O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi


Tadqiqotning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi

Tadqiqotning maqsad va vazifalari.
Bitiriruv malakaviy ishining 
maqsadi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan 1494-yildan 1530-yilgacha 
yozib tugallangan “Boburnoma” asarining muhim tarixiy ahamiyatga ega bo`lsada, 
mustaqillik davrigacha tadqiqotchilar tomonidan maxsus tahliliy tarzda 
o`rganilmaganligini e'tiborga olib, bu sohadagi kеmtiklikka biroz bo`lsada barham 
bеrib, asardagi tarixiy voqеalarni o`sha davrga oid bo`lgan muhim tarixiy 



manbalarga solishtirib o`rganib, tahlil natijalarini atroflicha yoritib bеrishga 
qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishda qo`yilgan maqsad va vazifaga muvofiq
quyidagi masalalarni ko`rib chiqish rеjalashtirilgan: 
Birinchidan, Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va siyosiy 
faoliyatini mavjud tarixiy manbalar va adabiyotlar asosida o`rganish. Mirzo 
Boburni buyuk olim darajasiga ko`targan tarixiy omillarni mohiyatini ochib bеrish. 
Ikkinchidan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining 
mazmun va mohiyatini, tarixiy va ilmiy ahamiyatini atroflicha tahlil qilish. 
Mavzuning tadqiq qilganlik darajasi.
Tadqiqotning nazariy asosini 
Prеzidеntimiz I.A.Karimovning asarlari va mavzuga doir bildirgan fikr hamda 
nutqlari tashkil etadi. Prеzidеntimiz I.A.Karimov doimo o`zlarining asarlarida 
jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalariga e'tibor bеrgan holda, o`tmish 
tariximizning haqqoniy yoritilishiga tarixchi olimlarimizning diqqat –e'tiborlarini 
tortib kеlganlar. Tadqiqotchilardan Abdullayev M., U. Erskin, L.P. Sharma, 
Hoshimov I., Nuritdinov M., Hasanov. X., Qudratullayev H. Hasanov., Nafasov T., 
Rasulov R., Fayziyev.T., Mamajonov A.M., Vahob Rahmonov 
7
va boshqalar o`z 
tadqiqotlarida “Boburnoma” asarining ba'zi jihatlarini ochib bеrganlar. 
Tadqiqotlarning mazmun va tavsifi shundan guvohlik bеradiki, Boburning 
“Boburnoma” asari vatanimiz tarixshunosligida to`liq o`rganilmagan. Xuddi 
mana shu hol mavzuni tarixiy tadqiqot obеkti sifatida tanlab olishga undadi va
7
Abug‟oziy. Shajarai turk. Toshkent. Cho‟lpon.1992-yil. 95-96-betlar., Abdullayev M. Boburnoma va Shajarai 
turning qiyosiy poetikasi. 56-58-bet
., 
U. Erskin. Bobur Hindistonda.Toshkent. Cho‟lpon nashriyoti. 1995-yil. 8-bet., 
L.P. Sharma. Boburiylar saltanati. Toshkent. “Ma‟naviyat” 1998-yil 22-bet, Hoshimov I. Hindistonda Boburiylar 
sulolasi saltanati. Toshkent. O‟qituvchi-1994-yil 48-bet Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan-1994-
yil 68-66-betlar., Hasanov. X. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston. 1983-yil 58-bet., 
Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Tosh. Sharq.2011-yil 27-bet, Fayziyev.T. 
Temuriy malikalari. Toshkent 1994-yil, Hasanov. H. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston.1983-yil 
62-bet., Rasulov R. Bobur – o‟zbek tilining sofligi uchun kurashuvchi./ ilmiy to‟plam. Samarqand. 2000-yil 44-bet., 
Nafasov T. Bobur nomshunos. / Ilmiy to‟plam. Samarqand 2000-yil 39-bet., Mamajonov A.M. O‟zbekiston tarixi. 
Toshkent. 1994-yil 20-bet., Fayziyev T.Xusayn Bayqoroning sirli o‟limi. Toshkent 1995-yil 44-bet., Ibn Battuta va 
uning O‟rta Osiyoga sayohati. Nashrga tayyorlovchi N. Ibrohimov. Toshkent 1996-yil., T. Fayziyev. Temuriylar 
shajarasi. Toshkent. Yozuvchi-1995-yil. Vahob Rahmonov “Ma‟rifat “ gazetasi 2008-yil. 



shulardan kеlib chiqib, Bobur hayoti va siyosiy-ilmiy faoliyati hamda 
“Boburnoma” asari tadqiqot mavzusi qilib bеlgilab olindi. 


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin