taxmin qilinardi. Toshkent hokimi Sulton Mahmud tomonidan 
yuborilgan Said Muhammad Mirzo do‟g‟lat tomonga yaqin ming bir yarim ming 
kishilik lashkari bilan ko‟makka kelishi kutilar edi. Munajjimlarning yanglish 
ma‟lumotlari Bobur Mirzoni madadga chiqqan kuchlar yetib kelmasdan jangga 
kirishga undadi. Qo‟shin to‟rtga ajraladi. Ko‟hak daryosi bo‟yida raqib bilan 
ro‟baro bo‟linadi. Natijada Bobur Mirzo qo‟shini juda katta talofatga uchradi.
Og‟ir kunlar boshlanadi. Keyingi yillarda Samarqand tez-tez yuz 
berib turgan o‟zaro urush va isyonlar tufayli boyliklari talangan, ancha 
kuchsizlanib qolgan edi. Shayboniyxonning besh oylik qamaliga qarshi Bobur 
Mirzoning o‟ziga yaqin beklar va sarbozlari hamda xalq ommasi jasorat 
ko‟rsatishlariga qaramay, ochlik, suvsizlik shahar aholisining tinka madorini 
quritadi. “ Elga bisyor tanqislik bo‟ldi, - deya xotirlaydi “ Boburnoma “ muallifi. – 
Anga yettikim, faqir va miskin it etini, eshak etini yiya kirishtilar. Otqa bo‟g‟uz 
kam yoft bo‟ldi. Daraxtlarning bargini otqa berurlaredi. Anda tajriba bo‟ldikim, 
bori yafroqlardin tut yafrog‟I va qora yig‟och yafrog‟I otqa sozvarroq emish. 
Ba‟zi quruq yig‟ochlarni randa qilib, taroshasini suvg‟a ivitib otg‟a berurlar edi.”
Oziqa zahiralari rugab, atrofdan biror bir madad kutishga umid 
qolmagach, sarbozlar bir ikki kishi bo‟lib qocha boshlaydi. Bu orada 
Shayboniyxon sulh taklif qiladi. Hech qanday umidi qolmagan Bobur Mirzo 
sulhga rozilik beradi. Parokandalikka yuz Burgan temuriy hukmdorlarining 
noahilligi tufayli ulkan g‟alabasini mudofaa qila olmagan yosh shahzoda azim 
shahar Samarqndning Shayxzoda darvozasidan ichkilari bilan chiqib ketadi. Biroq 
Bobur Mirzoning opasi Xonzodabegim vujudga kelgan tang vaziyat taqozosiga 
ko‟ra Shayboniyxonga turmushga chiqishga majbur bo‟ladi.
15
1501-1502-yillar 
Bobur Mirzo hayotida sarson-sargardonlikning achchiq alamlari bilan qarshilashish 
15
Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan-1994-yil 66-68-betlar. 


17 
davri bo‟ladi. O‟lim tahlikasidan zo‟rg‟a qutilgan yosh shahzoda va uning 
hamrohlari Jizzaxda ochlik shiddatidan ham bir muncha xalos bo‟ladilar. 
Samarqandga mustahkam o‟rnashib olgan Shayboniyxon Toshkent 
xoniga qarashli Shohruhiya va Beshkentga hujum uyushtirganda, Bobur 
Mirzotog‟asiga yordamga otlanadi. Sovuqning shiddatidan kunda ikki-uch kishi 
halok bo‟lardi. Yosh shahzoda suvning tez oqishidan faqat o‟rtasi muzdan bir oz 
xoli bo‟lgan arig‟da 16-marta sho‟ng‟ib atrofdagilarni ko‟rsatgan jasorati bilan 
katta dushmaniga qarshi kurashga da‟vat etadi. Shayboniyxon bahor kelishi bilan 
O‟ratepani talab ketganida, Bobur Mirzo Maschoda edi. U bu yerda uysiz, 
vatansiz tog‟lar orasida sarson-sargordon yurishidan naf yo‟qligini o‟ylab yana 
Sulton Muhammadxon oldiga borishga qaror qiladi. Xuddi shu payt Ahmad Tanbal 
o‟z qo‟shinlari bilan xonga qarshi yo‟lga chiqqandi. Bu urush Sulton Muhammadni 
ancha cho‟chitib qo‟yadi. Bobur Mirzo Toshkent xoniga kichik tog‟asi Sulton 
Ahmad Olachaxon bilan birgalikda Shayboniyxonga qarshi kurashish rejasini 
aytmoqchi bo‟lib turgan paytda, Olachaxon bir yarim mingga yaqin navkar va 
Bobur Mirzoga mo‟g‟ulcha sovg‟a-salomlar bilan kirib keladi. O‟zaro elishuvga 
ko‟ra Ahmad Tanbalga qarshi kurashda Bobur Mirzoga omad kulib boqadi. U 
osonlik bilan O‟shni qo‟lga kiritadi. O‟zgand aholisi kishi yuborib shaharni yosh 
temuriyzoda ixtiyoriga topshirishadi. Marg‟ilon xalqi shahr dorug‟asini urib, 
quvlab yuboradilar. Shunday qilib, Andijonni hisobga olmaganda, Sirdaryo 
janubidagi Farg‟ona viloyatining katta qismi Bobur Mirzoni o‟z hukmdorlari 
sifatida tan oladi. Andijon qal‟asini zabt etish uchun olib borilgan kurashda Ahmad 
Tanbalning Andijondagi hukmronligiga chek qo‟yadi. Sulton Mahmudxon Andijon 
va daryoning quyi qismidagi yerlarni Sulton Ahmad Olachaxonga berishga qaror 
qilganini e‟lon qiladi. Bobur Mirzoga esa Axsi beriladi.Shayboniyxonga qarshi 
kurashda Samarqand qo‟lga kiritilgach, u yosh temuriyzodaga, Axsi esa 
Olachaxonga topshirilishiga kelishin olinadi. Shu orada Ahmad Tanbal 
Shayboniyxonga kishi yuborib, unga itoat qilishini va birgalikda mo‟g‟ul xonlariga 


18 
qarshi kurashish istagini bildiradi. Shayboniyxonning Farg‟ona viloyatiga yurish 
qilish haqidagi xabaridan sarosimaga tushgan mo‟g‟ul xonlari orqaga chekinadilar. 
Ularning O‟sh va Marg‟ilonda qo‟ygan ishonchli kishilarini xalq haydab chiqaradi. 
Bobur Mirzo bo‟lib o‟tgan voqealarga qanday baho berishga hayron qoladi. 
Vaziyatning o‟z foydasiga hal bo‟lganiga ko‟zi yetgan Ahmad Tanbal bir kuni 
tongda uch ming qurolli qo‟shini bilan yakkalanib Axsi qo‟rg‟onida qolgan Bobur 
Mirzoga qarshi tasodifan hujum qiladi. Ayovsiz va tengsiz jangda Bobur Mirzo 
qal‟adan zo‟rg‟a qochib qutiladi. Axsi yaqinidagi sang degan manzilga 
yetganlarida, u hamrohlari bilan 8 kishini tashkil qilardi, xolos.
16
Xuroson 
mamlakati o‟z davrining eng kuchli hukmdorlaridan bo‟lgan Sulton Husayn 
Boqaro tomonidan idora etilardi. Bobur Mirzo ikki ukasi, jiyani Mirzoxon va jami 
ikki yuz-uch yuz kishilik hamrohlari bilan safarga otlanadi. Hisor vodiysi va 
Qunduz hukmdori Xusraxshohga yuborilgan elchi undan “ko‟ngulga yoqqudek 
so‟z keltirmadi”. Bu temuriyzodadan zulm ko‟rgan ko‟plab srboz va 
lashkarboshilar Bobur Mirzoga kelib qo‟shila boshlaydi. Qabadiyonga yetib 
kelganida esa akasi Xusravshoh bilan arazlashib qolgan Boqi Chag‟aniyoniy Bobur 
Mirzoga kishi yuborib uni o‟z hukmdori sifatida tan oladi. Shayboniyxon 
Andijonni qo‟lga kiritib, Hisor va Xurosonga hujum qilish xavfi tobora kuchayib 
borayotgan bir paytda, unga qarshi mardonavor kurasha oladigan Bobur Mirzoning 
shuhrati orta boshlydi. Husayn Boyqaroning Shayboniyxon hujumiga qarshi 
mudofaani mustahkamlash haqidagi Bobur Mirzoga yo‟llagan xati ko‟plab jang-u 
jadallar shohidi bo‟lgan yosh shahzodani qanoatlantirmayidi. U kuchli g‟anim 
ustiga birgalikda hujum qilish tarafdori edi. Shayboniy qo‟shinlari shitob bilan 
Qunduz tomon yo‟llanganini eshitgan Xusravshoh mudofaani ta‟minlay olishiga 
ko‟zi yetmay, shaharni tashlab chiqadi va Bobur Mirzoga odam yuborib, o‟zining 
taslim bo‟lganini ma‟lum qiladi. Xusravshohdan yuz o‟girgan askar va qabilalar 
hisobiga son jihatdan ancha ko‟paygan, shuningdek, undan qolgan qurol, sovut, ot 
16
Hoshimov I. Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Toshkent. O‟qituvchi 1996-yil 17-bet 


19 
anjomlari bilan o‟zini tiklab olgan Bobur Mirzo uchun o‟zaro urushlardan 
kuchsizlanib qolgan Kobul taxtini egallash nihoyatda muhimedi. 1504-yilning 
oktabrida hududi ancha kichik bo‟lgan Farg‟ona viloyatini tashlab, sarson-
sargardonlikni boshidan kechirgan Bobur Mirzo Kobul va G‟aznani jangsiz qo‟lga 
kiritib, ulkan davlat taxtini egallaydi.
17
1505-yilning iyun oyida Bobur Mirzoning 
onasi Qutlug‟ Nigorxonim vafot etadi. Bu davrda Hisor va Qunduzni bo‟sundirgan 
Shayboniyxon Samarqandga borib yangi yurishlarga hozirlik ko‟rmoqda edi.U 
Xorazmni bosib oladi, Balxni qamal qiladi. Xuroson hukmdori Sulton Husayn 
Boyqaro Shayboniyxonga qarshi kurashda Bobur Mirzoni ham taklif qiladi, lekin 
yarim yo‟lda Bobur Husayn Mirzoning vafot etganini eshitdi. Bobur Hirotga kelib 
uning muqaddas masjid va madrasalarini, qasr va saroylarini maroq bilan tamosha 
qildi, olimu ulamolari bilan miriqib suhbatlashdi va 1506-yilda dekabr oyida tog‟ 
oralab Kobulga yo‟l oldi. Qor yog‟a boshlagan edi, bu yo‟llardan esa hatto yozda 
ham yurish mashaqqatli edi. Boburning aql-zakovati, oldindan ko‟ra bilish 
hissiyoti uni bir daqiqa hamvaqtni boy bermay, shiddat bilan olg‟a yurishga undar 
edi. Qor kundan kun qalinlashib, otlarning tizzasiga, keyinroq esa qornigacha 
ko‟tarildi, buning ustiga ularning yo‟lboshchisi yo‟lni yo‟qotib qo‟ydi.
Qobulga yaqinlashganlarida Xuroson safari oldidan Boburning 
ko‟ngliga kelgan ba‟zi shubha va taxminlari to‟g‟ri ekanligini tasdiqlovchi 
noxush xabarlar eshitdi. Xurosonga jo‟nashdan oldin Bobur Mirzo xolasining eri 
bo‟lmish Muhammad Husayn Mirzo Dug‟latni huzuriga chorlab, safar davomida 
Kobul va uning viloyatlarini nazorat qilib turishni unga topshirgan edi. Husayn 
bu taklifni qabul qilishdan oldin shahzodaga bildirilgan ishonch uchun 
minnatdorchilik izhor qilib, Makkaga haj safarini mo‟ljallayotganini aytdi va 
lekin shahzoda buyursalar, undan voz kechishi mumkinligini ta‟kidladi. So‟ngra 
Bobur uning viloyatlar bilan aloqasini engillashtirish maqsadida o‟zining yaqin 
kishilaridan Nizomiddin Xalifa, Mulla Bobo Poshog‟ariy, Mir Ahmad Qosim 
17
Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Toshkent. Sharq. 2011 24-bet 


20 
Kuhbur va boshqalar bilan tanishtirdi va Muhammad Husayn Mirzoga 
hokimiyatni topshirib safarga otlangan edi.
Safarga jo‟nalgach, bir necha oy davomida Xuroson va Qobul orasida 
xabarlar kelib-ketib turdi.Qobul saroyida turli xil mish-mishlar tarqalishiga sabab 
bo‟ldi. Go‟yoki Xuroson beklari va mirzolari Boburni xibsga olib, zindonga 
tashlagan emishlar, va u yerdan Boburning qutilib chiqishi amri mahol emish 
bundan xabar topgan Boburning buvisi Shohbegim o‟zining suyukli nevarasi Xon 
Mirzo (asli ismi Sulton Bays ) ni shoh qilib ko‟tarish maqsadida shaharda qolgan 
mo‟g‟ul beklarini birlashtirib, Xon Mirzoning nomini xutbaga qo‟shib o‟qittirish 
taraddudida turganda kutilmaganda Boburning kelayotgani haqida xabar tarqaldi.
Bobur choparlar yuborib, shahrni himoya qilib turgan kishilar Mulla 
Bobo Poshog‟ariy, Xalifa, Muhib Ali Qurchi, Ahmad Qosim va boshqalarni 
ogohlantirdi va qo‟qqisdan shaharga hujum qilib , isyonchilarni birma-bir qo‟lga 
oldi. Xon Mirzo zo‟rg‟a otga minib qochib qolishiga ulgurdi, Muhammad Husayn 
Mirzo esa saroydan qochib chiqib o‟zini bir tomonga urdi. Shahar atrofi va 
ichkarisida qattiq jangler bo‟ldi. Tez orada bosh ko‟targanlarning boshliqlari 
qo‟lga olindi. Ulardan biri Boburning etibori tushgan Sulton Sanjar barlos edi.
Marv yaqinida tarixiy jang 1510-yilning 2-dekabrida yuz bergan edi. 
Shu oyning o‟zidayoq bu jang tavsiloti Xon Mirzoning choparlari orqali 
Boburshohga yetkazildi. Xat yozilgan paytda Shayboniyning hali taqdiri hal 
qilinmagan edi. Xatda Shayboni beklari Qunduzni tashlab chiqib ketayotgani 
yigirma mingga yaqin mo‟g‟ul lashkarlari o‟zbeklardan ajrab Qunduzga kelgani va 
bu yerda Xon Mirzo o‟zi hokimlik qilib turgani va ota bobolari saltanatini tiklash 
yo‟lida Boburshohga qo‟shilishga tayyor ekani ma‟lum qilingan edi. Boburning 
ko‟nglini taskin toptiradigan bundan yaxshiroq xabar bo‟lishi mumkin emas edi. 
Qish bo‟lishiga qaramay Obdara davonidan oshib , Bomiyonga keldi va Ramozon 
ro‟zasini shu yerda o‟tkazib, yanvar oyida Qunduzga yetib keldi. Bu yerda bir oz 
dam olgach kelajak rejalarini tuzdi. Qish oxirida Amudaryodan o‟tib bu yerga 


21 
hukumronlik qilayotgan o‟zbek sultonlari – Humza sulton va Mahdi Sultonni Hisor 
- Shodmon qal‟asidan quvib chiqarishni mo‟ljalladi.
Boburning kelayotganini eshitgan Hamza sulton Vag‟shga qarab 
chekindi. Bir birini bir oz vaqt quvib yurishgach, jang qilmasdanoq Bobur 
Qunduzga Hamza Sulton esa Xisorga qaytib kelishdi.
Bobur Qunduzda turganida shox Ismoildan elchilar keldi. Ular 
sovg‟a- salomlar bilan Boburning Samarqand qamalidan so‟ng Shayboniy nikohiga 
olingan egachisi Xonzoda Begimni olib kelgan edilar. Xonzoda Begimning 
Shayboniydan bo‟lgan Xurramshoh ismli bir o‟g‟li bo‟lib u ham onasi bilan birga 
kelgan edi. Xurramshoxga Balx hokimligi berildi. Biroq ikki yil o‟tmay u vafot 
etdi.
18 
Xonzoda Begimning ukasi Bobur Mirzo bilan til biriktirib o‟ziga 
qarshi fitna uyushtirishdan chuchigan Shayboniy uni taloq qilib, dindor oiladan 
chiqqan Ziyo Hodi ismli kishiga bergan edi. Ziyo Hodi Marv yonidagi jangda 
halok bo‟lib, Xonzoda Begim Eroniylarga asr tushgan. Boburning opasi ekanini 
bilgach Shoh Ismoil unga hurmat ehtirom ko‟rsatib, sovg‟a salom va xizmatkorlari 
bilan ukasi huzuriga jo‟natgan edi. U shahzoda Bobur bilan do‟stlik munosabatlari 
o‟rnatish fikrida edi. Boburning himoya qilishicha opasini kelayotganini eshitib 
saroy ayonlari va mulozimlari bilan uni kutgani ancha masofa yo‟lga kelishdi. 
Bobur o‟shanda yigirma sakkiz yoshda edi. Oradan o‟tgan o‟n yillik voqealar opa 
ukaning ikkalasini ham shunchalik o‟zgartirib yuborgan ediki u opasiga murojaat 
qilganida ham ular bir birlarini tanimadilar. Begim ularning qolgan qismini 
Qobulda, podshoh ukasi huzurida hurmat ehtiromda o‟tkazdi.
Shu paytgacha ikkilanib turgan Bobur sovg‟a-salomlar tayyorlab, tezlik 
bilan Xon Mirzoni Shoh Ismoil huzuriga yo‟llab, erishilgan ulkan g‟alaba bilan 
qutladi, opasiga ko‟rsatilgan izzat-hurmat uchun minnatdorchilik izhor qildi va 
Movarounnahrdagi avvalgi Saltanatni tiklashda yordam ko‟rsatishi iltimas qildi.
18
Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan 1994-yil 36-bet


22 
Shayboniy sindirilgan bo‟lsa ham uning izdoshlari- o‟g‟il jiyanlari 
Movarounnahrning kuchli markazlarini o‟z qo‟llarida saqlab turar va Boburning 
erkin harakat qilishiga yo‟l qo‟ymas edilar. Shayboniyning o‟gli Temur Sulton 
Samarqandda, jiyani Ubaydullaxon Buxoroda, amakisining o‟gli Jonibek Sulton 
Andijonda, Abdulxayrxonning o‟g‟li Ko‟chimxon Turkistonda, uning o‟g‟li 
Suyunbek esa Toshkentda hukmdorlik qilar edilar.
1511-yilning bahorida Shoh Ismoil Movarounnahrga yurish 
boshlab Parapomison tog‟ tizmalaridan o‟tib, Maymana va Qorarabotga yetib 
keldi. Bu yerda Temur Sulton jo‟natgan o‟zbeklar elchisiga ro‟para keldi. Ular 
katta sovg‟a-salomlar bilan sulh tuzushga kelgan edilar. Bu sulh Shoh Ismoilga 
Turkiya va Ozarbayjonga yurish imkoniyatini bera edi. Shuning uchun u rozi 
bo‟ldi. Sulh shartlariga ko‟ra, Amudaryo ularning mulki orasidagi chegara 
bo‟lmog‟i lozim edi. Daryoning janubiy qirg‟og‟i Shoh Iamoil ixtiyoriga o‟tdi, 
biroq bu mamlakatdan ulkan sahro orqali ajralib qolgani va aloqa qiyinlashgani 
tufayli ko‟p o‟tmay Xorazm yana shimoldan kelgan bosqinchilar qo‟liga o‟tdi. 
Sulh tuzilgach, Shoh Ismoil Xirotga qaytdi.
Bobur Shoh Ismoildan yordam so‟rab yozgan xatining natijasini kutib 
turgan paytda Ziyod Muhammad Mirzodan xushxabar keldi. Unda aytilishicha, 
Ziyod Muhammad Mirzo Shayboniy o‟zbeklarni Farg‟ona davlati hududidan 
haydab chiqargan edi. Tezlik bilan qo‟shin tuzilib, unga Sulton Saidxon 
lashkarboshi qilib tayinlandi va Andijonga jo‟natildi. Shu orada Shoh Ismoil 
yordamga jo‟natgan qo‟shinning bir qismi bilan Xon Mirzo ham yatib keldi. 
O‟zbeklar u bilan tuzulgan sulxni buzishgandan so‟ng, Shoh Ismoil 
Movarounnahrda Bobur yana o‟z saltanatini tiklashi lozimligini tushuna boshlagan 
edi. Yordamchi kuchlar bilan Bobur Hisorga yo‟l oldi.
Hisor olingach, Boburshoh o‟z qo‟shinlarini shu yerda to‟play 
boshladi. Unga Shoh Ismoil yuborgan Mustafo Ali va Shohruh Sulton Muhrdor 
boshchiligida yordamchi o‟qchilar kelib qo‟shildi. Bobur yana shunday qudratli 
lashkarlar bilan Qarshiga yo‟l oldi. Ubaydullaxon Qarshini tashlab, buxoroga 


23 
shoshilayot edi. Buxoro qo‟lga kirsa, Qarshi o‟z-o‟zidan taslim bo‟lishi kerak edi. 
Shetob bilan yurib o‟zbek sultonlaridan ilgariroq Buxoroga yetib kelindi. Vaqtni 
boy bermaganini anglagan o‟zbek sultonlari yo‟lda uchragan qishloqlarni talon-
taroch qilib, Turkiston sari yo‟l oldilar. Kelayotgan vahimadan dahshatga tushgan 
Samarqantdagi o‟zbek sultonlari ham panoh izlab Turkistonga qoshdilar. Shunday 
qilib, toqqiz yillik hukmronlikdan so‟ng o‟zbeklar yana Movarounnahrdan quvib 
chiqarildilar. 
Buxoroda bir oz to‟xtagach, Bobur Samarqantga yo‟l oldi. U qayerga 
kelmasin, oddiy fuqaro dehqonlar, savdogarlar,hunarmantlar va butun shahhar ahli
yana o‟zlarining avvalgi hukmdori qaytib kelganidan mamnun ekanini bildirib, uni
har qadamda olqishlar edi. 1511-yil oktabr oyining boshlarida Bobur Samarqand 
honi deb e‟lon qilindi. Eroniy askarlarni katta sovg‟a – salomlar bilan siylab, ularni 
o‟z yurtiga kuzatib qo‟ydi.
Movarounnahragi muvaffaqiyatlari uchun u Shoh Ismoilning unga 
ko‟rsatgan yordamidan minnatdorlik belgisi sifatida faqat o‟zigina emas, balki 
lashkari ham eroniylar kiygan harbiy kiyimni kiyishi va ayniqsa, eroniy salla 
o‟rashi lozimligi haqidagi farmoni sunniy mazhabga mansub bo‟lgan 
Movarounnahr aholisini bir oz ranjitgan edi. Chunki Shoh Ismoil o‟n ikki 
imomdan birining avlodlaridan sanalib, shia mazhabiga mansub edi. Shuning 
uchun ham sallani o‟n ikki qavat qilib o‟rar va boshdan oyog‟igacha qizil matodan 
tayyorlangan shialar kiyimida ko‟zga tashlanib turushi lozim edi. Shuning uchun 
ham eroniylar sunniylar tomonidan “ qizilboshlar “ deb yuritiladi. Bundan
tashqari Shoh Ismoilning nomi Xuroson va boshqa shahardagi masjidlarda 
xutbaga qo‟shib o‟qilar, hattoki, ayrim tarixchilarning ma‟lumotlariga qaraganda, 
uning nomida tanga pul ham zarb qilingan edi. Shuning uchun ham hamisha 
beqiyos shuhrat egasi bo‟lib kelgan Boburning obro‟si tez orada xalq nazarida 
pasayib ketdi.
Bahor kelishi bilan bilanoq Shoh Ismoilning Iroqqa ketganini
eshitgan o‟zbeklar yana Movarounnahrdagi eski mavqeini tiklash maqsadida 


24 
qo‟zg‟alib qoldilar. Bir to‟p lashkar Toshkentga, ikkinchisi esa Ubaydullaxonni 
boshchiligida Buxoroga yo‟l oldi. Bir qism lashkarni Toshkent himoyasiga 
jo‟natib, Bobur Ubaydullaxonni kutib olish uchun unga qarshi yurdi. Buxoro 
yaqiniga kelib qolgan Ubaydullo bir oz chekinishni ma‟qul ko‟rdi va Ko‟li 
Malikda Bobur unga yetib oldi. Juda qattiq jangdan so‟ng Bobur chekinishga 
majbur bo‟ldi. Dushman uni Samarqandgacha quvib kelib, shaharni qamal qildi. 
Qishdan endigina chiqqan shahar aholisi qamalga bardosh bera olmas edi. 
Qarshilik ko‟rsatishning behuda ekaniga ko‟zi etgan Bobur poytaxtni tashlab 
Hisor tomon yo‟l oldi.
19
G‟ijdivondagi muvaffaqiyatsiz jang, eroniylar qo‟shinining ko‟payishi 
tarqab ketishi, o‟zbeklar qo‟shinining ko‟payishi va ularning egallagan mavqeyi 
Boburning yana Buxoro va Samarqand taxtiga qaytishiga hech qanday umid
qoldirmadi. Lekin Boburning omadsizliklari bugina emas edi. U o‟z xotiralarida 
qo‟l ostidagi mo‟g‟ullarning tartibsizligi, vaxshiyliklari haqida ko‟p yozgan. O‟sha 
urushdan keyin Boburning qayta oyoqqa turishiga ishonch qolmagan mo‟g‟ullar 
unga qarshi suiqasd uyushtirdilar. Ularning boshida Mir Ayyubbek, Mir 
Muhammad, Yodgor Mirzo va Nazar Mirzolar turar edi. Ular tunda Bobur uxlab 
yotgan chodirga hujum qilib, soqchilarni uloqtirdilar va shovqin-surondan 
uyg‟onib ketgan Bobur ichki kiyimida qochib chiqib, Hisor qal‟asi ichiga 
yashirindi. Omadi yurishmagan mo‟g‟ullaryo‟lda uchragan kishini talab Qorategin 
tomonga qochdilar. Bobur Hisorda ishonchli amirlarini qoldirib Qunduzga ketadi. 
Butun Hisor vodiysi mo‟g‟ullar qo‟lida qolgan edi. Qunduzda bir oz vaqt 
nimaqilarini bilmay tentirab yurib, Badoxshonda Xon Mirzoni qoldirib, Bobur 
yana bir marta Hindikush tog‟laridan oshib Qobulga keldi. 
20
Boburshoh 1514-
yilda o'zbeklarning ko'p sonli qo'shini tomonidan Movarounnahrdan quvib 
chiqarilgach, Qobulga qaytib keldi. O‟z o‟rniga qo‟yibketgan kichik ukasi Nisir 
Mirzo uni hurmat ehtirom bilan kutib olib, ilgari o‟zi egallab turgan G‟aznaga 
19
Hoshimov I. Hindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. Toshkent. O‟qituvchi-1996-yil 28-bet
20
Z. M. Bobur . Boburnoma. Cho‟lpon nashriyoti. Toshkent. 1990-yil.


25 
ketishga akasidan izn so‟radi. Boburshoh saltanatdagi eng niuob sovg‟a-salomlar 
bilan ukasini siylab, uni G‟aznaga kuzatib qo‟ydi. Biroq keying yillarda iichkilikka 
berilib ketgan Nosir Mirzo o‟sha dardning qurboni bo‟ldi va 1515-yilda vafot etdi. 
Undan Yodgor Nosir Mirzo ismli o‟g‟il qoldi.
1519-yilgacha bo‟lgan davr boshqa davr bo‟lib, bu paytda Bobur 
saltanatdagi ishlarni takomillashtirish hamda yaqin atrofdagi tog‟li qaysar 
qabilalarni o‟ziga bo‟ysindirish ishlari bilan band bo‟ldi. Xazorlar, aymoqlar va 
afg‟on qabilalari Bobur Dehlini olgungga qadar ham unga to‟la bo‟ysunishdan 
bosh tortib, soliqlarni ham o‟z vaqtida to‟lamas edilar. Hozirgi afg‟on davlatiga 
qarashli, ya‟ni Hindiston chegaralarigacha bo‟lgan hududni Bobur Qobulga to‟la 
bo‟ysundirgan edi.
1519-yilga hozirgacha mustaqil bo‟lgan Bajur Sultoniga qarshi yurish 
boshlandi. Bu yurishda ularning dushmani bo‟lmish dilozoq afg‟onlari
yo‟lboshchilik qildilar. Qattiq jangdan so‟ng Bajur qal‟asi olindi, uni boshqarish 
Xo‟ja Kalonga topshirildi. Movarounnahrdan qaytib kelgandan buyon Boburning 
fikru zikri Qandahar va Hindistonni egallash bilan band edi.
21
Bobur shijoatli hukmdor edi. U ulkan imperiya tuzish ishtiyoqi bilan 
tinimsiz yonardi. Samarqandni qo‟lga olgach, Markaziy Osiyoda ana shunday 
ulkan saltanat tuzishga uringan edi. Lekin shayboniylar uning bu niyatini amalga 
oshirishga yo‟l qo‟ymadilar. G‟arbiy Osiyoda mavjud siyosiy ahvol ham uning 
rejalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitni vujudga keltirgandi. Shayboniylar 
va eronliklar o‟zaro urushda bir birlarini yenga olmaganlaridan so‟ng, ularning 
hech biri Boburning Kobuldagi saltanatini bevosita qila olmaydigan vaziyatda 
qolgan edilar. Sguning uchun ham Bobur bemalol Hindistonni egallash ishlari 
bilan shug‟ullanish imkoniyatiga ega bo‟lgan edi.
Boburning ishtiyoqi uni Hindistonga hujum qilish sari boshladi. 
Udovyurak, jasur va mohir lashkarboshi edi. Raqiblari bir necha bor mag‟lub 
qilgan bo‟lsa ham, u o‟zini batamom mag‟lub deb hisoblamas edi. Bobur shuning 
21
Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Tosh. Sharq.2011-yil 27-bet 


26 
uchun ham ko‟zlagan maqsadiga yetishga hamisha ishonardi. U o‟z 
mag‟lubiyatlaridan ham to‟gri xulosalar chiqarar, qobiliyati va irodasini chiniqtirib 
borar edi. U turklar mo‟g‟ullar, shayboniylar, forslar va afg‟onlar bilan bo‟lgan 
janglarda juda ko‟p tajriba to‟plagan va chiniqqan edi. Ularning har biridan jang 
qilish uslubini o‟rgangan edi . Shu bilan o‟zining urush olib borish taktikasini va 
qurollarini takomillashtirib borardi. 
U shayboniylardan urushning “ to‟lg‟ama “ usulini , mo‟g‟ullardan 
esa pistirma qo‟yishni o‟rgandi. Afg‟onlardan poroxli miltiq ishlatishni o‟rgangan 
bo‟lsa, eroniylardan artilleriyani ishlatishni, turklardan esa ko‟chma suvoriylar 
qo‟shinini unumli ishlatishni o‟rgandi. Bobur tukr zobitlari bo‟lmish Ustod Ali va 
Mustafolar yordamida kuchli artelleriya qo‟shinini tuzdi va shu tufayli Hindistonga 
raqiblari ustidan g‟olib keldi.
Ingliz tarixchisi Rashburk Uilyamsning ta‟kidlashicha “ Boburning 
Hindistondagi tantanasiga asosiy sabab bo‟lgan yagona moddiy omil baquvvat 
artelleriya bo‟lgan edi. “ Bundan tashqari, Bobur chidamlilik, matonatlilik, 
jasurlik, o‟limga tik qarash, o‟zga va o‟z taqdiriga ishonish kabi hislatlarga ega 
ediki, bu fazilatlar doimo unga kishilarni olg‟a yetaklash imkonini berib turar edi. 
Shunday qilib, uning tuganmas g‟ayratli va shaxsiy xislatlari o‟z baxtini 
Hindistonda sinab ko‟rishga chorlagan edi. Bobur boylikka hirs qo‟ygan odam 
emas edi. Biroq Hindistonning boyliklari uni va hamrohlarini maftun qilgan 
omillardan biri bo‟lganligi shubhasizdir.
22 
Hindiston o‟sha paytda bir-biri bilan doimiy raqobatda bo‟lgan 
mustaqil mayda davlatlardan iborat edi. Shimoliy Hindistonda afg‟onlarning 
kuchli ta‟siri sezilib tursa-da, ular mayda bo‟laklarga bo‟linib ketgan edilar. 
Ibrohim Lo‟diy Dehli va Agra sultoni edi, lekin u Shimoliy Hindistonga to‟la 
hukmronlik qila olmas edi. Uning davlati g‟arbda Panjobdan sharqda to Behar 
viloyatigacha yetib borardi. Hattoki mana shu kichik hududda ham u o‟z hukmini 
22
Mamajonov A. M. O‟zbekiston tarixi. Toshkent. Cho‟lpon 1992-yil 94-bet 


27 
to‟laligicha o‟tkaza olmas edi. Unga qarshi amaldorlari va qarindosh urug‟lari 
isyon ko‟tarib turishgan edi. Behorlik amaldorlaridan bo‟lmish uning amakisi 
Oamxon Lo‟diy Dehli taxtiga da‟vogarlik qilar, Panjob hokimi Davlatxon Lo‟diy 
esa o‟zi mustaqil siyosat yurgizar edi.
Sulton Iskandar Lo‟diyning o‟limidan so‟ng uning merosxo‟ri Ibrohim 
Lo‟diy Dehli saltanatida o‟zining qudratli va obro‟sini ancha yo‟qotib qo‟ygan, 
afg‟onlarni hali o‟z ta‟siriga ololmagan edi. Aksincha, Ibrohim Lo‟diy noto‟g‟ri 
siyosati va takabburona fe‟l-atvori bilan afg‟on amaldorlari orasida shubha, 
g‟arazguylik va tarqoqlikni keltirib chiqardi. Shuning uchun hatto o‟z saroyida 
ham unga nisbatan sodiqlik va birlik hissi sezilmas edi. Bundan tashqari, Bengal,
Molva va Gujarot viloyati hokimlari ham uning asosiy raqiblari bo‟lib, uning har 
bir xatosidan unumli foydalanib qolish payida yurar edilar.
Shunday qilib, afg‟on hokimlari orasida chetdan kelgan raqibga 
qarshi kurashish uchun birlashish niyati yo‟q edi. Ulardan biri Olamxon Lo‟diy va 
ikkinchisi Davlatxon Lo‟diy bo‟lib, ular Boburni Hindistonga yurish qilishga 
taklif etgan edilar, chunki uning yordami Dehli saltanatini qo‟lga olishni 
mo‟ljallagan edilar. Shuning uchun ular birlashib Dehliga yurish qildilar. Rona 
Sanga ham Ibrohim Lo‟diyga qarshi yurishda Boburga o‟z yordamini taklif 
qilgan bo‟lishi kerak. U ham Dehli taxtini mo‟ljallab yurar edi. Uning hisobiga 
qaraganda, Bobur va Ibrohim Lo‟diy orasidagi jangda ulardan biri yo‟qolishi, 
ikkinchisi esa kuchsizlanib qolishi kerak edi. Bu hol esa Rona Sangaga Dehli 
taxtiga ega bo‟lish niyatini amalga oshirishni osonlashtirar edi. Ana shu 
holatlarning barchasi Boburni Hindistonga yurish qilishga undardi.
Bobur Hindistonga besh marta yurish qildi. Dastlabki to‟rt yurishi 
o‟ziga xos sinov yoxud tayyorgarlik yurishlari bo‟ldi. Birinchi yurishda ( 1519-
yilda ) u Bajur va Behra viloyatlarini bo‟ysundirib qaytgandi. Biroq har ikkala 
viloyat ham Bobur orqaga qaytishi bilanoq mustaqil siyosat olib boraverdi. Shu
yili u yana Hindistonga yurish qildi-yu, biroq bus afar Peshovardan qaytib ketdi.
Uchinchi bor yurishida Bobur ( 1520-yilda ) Panjobgacha kirib keldi va Sialkot 


28 
hamda Sayidpur qal‟alarini o‟ziga bo‟ysundirdi. To‟rtinchi marta u Hindistonga 
1524-yilda yurish qildi va bus afar Lohur va Dibolpurgacha bo‟lgan hududlarni 
egalladi. U Davlatxon Lo‟diyning Panjobni o‟z ixtiyorida olib qolish niyatidan
ranjigan edi. Lekin u Olamxon Lo‟diy va Dilovarxon Lo‟diyga muruvvat qildi. 
Panjobni ular ixtiyorida qoldirib, o‟zi Kobulga qaytdi. U qaytishi bilanoq, 
Davlatxon yana Panjobni bosib oldi. 1525-yilgi yurishda Bobur Hindistonni 
butunlay ishg‟ol qilish niyati bilan safarga otlangan edi.
Bobur – buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi, adabiyotshunos, 
faqix, tilshunos, san‟atshunos , etnograf, hayvonot va novotot, olamining bilimdoni 
sifatida ko‟p qirrali faoliyat va ijod sohibi edi. Birgina “ Boburnoma “ ning 
yigirmadan ortiq sohalarga qiziqqanligiga yaqqol misoldir.
Bobur, birinchi navbatda, shoh, Boburiylar sulolasining asoschisi . Balki 
boburiylar jahon tarixida ko‟p yillar (332-yil ) hukmronlik qilgan sulola bo‟lib 
hisoblanadi…
U podshoh sifatida lashkar tortib shohlarga xos mag‟lubiyatlarning 
achchiq alamlariyu zafarlarning ulug‟vor nashidalarini surishni ko‟p marotaba o‟z 
boshidan kechirdi. Otasi singari ulug‟ himmatli va oily maqsadli shaxs 
bo‟lganligidan Farg‟ona viloyatini kichik joy deb hisoblagan, va Samarqandga 
intilgan. U yerda Zaynoniyxondan yengilib Qobulga keldi, va keyin Hindistondek 
bepoyon yirik mamlakat hukumdoriga aylandi.
Buyuk shoh Bobur Hindistonda temuriylarga xos ulug‟ bunyodkorlik 
an‟analarini davom ettirdi: muhtasham qasrlar tiklash, ariq kanallar qazish, bog‟lar 
bunyod etish, adabiyot, ilm-fan rivojiga homiylik qilish, elni adolat bilan 
boshqarish singari fazilatlar keyinchalik Hindistonning buyuk farzandlari 
tomonidan chinakkam ijobiy baholandi. Hindistonning buyuk donishmand 
farzandi, davlat arbobi, Javohirla‟l Neru o‟zining “ Hindistonning ochilishi “ va “ 
Jahon tarixiga bir nazar “ asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 
samimiyatga to‟liq ushbu fikrlarni izhor etgan.
“ Bobur – dilbar shaxs. Uyg‟onish davri hukmdorning haqiqiy 


29 
namunasidir. U mard va tadbirkor odam edi. Bobur o‟ta madaniyatli va jozibali 
insonlar orasida eng yetuk insonlardan biri edi. U mansabparastlik kabi 
cheklanishdan va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san‟at va ayniqsa adabiyotni 
sevar edi.”.
23
Bugun Hindistonning Panipat shahriga borgan kishi Sulton Zahiriddin 
Muhammad Boburning Sulton Ibrohim Lo‟diy bilan bo‟lgan tarixiy muzafforona 
jangi manzaralarini shaharning ochiq osmoni ostida muzeyda ko‟rarkan, ulug‟ hind 
xalqining Boburga nisbatan hurmat ehtiromi kuchliligiga amin bo‟ladi yoki 
Bangladesh poytaxti Dakka shahrini kezgan kishi “ Lalbog‟ –qal‟a “ tarixiy 
muzeyiga kirib Bobur va boburiylarga bag‟ishlangan xonalarni kezarkan Bobur va 
uning vorislariga tegishli kiyemlar, uy ro‟zg‟or buyumlari, harbiy qurol aslahalar 
Ustod Aliquli qo‟ygan toshotar to‟plar, miltiqlar- tufaklar, sovut , qilich- 
qal‟qonlar, do‟bilg‟a, ot kiyimlarini, ( o‟q va qilich zarbasidan himoya qiluvchi 
yopinchiqlar”, o‟sha davr kishilarini o‟z zamonlari liboslariga tomosha qilgan kishi 
Hindiston va Bangladesh xalqlarini Bobur va boburiylarga bo‟lgan hurmatlarini 
yorqin tasavvur eta oladi.
24
“ Boburnoma “ avvalo yetuk badiiy asar. Badiiy tasvirga xos talqinlar, 
voqea- hodisalarni butun voqeyligi bilan kitobxon ko‟z oldida gavdalantira olish 
uslub , baquvvatligi- bu uslubning bir xususiyati fikrdan saxiyligi ixcham bayon
Bo‟lsa ikkinchi xususiyati- o‟zigagina xosligi va eng muhum, ta‟sirchanlik 
ustuvorligidir.
Muallif garchan kamtarlik bilan ko‟pincha o‟zini chetroq tortib, “ Farmon 
berdim “ o‟rniga “ Farmon berildi “ tarzida matnda o‟z dahlini oldinga 
chiqarishdan tiyilsada, asardagi bosh qahramon- Boburning o‟zi bo‟lib qolaveradi.
23
Hasanov. X. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston. 1983-yil 58-bet. 
24
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent. O‟qituvchi – 2008-yil 3-bet.


30 
Farg‟ona, Qobul va Hindistondagi voqea hodisalar ummonida Zahiriddin 
Muhammad Boburning o‟ktam shaxsiyati baralla ko‟zga tashlanadi. Ingliz 
sharqshunosi Monstyuart Elfenistonning “ Boburnoma “ va uning bosh qahramoni 
haqida aytgan quyudagi fikrlari etiborga molikdir.
Bu xotiralarda buyuk turkey podshohning hayoti batavsil tsvirlangan, 
uning shaxsiy his – tuyg‟ulari har qanday mubolag‟a va pardalashlardan xoli. 
Uning uslubi odiy va mardona, jonli va obrazli. U o‟z zamondoshlarining 
qiyofalari, urf-odatalri va intilishlari, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu 
jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakkkam tarixiy tasvir namunasidir. Lekin 
mullifning harakteri asarga eng ko‟p joziba bag‟ishlaydi.
Asardagi 
voqea hodisalar muayyan ma‟noda uning qismat 
sarguzashtlariga chambarchas tutashib ketgan. Shuning uchun asarni boshdan 
oxirigacha o‟qigan kitobxon o‟smir Boburni, yigit shahzoda Boburni, oshiq 
Boburni, umrbot jangovor lashkarboshi Boburni, podshoh va mutafakkir, mehribon 
ota Boburni, barcha zafar va mag‟lubiyatlari, fazilatlarining nuqsonlari bilan 
ravshan tasavvur eta oladi. Muallif “ Vaqoe” ( Boburnoma) ni yozgan qo‟liga 
qalam olgan kunidan boshlab voqea hodisalar talqini va kishilar shaxsiyatiga doir 
fikr mulohaza va ma‟lumotlarning faqat rostini yozishga ahd qilgan ( Matn tabdili ) 
: “ Bo‟lgan voqelarni rost yozganlar chunki bu asarda shu narsa lozim topilganki , 
har sozning rosti bitiladi va har ish aynan qanday voqey bo‟lgan bo‟lsa shunday 
aytiladi “. Shu bois Bobur har bir shaxsga baho berganda uning barch muhim 
fazilatlri va fel atvoridagi nuqsonlarni aytishga harakat qildi. Bunda u 
mustasnolikka yo‟l qo‟ymaydi hatto otasi bo‟lsa ham o‟sha ikki zaruriy o‟lchovga 
amal qiladi faqat otasiga emas, o‟ziga nisbatan ham.
25
Bobur – shariyatpanoh podshoh va shariyatga rioya qiluvchi 
musulmon “ Boburnoma “ da ijtimoiy jinoyat sodir etganlarga turli tuman jazolash 
usullari qo‟llangani hikoya qilinadi. Chunonchi Bobur tinch aholining yog‟li 
xumiga o‟g‟irlagan bir navkarni tayoq tutgan saf o‟rtasida o‟tkazib, tayoqlatib 
25
Zahiriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. Toshkent. O‟zbekiston 2008-yil 12-bet. 


31 
o‟ldirtiradi. Ayniqsa oilaviy munosabatlardagi shariy va noshariy ishlarga Bobur 
katta ahamiyat beradi. Hisor begi Hisravshoh – yerik bek. Navkari yigirma o‟ttiz 
mingga yetadiki, bu juda favqulodda hodisadir. Biroq u shariatdan bahabar bir 
nusxa “ Hisor xalqi - deb ezadi. Bobur – hususan Hisravshohga ta‟luqli el hamisha 
ichkilik va zinoga mashg‟ul edi. Shu darajadagi Hisravshohning navkarlaridan biri 
bir kishining xotinini tortib olib ketadi bu xotinning eri Hisravshohga kelib arz dod 
qiladi. Hisravshoh javob beradiki : “ Bir necha yil sen bilan birga edi, bir necha 
kun u bilan birga bo‟lsin”. Bu voqeani eshitgan va yozgan shariyatpanoh Bobur 
shu darajada g‟azablanadiki “ Bu voqeani eshitib Hisravshohga lanatlar 
yog‟dirmagan kishiga ham lanatlar bo‟lsin !”, deb yuboradi.
Bobur Hisravshoh beklik qilgan Hisordan o‟tayotganda shariy bir davo 
voqeasi beriladi. ( mant tabdili) : “ Hisravshohni ko‟rib qaytgan oqshom Mirzoxon 
mening qoshimga kelib og‟alarining qonini davo qildi. Bizning orada ba‟zilar ham 
amin edilar. Darvoqe shariyat va urf bilan ham munosibi shunday ediki bunday 
kishilar jazosiga yetgay. “ 
26 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin