O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi теrмiz dаvlат univеrsiтетi таriх fакulтетi


ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASOS SOLGAN BOBURIYLAR



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix12.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#96474
1   2   3   4   5   6   7   8
Bitiruv malakaviy ishi

1.2. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR ASOS SOLGAN BOBURIYLAR 
SULOLASINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI. 
Boburning keyingi yillardagi hayoti tarixda ochmas iz qoldirgan 
jasoratli ishlariga to‟la bo‟ldi. Ulardan eng muhimi Hindistonning bosib 
olinishidir. Ayniqsa, Dehli va unga qaram bo‟lgan joylarning qo‟lga kiritilishi 
muhim ahamiyt kasb etadi. Bu yurish Bobur Qobul va G‟aznaga hukmdor 
bo‟lgandan yigirma yildan ko‟proq vaqt o‟tgandan so‟ng ro‟y berdi. Bungacha
bo‟lgan davrda Bobur Badaxshon, Qunduz hamda Qandaharda ham hukmronlikni 
qo‟lga kiritgan edi. Boburning Hindistonga qilgan yurishi tafsilotlaridan avval 
26
Zahiriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. Toshkent. O‟zbekiston 2008-yil 14-bet. 


32 
uning bu yerdagi saltanatning shakllanishida ma‟lum darajada sezilarli ahamiyat 
kasb etadigan holatlarga, ya‟ni Boburgacha bo‟lgan Hindistondagi davlat 
tuzulishi, Dehli saltanati va unda yuz bergan voqealar haqida qisqacha hikoya 
qilish maqsadga muvofiqdir. 
27
Hindiston va uning tarkibiga kiruvchi mamlakatlarning ko‟p sonli 
aholisining taqdiri azaldan shimoldan keluvchi bosqinchilarning qurboni 
bo‟lishga mahkum etilgandek ko‟rinadi. Ular o‟z mamlakatining tabiiy chegarasi 
bo‟lmish Himolay tog‟laridan Hind ummonigacha bo‟lgan ulkan hududdan 
tashqarida qadim davrlardan buyon hech qanday bosqinchilik yurishlari 
qilmaganlar. Uzoq davrlardagi forslar va yunonlarning yurishlaridan keyin bu 
o‟lkaga keying davrlarda osiyolik musulmonlar quruqlikdan, ovropalik xristianlar 
esa dengiz tarafdan bostirib keldilar.
Mamlakatda ahvol musulmonlarning kirib kelishi bilan tubdan 
o‟zgardi. Ularning bu yerdagi hukmronligi tarixan ikki davrga bo‟linadi. Birinchi 
davr Sulton G‟aznaviyning kelishi ( 1021-yil ) dan Boburning kelishigacha bo‟lib, 
besh yuz yillik davrni qamrab oladi. Ikkinchi davr uch yuz yildan ortiqroq davr 
bo‟lib, Boburning Hindistonga kelgan kunidan hozirgi kungacha bo‟lgan davrni 
o‟z ichiga oladi. Bu “ Hindistonda boburiylar sulolasi “ davri deb ham ataydilar. 
Boburning nazari Hindistonga tushib turgan kezlarda Dehlida Ibrohim 
Lo‟diy hukmron edi. Lekin saltanatda paydo bo‟lgan raqobat Lo‟diy saltanatini 
anchagina bo‟shashtirib qo‟ygan edi. Jiyanining davlatni boshqarish siyosatidan 
norozi bo‟lgan Alovuddin Bobur huzuriga madad so‟rab keldi. Bizga ma‟lumki, 
Bobur Kobulga yangi kelgan kunlardayoq uni Hindistonga taklif etishgan edi. 
Boburning Hindistonni bo‟ysundirishdan avval bu ishga u to‟rt marta urunib 
ko‟rgan ekan. Uning birinchi yurishi 1519-yilda sodir bo‟lib, unda Bajur qal‟asini 
olib, Sind orqali Attokgacha brogan va Behra vodiysigacha etib kelgan edi. Undan 
27
Zahiriddin Muhammad Bobur Toshkent. Sharq-2002-yil 27-bet


33 
o‟tib, Kushob va Chanob viloyatlari ham olindi. Olti hafta davomida daryoning 
narigi qirg‟og‟idagi anchagina yerlar ham qo‟lga kiritildi. 
Hindistonga ikkinchi bor yurishida Bobur Lohur, Multon va Sgirind 
viloyatlarini egallab, qaysar afg‟on qabilalarini bo‟ysundirib, o‟ttiz mingga yaqin 
qul, to‟rt yuz ming shohruhiy soliq olib ketgan edi.
Uchinchi yurishda yani 1520-yilda Hind daryosidan o‟tib Behra, 
undan nari borib Chanob viloyati ham olindi. O‟sha paytda qandahorliklar Bobur 
yerlariga hujum qilgani haqida xabar kelib, ularni tinchitish va Qandaharni qayta 
olish uchun Qobulga qaytib ketgan edi. 
Boburning to‟rtinchi yurishi yani 1522-yil, Sulton Ibrohimning 
tog‟asi Alovuddinning Bobur huzuriga kelishi va uni Dehli taxtiga ko‟tarmoqchi 
ekani haqidagi chaqirig‟i bilan bog‟liq. Sulton Ibrohimning raqibi bo‟lmish
Lohur hokimi Davlatxon ham afg‟on beklari bilan til biriktirib, Boburdan yordam 
so‟rab murojaat qildi. Chunki u o‟z kuchlari bilan unga qarshi jo‟natilgan 
Bahorxon Lo‟diyning qo‟shiniga bas kela olmas edi. Ko‟rsatilgan yordam evaziga 
Boburni shoh qilib ko‟tarishga va‟da bergan edi. Bobur bu taklifni mamnuniyat 
bilan qabul qilib, o‟z qo‟shini bilan yo‟lga chiqdi. Sind daryosidan o‟tib Gekerlar 
viloyati olindi. Chanob va Jilem viloyatlari ham qo‟lga kirgach, tez orada Lohurga 
yaqinlashib keldilar. Bahorxon Lo‟diyning yaqinlashganini eshitib Davlatxon 
belujlar qabilasiga keldi. Bobur qo‟shini Lohur yaqinida Bahorxon Lo‟diyning 
qo‟shini bilan yuzma-yuz kelib, ancha talofat berib, nihoyat, uni tor-mor qildi.
Uning qo‟shini shaharni talab, bozorga o‟t qo‟ydi. Shaharda to‟rt kungina
to‟xtab, Dibolpurni ishg‟ol qilish uchun yo‟lga chiqildi. Qattiq hijum bilan shahar 
olindi va talandi, himoyachilar qilichdan o‟tkazildi.
1526-yildan boshlab Hindistonda yangi sulolaning boshlanishiga 
asos solgan Bobur Chig‟atoy turklari oilasiga mansub edi. Shunga qaramay 
Hindiston tarixida uning oilasi “ mo‟g‟ullar “ deb ataladi. Bu sulola vakillari 
Hindistonni uzoq davr mobaynida mohirlik bilan boshqarib turdi. Mamlakatning 
juda katta qismida siyosiy birlikni saqlab, bu ulkan imperiyani tinchlikda gullab-


34 
yashnashini ta‟minlay oldilar. Bu sulola mamlakatga Boburdan Avrangzebgacha
bo‟lgan qobiliyatli hukmdorlarni ketma-ket yetkazib berib turdi. Temuriylar odatda 
Xalifani o‟zlarining piri deb bilmas edilar, balki davlatni mustaqil ravishda o‟z 
qarashlari asosida boshqarar edilar. Ular raqib bilan urush olib borishning 
vositalari va uslublarini takomillashtirdilar. Hindistonda birinchi bor arteliriyani 
qo‟lladilar. Shuningdek, adabiyot va tasviriy san‟atning har sohada o‟sib 
rivojlanishiga rahnamolik qildilar.
28
Boburiylar davrida Hindistonning xorijiy mamlakatlar bilan 
aloqalari tiklandi. Afg‟onistonday mamlakat esa buyuk imperiyaning bir qismi 
bo‟lib qolaverdi. U Hindiston bilan Eron, Markaziy Osiyo va ular orqali
G‟arbning uzoq mamlakatlari bilan aloqa bog‟lash uchun vositachilik vazifasini 
bajarib turdi. Bu hol esa xorijiy mamlakatlar bilan savdo ishlarini yo‟lga qo‟yish 
va Hindistonning yanada ranaq topishiga imkoniyat yarati berar edi. Shuningdek, 
G‟arbiy Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalarni saqlashga ham yordam 
berar edi. Shunisi diqqatga sazavorki, musulmon hukmdorlarining ko‟pchiligi 
dinga nisbatan xolis nazar bilan qarar edilar. Ular ko‟r-ko‟rona din ketidan 
quvishdan ko‟ra imperiya barpo etishni afzal ko‟rar edilar. Shuning uchun ham 
mamlakat aholisining ko‟pchiligini tashkil etuvchi hindlarning e‟tiqodini ham 
qo‟llab quvvatlashga harakat qilishardi. Deyarli uch asr davomida ikki xil 
e‟tiqoddagi, ikki xil turmush tarzidagi jamoani bir-biriga yaqinlashtirib diniy 
raqobatga yo‟l qo‟ymasdan hindlar bilan musulmonlar yonma-yon holda yashab 
keldilar. Shunday qilib, boburiylar Dehli saltanatida qo‟llanib kelingan ko‟p 
an‟analarni saqlab qoldilargina emas, balki ularning ko‟plarini davom ettirishga 
ham erishdilar. Shuning uchun ham boburiylar sulolasi tarixi Hindiston tarixida 
muhim va sharafli o‟rin egallaydi.
Hozirgi tarixchilarning barchasi Boburning tarixda juda katta hurmatga 
sazavor o‟rinni egallashini alohida ta‟kidlaydilar. Ingliz tarizchisi V. A. Smitning 
28
Nuritdinov M. Boburiylar sulolasi. Toshkent. Fan 1994-yil 46-bet 


35 
yozishicha, “ Bobur o‟sha davrdagi osiyolik shahzodalarning eng zo‟ri bo‟lib, 
uning tarixdagi o‟rni o‟tmishdagi shahzodalar orasida o‟lkan tahsinga sazovordir. “
Yevropalik tarixnavis Gavel esa Boburni “ Islom dunyosi tarixidagi eng 
jozibador shaxslardan edi.” Deb ta‟riflaydi. Ingliz sharqshunosi U. Erskinning 
ta‟riflashicha, “ Osiyolik shahzodalar orasida Bobur bilan barobar mavqeni egallay 
oladigan shahzoda bo‟lgan emas.” Boburning shaxsi va uning fel-atvori, 
shubhasiz, ana shunday yuksak baholarga sazovordir. Lekin u Shimoliy 
Hindistonning katta qismini zabt etmaganida, tarix sahifalarida bunday yuqori 
o‟rinni egallamagan bo‟lar edi. Osiyo mamlakatlaridagi siyosati va Afg‟onistonni 
fatx qilishdagi xizmatlari unga unchalik shuhrat keltirmagan. Faqat Hindistondagi 
g‟olibona yurishlari tufayligina u tarixda mashhur va ahamiyatli o‟rin egallaydi.
O‟rta asrlarda qudratli hukmdorgina yaxshi hukumat boshqaruvchisi
hisoblanadi. Hindiston ham kuchli va ta‟sirchan davlat idorasi asosidagina gullab 
yashnashi mumkin edi. Asrlar davomida rajputlar, turklar va afg‟onlar navbatma-
navbat Hindistonda imperiya va kuchli monarxiya o‟rnatishga urinib keldilar.
Lekin ularning hech biri bu ishni uddalay olmadilar. Bobur esa bu o‟lkada 
o‟zining tadbirkor hukmdorlar sulolasini va ulkan imperiyani o‟rnata oldi. U 
Hindistonda uch marta, ya‟ni Panipat, Qanva va Gograda hal qiluvchi janglar qildi
va ularning barchasida g‟olib chiqdi. Shu bilan u Hindistonga temuriylarga xos 
davlat boshqaruvini olib kirdi va unga mustahkam asos soldi.
Bobur, albatta, o‟z saltanatini butun Hindistonga yoyib, uning 
turg‟unligini ta‟minlay olmadi. Shunga qaramay, afg‟onlar va rajputlar 
hokimiyatini sindirib, uning o‟ning o‟rnida kuchli imperiyaga asos soldi.
Tarixchilar ko‟pincha Akbarni boburiylar imperiyasining asoschisi deb aytishadi. 
Albatta, Akbar mazkur imperiyani qayta tiklab, uni kengaytirdi va qudratini ancha 
oshirdi hamda saltanatni ma‟muriy jihatdan mohirona idora qilish bilan unga 
yaxshigina asos yaratib berdi. Shuning uchun ham u qonuniy ravishda 
boburiylarning eng buyuk hukmdori deb tan olindi. Shunga qaramay, faqat 
Boburgina Hindistonda o‟z nomi bilan ataluvchi sulolaga asos solgan hukmdor deb 


36 
tan olinishi mumkin. U Shimoliy Hindistonning katta qismini egallab oldi. Dehlini 
o‟ziga poytaxt qilib, afg‟onlar va rajputlar hokimiyatini sindirdi.
Hind tarixchisi S. R. Sharma Boburni Angliya qiroli Genrix VII bilan 
taqqoslaydi. Ularning ikkalasi ham o‟ziga qadar bo‟lgan taxt sohibi va 
da‟vogarlarini surib tashlab, o‟z sulolasini davlat tepasiga olib kelib o‟rnatdilar. 
Shu munosabat bilan Sharma shunday deb yozadi: “ 1526-yilda Zahiriddin 
Muhammad Bobur Panipat yonidagi jangda Ibrohim Lo‟diy ustidan g‟alabaga 
erishib, Hindiston tarixida yangi davrni yaratdi va Dehli taxtiga yangi sulolani olib 
keldi. Xuddi shunga o‟xshab undan qirq yil avval Bosfor maydonidagi jangda 
g‟olib chiqqan Genrix VII ham Angliyada o‟z sulolasi va davlat boshqaruvini 
o‟rnatgan edi. “ Hind tarixchisi R. P. Tripatining ta‟kidlashicha, “ … boburiylar 
imperiyasining tantanasi uning harbiy qudrati tufayligina emas, balki o‟z siyosatida 
diniy e‟tiqod erkinligini amalga oshirgani va madaniy hayotga katta hissa 
qo‟shganligi tufaylidir.” Bu siyosatni esa Bobur boshlab bergan edi.
29
Bobur yangi imperiyani qay tarzda o‟rnatish kerakligini ko‟rsatibgina 
qolmay, balki bu imperiyani boshqarish siyosatini ham o‟rgatib qo‟ygan edi. U 
Hindistonda o‟rnatgan sulola va uning an‟analarini hech qaysi mamlakatda topib 
bo‟lmaydi. Bobur davlat boshlig‟i sifatida xalifalikka da‟vo ham qilgani yo‟q va 
o‟z hukmdorlik faoliyatida diniy muhtojlikni sezmadi. Aksincha, u “ Podshoh “ 
unvoniga sazovor bo‟lgach, davlatni mustaqil tarzda temuriylar uslubida boshqarib 
bordi. Shuning uchun ham u Dehli saltanatida hukm surib kelgan davlat 
boshqaruvini nazariy jihatdan o‟zgartirib yubordi.
Bu albatta, davlat boshqaruvida dinga nisbatan xolislik siyosatining 
boshlanishi edi. Bobur butun Hindiston bo‟ylab yagona imperiya o‟rnatishga 
ulgura olmagan bo‟lsa ham, uning nomi o‟zi yaratgan shohona asarlari, ayniqsa, 
uning avtobiografik asari tufayli xotiramizda saqlanib qoldi.
29
Qudratullayev H. Boburning davlatchilik siyosati va diplomatiyasi. Tosh. Sharq.2011-yil 29-bet 


37 
Boburning yodnomalari uning taxtga chiqqan kunidan boshlanadi. “ 889 
(hijriy) yilning ramazon oyida o‟n ikki yoshimda Farg‟ona davlatining hukmdori 
bo‟ldim “. Deb yozgan edi Bobur. U o‟zining hayot tafsilotlarini “ Tuzuki Boburiy 
“ yoki “ Boburnoma “ nomi bilan o‟z ona tili bo‟lmish turkiyda yozgan. Bu ham 
abadiy, ham tarixiy ahamiyatga molik asar sifatida e‟tirof etiladi. BU asarni 
Poyonda Hasan va Aburahim Xoni xononlar fors tiliga alohida-alohida tarzda 
tarjima qilganlar. Shundan so‟ng u juda ko‟p Yevropa tillariga, shu jumladan, 
ingliz va fransuz tillariga ham tarjima qilingan. Ingliz olimi A. S. Beverij xonim 
tarjimasi inglizcha tarjimalar ichida eng yaxshisi deb tan olingan, chunki bu 
tarjima asl turkiy nusxadan bajarilgan. Asarda tushirib qoldirilgan bir necha 
o‟rinlar bor. Muallif 1508-1519-yillardagi, 1520-yildagi, 1525-yildagi, va 1529-
1530-yillardagi voqealarni turli sabablarga ko‟ra bayon qila olmagan.
Boburning hayot yo‟lini o‟rganishda bu asareng yaxshi manba bo‟lib 
xizmat qiladi. Boburning hikoyalari aniq, ta‟sirchan va haqiqatga juda yaqin. 
To‟g‟ri, ayrim o‟rinlarda, ayniqsa, Hindiston masalasida ba‟zi hodisalarni to‟g‟ri 
tahlil qila olmagan va noto‟g‟ri izohlangan, lekin bu atayin qilingan ish emas edi. 
Bu asardan Boburning bilim doirasi, uning yutuq va kamchiliklari, huzur-halovati 
va tashvishlari, u yashagan davrdagi siyosiy ahvol, u kezgan o‟lkalarning iqlimi
hayvonot va o‟simliklar dunyosi, muallifning didi va nozik tabi, bir qator xalqlar 
va elatlar haqida g‟oyat nodir va qimmatli ma‟lumotlar zikr etilgan. Ingliz 
tarixchisi S. Leyn Poul bu asarga “ muhim tarixiy hujjat “ deb qaraydi va “ O‟sha 
davrga xos voqeylikni tasdiqlaydigan biron bir hujjat bo‟lmasa bu masalada “ 
Boburnoma “ ga murojaat qilish kerak” deb yozadi u. Ingliz tarixchilaridan yana 
biri va davlat arbobi M. Elfingtoun eas bu asarni “ Osiyoning haqqoniy tarixini 
aks ettiruvchi kitob,” deb baholaydi.
“Boburnoma“da muallifning do‟st va dushmanlarini turli vaziyatlardagi 
o‟zining kechinmalari, tog‟lar, daryolar, o‟rmon va gulzorlarning tabiiy 
go‟zalligini ta‟riflashi kishini hayratda qoldiradi va o‟quvchida uning adabiy asar 
ekaniga shubha qolmaydi.


38 
Bobur o‟zining xotiralarida Hindisto ta‟rifiga ham o‟rin bergan. Unda 
Hindiston iqlimi, aholisi tarkibi, bu yerdagi iqtisodiy va ijtimoiy shart sharoitlar, 
mahalliy hukmdorlar va siyosiy voqealar tasviriga keng o‟rin berilgan. “ Hindiston 
birinchi, ikkinchi va uchinchi iqlimlarda joylashgan. Lekin to‟rtinchi iqlimda 
Hindiston yo‟q “, deb yozgan edi Bobur . “ Ind daryosini kesib o‟tishingiz 
bilanoq, mamlakat, daraxtlar, tog‟lar, odamlar va ularning odatlari hindcha ekanini 
ko‟rasiz”. Hindisto va hindlar bilan bo‟lgan birinchi uchrashuv unda yaxshi 
taasurot qoldirmagan edi. Shu sababli Hindistonning ta‟riflari unchalik to‟g‟ri ham, 
to‟la ham emas edi. Orissa, Xondesh, Sind va Kashmir viloyatlari haqida umuman 
hech narsa deyilmagan. Albatta, ko‟p vaqti urushlar bilan band bo‟lgan kishininh 
yurtni ta‟riflashga vaqti ham bo‟lmaganini unutmaslik kerak.
Temuriylar tarixi barcha davrlarda jahon muarrixlarining diqqat 
markazida bo‟lib kelgan. Sharqshunos olim V. V. Bartold ta‟kidlaganidek, Temur
va uning avlodlari davri tadqiqotchisi “ Ma‟lumotlarning kamligidan emas, 
ko‟pligidan qiynaladi. Chunki ular ko‟plab kutubxonalarga sochilib ketgan, ular 
avvalo tanqidiy nuqtai nazardan qarab chiqishni va nashr etishni taqozo etadi…”. 
Biz mavjud tarixiy manbalar va tadqiqotlar qadr-qimmatini holis baholagan holda, 
“ Boburnoma “ asarining temuriylar shajarasini o‟rganishdagi manbaviy 
ahamiyatiga e‟tibor qaratamiz.
Temuriylar tarixiga qiziqish yanada ortganligi bois, tarixiy manbalar 
qayta nashr etilmoqda, ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy asarlar yaratilmoqda.
Bular ichida T. Fayziyev, A. Ziyo, Sh. O‟ljayeva, Hakim Sattoriy va boshqalarnng 
temuriylarga oid asarlarini ta‟kidlab ko‟rsatish mumkin.
30 
Ushbu asarning 
Nizomiddin Shomiyning “ Zafarnoma “, Sharofuddin Ali Yazdiyning “ Zafarnoma 
“, Ibn Arabshohning “ Ajoyeb ul maqdur fi axbori Taymur ”, Hofizi Abruning “ 
Majmuayi Hofizi Abru”, va “ Zubdat ut-tavorix “, Mirxondning “ Razvat us-safo”,
Abdurazzoq Samarqandiyning “ Majmal-I Fasixiy “, Zahiriddin Muhammad 
Boburning “ Boburnoma “, Xondamirning “ Habib us-siyar fi axbor afrod ul bashar 
30
Fayziyev.T. Temuriy malikalari. Toshkent 1994-yil


39 
“ va “ Hulosat ul-axbor “, Gulbadanbegimning “ Humoyunnoma “, “ Temur 
tuzuklari “ kabi manbalarni va yana ko‟plab ilmiy tadqiqotlarni o‟rganish 
jarayonida yaratildi. 
Eslab o‟tilgan manbalar orasida “ Boburnoma “ temuriylarga mansub 
sulola vakili tomonidan yozilganligi uning tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi. Bu 
manbaning O‟rta Osiyo, Afg‟oniston, Hindiston, va Eron xalqlari tarixi va 
geografiyasiga doir qimmatli asarligini yodda tutgan holda, temuriylar shajarasiga 
oid ma‟lumotlarni tahlil qilamiz. Muallif “ Boburnoma “da shajara tarixini 
yoritishni maqsad qilib qo‟ymagan, ammo voqealar bayoni davomida tarixiy 
holatdan kelib chiqib, u yoki bu mirzo va begimlar ismi sharifini eslab o‟tgan. 
Manbada bir qator mirzolarning hayot yo‟li, valodati va nasabi, shakl va shamoyili, 
axloq va atvori, jangu jadallari, viloyatlari, xotin va sarori, avlodlari va umarolari 
haqida batafsil ma‟lumot berilgan bo‟lsa, ayrim mirzo va begim nomi bir yoki bir 
necha bor yuzaki zikr etib o‟tilgan. Chunonchi, Zahiriddin Muhammad Bobur 
mirzo otasi Umarshayx mirzo,
amakilari Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud 
mirzo va Sulton Husayn mirzo ibn Mansur mirzolar haqida batafsil to‟xtab o‟tgan. 
“ Boburnoma “ xronologik jihatidan 1493-1529-yillarni o‟z ichiga olsada, 1510-
1518yillar va 1521-1524-yillardagi voqealar bayoni ayrim sabablarga ko‟ra 
yoritilmagan yoki bizgacha yetib kelmagan. Ba‟zan esa 1493-yilgacha bo‟lgan 
siyosiy jarayonlar aks etgan ma‟lumotlar ham uchraydi.
Qadimiy Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik 
beruvchi asarlar orasida “ Boburnoma “ alohida ajralib turadi. Ajayib lirik shoir, 
o‟zbek adibi Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan bu asar ijtimoiy-
tarixiy, ilmiy, tabiiy va adabiy lingvestik ma‟lumotlar xazinzsidir una 1494-yildan 
1530-yilgacha O‟rta Osiyo, Afg‟oniston va Hindistonda kechgan voqealar bayon 
etilgan. Bobur tarixiy faktlarni shunchaki qayd etish jangu-jadallar, yurishlar 
haqida xronologik axborot berish bilangina kifoyalanmay, voqealarni jonli tilda 
qiziqarli hikoya qiladi, manzara chizadi, tabiatni, etnografik xolatlarni tasvirlaydi, 


40 
davrni, uning xususiyatlarini gavdalantiradi.
31
Quyudagi jadvalni temuriylarning 
ismi shariflarini “ Boburnoma” da uchratish tartibiga qarab quyudagicha tuzdik. 
Temuriy shahzodalari 
betlar

Umarshayx mirzo ibn Sulton Abusaid mirzo


Sulton Ahmad mirzo ibn Sulon Abusaid mirzo


Sulton Abu Said mirzo ibn Sulton Muhammad mirzo 


Sulton Muhammad mirzo ibn Abusaid mirzo 


Sulton Mahmud mirzo ibn Sulton Abusaid mirzo


Sulton Muhammad mirzo ibn Mironshoh mirzo 


Mironshoh mirzo ibn Amir Temur


Umarshayx mirzo ibn Amir Temur


Jahongir mirzo ibn Amir Temur 

10 
Shohruh mirzo ibn Amir Temur 

11 

Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx mirzo 
11 
12 

Jahongir mirzo ibn Umarshayx mirzo 
11 
13 

Nosir mirzo ibn Umarshayx mirzo 
11 
14 

Xurramshoh ( onasi Xonzodabegim – Zahiriddin Muhammad 
Boburning opasi ) 
11 
15 

Ulug‟bek mirzo ibn Shohruh mirzo
12 
16 

Abdulaziz mirzo ibn Ulug‟bek mirzo 
12 
17 

Ibrohim Sulton ibn Shohruh mirzo 
13 
18 

Abdullo mirzo ibn Ibrohim Sulton 
13 
19 

Abobakr mirzo ibn Sulton Abu Said mirzo 
14 
20 
10 
Sulton Vays mirzo ( Xonmirzo-63 bet, Mirzoxon-13 bet) ibn 
Sulton Mahmud mirzo 
31
Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent-1989-yil 


41 
Shuningdek biz temuriy mirzolarining tavallud va vafot etgan sanalariga oid 
xronologik ma‟lumotlar ham uchraydi, ammo ular to‟liq emas. Bu Ma‟lumotlarni 
ham manbada uchratish tartibiga qarab sahifasi bilan ko‟rsatib o‟tamiz: 
1. Umarshayx mirzo (h. 860-yil, Samarqand – H 899-yil, Asxi. 9-bet ). 
2. Jahongir mirzo ( Xahiriddin Muhammad Boburdan ikki yosh kichik, 11-
bek). 
3. Nosir mirzo ( Zahiriddin Muhammad Boburdan to‟rt yosh kichik, 11-bet ) 
4. Sulton Ahmad Mirzo ( h.855-yil-h. 899-yil, Oqsuv. 19-bet.) 
5. Malik Muhammad mirzo ( qatl etilgan – h. 899-yil, 23-bet. )
6. Sulton Mahmud mirzo (h.857-yil – h.900-yil. 26-bet) 
7. Ulug‟bek mirzo ( qatl etilgan – h. 853-yil. 45-bet ) 
8. Boysung‟ur mirzo ( h. 822-yil, Hisor – h. 905-yil bayonida qatl etilishi. 63-
bet) 
9. Sulton Ali mirzo ( h. 906-yilda qatl etilgan. 72-bet) 
10. Sulton Husayn mirzo ( h. 842-yil, Hiriy – h. 511-yil, Bobo Ilohiy 146-bet.) 
11. Haydar mirzo ( otasi zamonida vafot etgan. 150-bet ). 
12. Muhammad Ma‟sum mirzo ( “ Otasining hayotidayoq o‟q kechdi”. 150-bet 

13. Farruh husayn mirzo ( “Farruh Husayn mirzo edi, ul xud ziyoda umre 
topmadi. “ 150-bet.) 
14. Abulmuhsun mirzo va Kepak mirzo (h. 913-yil bayonida “ Abulmuhsin 
mirzodin bedillik zohir bo‟lur. Kepak mirzog‟a chandoni tafovut qilmas 
ikkala mirzoning boshlarini Shayboqxon Puli Solorda ekanda yiborurlar. “
187-bet.) 
15. Humoyun ( h. 913-yil bayonida : “ Ushbu yilning oxirida seshanba kechasi 
zilqada oyining to‟rtida oftob xut burjida edi, Qobulning arkidamutavallid 


42 
bo‟ldi “. 195-bet ) 
16. Hindol ( h. 925-yil bayonida: “ Baxrani olg‟onda bu xabar etar, 
tayammunan va tafa‟ulan otini Hindol qo‟ydilar “. 201-bet. ) 
17. Foruq ( h. 933-yil bayonida : “ Odina kechasi shavval oyining yigirma 
uchida mutavallid bo‟lg‟ondur, Foruq mavsum bo‟ldi”. 278-bet. ) 
18. Al‟amon ( tavalludi h. 935-yil 320-bet.) 
19. Xonmirzo ( h. 936-yil bayoni . “ To‟qquz yuz o‟ttuz to‟rtta Xon Mirzo 
olamdin safar qildi” 352-bet. ) 
Yuqoridagilardan xulosa chiqaradigan bo‟lsak, “ Boburnoma “ asarining 
temuriylar shajarasini o‟rganishdagi manbaviy ahamiyatini yanada chuqurroq 
anglash uchun bu borada keng qamrovli tadqiqotlar qilish talab etiladi. Bu esa o‟z 
navbatida vatanimiz tarixida yorqin iz qoldirgan sulola vakillarining siyosiy 
hokimiyat maydonida tutgan o‟rni, saltanat ravnaqi va tanazzulining sabab-
mohiyatini yanada haqqoniy ochib berish imkoniyatini beradi. 
Temuriylar tarixi barcha davrlarda jahon muarrixlarining diqqat markazida 
bo‟lib kelgan. Sharqshunos olim V. V. Bartold ta‟kidlaganidek, Temur va uning 
avlodlari davri tadqiqotchisi “ Ma‟lumotlarning kamligidan emas, ko‟pligidan 
qiynaladi. Chunki ular ko‟plab kutubxonalarga sochilib ketgan, ular avvalo 
tanqidiy nuqtai nazardan qarab chiqishni va nashr etishni taqozo etadi…”. Biz 
mavjud tarixiy manbalar va tadqiqotlar qadr-qimmatini holis baholagan holda, “ 
Boburnoma “ asarining temuriylar shajarasini o‟rganishdagi manbaviy ahamiyatiga 
e‟tibor qaratamiz va shu asosida quyudagi jadvalda ko‟rishimiz mumkin.
32

Munichehr Mirzo ibn Sulton Muhammad mirzo
15 

Jo‟ji Mirzo ibn Shohruh Mirzo 
15 

Abulqosim Bobur Mirzzo
15 
32
Z. M. Bobur .Toshkent . O‟zbekiton. 2008-yil 35-bet 


43 

Humoyun ibn Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo
16 

Sulton Ali Mirzo ( Sulton Ali Mirzo 23-bet) ibn Sulton Mahmud 
Mirzo 
16 

Ulug‟bek Mirzo ibn Sulton Abusaid Mirzo 
20 

Boboxon (onasi Robiya Sulton begim – Sulton Ahmad Mirzoning 
qizi) 
20 

Sulton Ma‟sud Mirzo ibnSulton Mahmud Mirzo 
21 

Sulton Husayn Mirzo ibn Sulton G‟iyosiddin Mansur Mirzo 
22 
10 
Boysung‟ur Mirzo ibn Sulton Mahmud Mirzo
22 
11 
Malik Muhammad Mirzo ibn Munichehr Mirzo 
23 
12 
Sulton Husayn Mirzo ibn Sulton Mahmud Mirzo
27 
13 
Haydar Mirzo ibn Sulton Husayn Mirzo
27 
14 
Badiuzzamon Mirzo ibn Sulton Husayn Mirzo 
33 
15 
Ibrohim Husayn Mirzo ibn Sulton Husayn Mirzo
33 
16 
Muzaffar Husayn Mirzo ibn Sulton Husayn Mirzo ( ayrim hollarda 
Muzaffar mirzo sifatida berilgan 40-bet ) 
33 
17 
Abulmuhsun ibn Sulton Husayn Mirzo 
34 
Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “ asari tarixiy – adabiy manba 
sifatida yana shunisi bilan e‟zozliki, asarda ko‟plab tarixiy shaxslar, adabiyot va 
san‟at ahllari, din ahllari, shoh va shahzodalar, beklar, amiru umarolar haqida 
beriladi. H. Hasanovning yozishicham, “ Boburnoma “ da mingdan ziyod joy 
nomlari berilgan. 
33
R. Rasulov asarida mingdan ortiq geografik nomlar va 1800 dan ortiq kishi 
ismlari uchraydi, dedi. 
34
T. Nafasov aniq raqmlarni keltirib, “ Boburnoma “ da 
33
Hasanov. H. Bobur sayyoh va tabiatshunos. Toshkent. O‟zbekiston.1983-yil 62-bet 
34
Rasulov R. Bobur – o‟zbek tilining sofligi uchun kurashuvchi./ ilmiy to‟plam. Samarqand. 2000-yil 44-bet. 


44 
1406 ta kishi ismi, 1100 dan ortiq joy nomlari qayd etilganligini yozadi.
35
Ko‟rinib 
turubdiki, “ Boburnoma “dagi joy nomlari va kishi ismlarining qanchaligi xususida 
mutaxasislarning fikri bir – biridan jiddiy farq qiladi. Yuqorida keltirilgan taxminiy 
raqamlardan qanchasi Movarounnahrga oidligi haqida tadqiqotlarda hech qanday 
ma‟lumot keltirilmagan. Shu bois, quyida bu masalalarga oydinlik kiritishga 
harakat qildik.
“ Boburnoma “da hammasi bo‟lib 1540 nafar kishi nomlari tilga 
olingan. Shundan 357 nafarini movarounnahrlik tarixiy shaxslar tashkil qiladi. 
Qolgan qiami esa turli davrda, turli mamlakatlarda yashagan tarixiy shaxslardir. 
Movarounnahrlik 357 nafar tarixiy shaxslar turli toifa kishilaridan 
iborat. Jumladan, 5 nafari amir va amirzodalar; 20 nafari shoh va shahzodalar; 42 
nafari malika va shoh qizlar; 52 nafari umarolar, qo‟shin boshliqlari va beklar; 21 
nafari din va tasavvuf egalari; 30 nafari ilm-fan va adabiyot ahllari; 187 nafari turli 
xos kishilar – askarlar, dehqonlar, san‟at ahllari, hunarmandlar, qullar, 
yog‟iylarning nomlari tilga olingan va sharxlab berilgan.
Tarixdan ma‟lumki, Amir Temur zamonasining buyuk imperiyasini 
barpo qilgan bo‟lsa ham, ammo u o‟zini bu buyuk davlatning “ qonuniy “ xoni deb 
e‟lon qila olmadi. Bu tarixiy haqiqatni Abulg‟ozi ham “ Shajarai turk “
asarida alohida qayd qilib o‟tgan. “ Amir Temur muzaffar bo‟lib, Amir Husaynni 
o‟ldirib Movarounnahrda yakka o‟zi bo‟ldi. Suyurg‟atmishxonni zohirda xon qilib 
taxtga o‟lturtdi. Ma‟noda o‟zi xon erdi. Xutbani aning otini o‟qur erdi. 
Suyurg‟atmishxonning yolg‟onchi sultondin yigirma ikki yil o‟tkandin so‟ng xon 
haq rahmatig‟a ketdi. Amir Temur aning o‟g‟li Sulton Mahmudni xon qildi.” 
36 
Amir Temur nasl-nasabi jihatidan chingiziylar sulolasiga mansub 
emas edi. Shuning uchun ham chingiziylar tomonidan belgilangan an‟anaga ko‟ra, 
Temur avval Suyurg‟atmishxonni , so‟ngra uning o‟g‟li Sulton Mahmudni rasmiy 
35
Nafasov T. Bobur nomshunos. / Ilmiy to‟plam. Samarqand 2000-yil 39-bet. 
36
Abug‟oziy. Shajarai turk. Toshkent. Cho‟lpon.1992-yil. 95-96-betlar. 


45 
xon qilib ko‟tarib, xatto umrining oxirigacha ularning nomidan yorliqlar 
chiqartiradi., pullar zarb ettiradi. Bu ikki hukmdor nomigagina xon bo‟lib , Amir 
Temur farmoyishlariga mutlaqo aralashmasdilar. Temur o‟z hukmdorligiga 
qonuniy tus berish, uni mustahkamlash maqsadida Amir Husaynning tul xotini 
Saroymulkxonimga uylanadi. Bu ayol Movarounnahrning Chig‟atoy xonodonidan 
chiqqan so‟nggi xoni chingiziylar avlodidan bo‟lgan Qozonxonning qizi edi. 
Saroymulkxonim bilan nikohdan so‟ng Temur o‟zining amirlik darajasiga
“Ko‟ragon” ( Ba‟zi manbalarda H. Vamberining “ Buxoro yoxud Movarounnahr 
tarixi” kitobida “ Ko‟ragon “ “Go‟zal” ma‟nosini bildirishi ko‟ragon-ko‟rkli, 
ko‟rkam ekani aytiladi), yani “xonning kuyovi” unvonini qo‟shib oladi va rasmiy 
hujjatlarni Amir Temur Ko‟ragon nomi bilan yuritishga musharraf bo‟ladi.
37
Shu boisdan ham Boburning memuarida Temur – “ shoh “ sifatida talqin 
etilmaydi. Biz ham tarixiy dalilga asoslanib, Temurni “ amir “ uning o‟g‟illarini “ 
amirzodalar “ sifatida alohida guruhga ajratdik. Shu o‟rinda, keyinchalik 
Temurning vorislari – uning to‟rt o‟g‟li hukmdor farzandi sifatida “ shoh “ 
darajasiga erishganligini ham qayd etib o‟tish joiz. 
Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “ asarida 
movarounnahrlik 25 nafar amir va amirzodalar nomi, ular haqida ma‟lumotlar 
keltirilganini kuzatamiz. Movarounnahrlik hukmdorlar to‟g‟risida ma‟lumotni
muallif , dastavval, otasi Umarshayx mirzo haqida beradi. Shu o‟rinda, Boburning 
hukmdorlar hayoti va faoliyatini tasvirlashda o‟ziga xos usul ishlab chiqqanini 
aytish lozim bo‟ladi. Birinchidan u hukmdorlarning nomini tilga olib, “ Valodat 
va nasabi “ , “ Shakl va shamoyili “ , “ Axloq va atvori “, “ Masov va urushlari “, “ 
Viloyati “, “ Avlodi “, “ Xavotun va srori “, “ Umarisi “ kabi sarlovhalar ostida 
ular to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni tartib bilan bayon qiladi. Bobur asarida 
Umarshayx mirzo, Sulton Ahmad mirzo, Sulton Mahmud mirzo, Boysung‟ur 
37
Mamajonov A.M. O‟zbekiston tarixi. Toshkent. 1994-yil 20-bet. 


46 
mirzo, hamda Sulton Husayn mirzo haqidagi ma‟lumotlarni bayon qilishda 
yuqoida sanab o‟tilgan tartibga asoslanadi. 
Muallif Umarshayx Mirzoning “ valodat va nasabi “ to‟g‟risida 
ma‟lumot berar ekan, quyudagilarni yozadi: … Sekkiz yuz oltmishda Samarqandda 
edi. Sulton Abusaid Mirzoning to‟rtinchi o‟g‟li edi. Sulton Ahmad Mirzo, Sulton 
Muhammad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzodin kichik edi. Sulton Abusaid Mirzo
Sulton Muhammad Mirzoning o‟g‟li edi. Sulton Muhammad Mirzo Mironshoh 
Mirzoning o‟g‟li edi. Mironshoh Mirzo Temurbekning uchunchi o‟g‟li edi”
38
Shuni alohida qayd etish lozimki, qadimdan musulmon xalqlarida yeti 
ajdodni, yani “ haft pusht” ni aniq bilish keying avlodlarga urf bo‟lgan. Bobur shu 
an‟anaga muvofiq as arid bir qator tarixiy shaxslar haqida to‟xtalib o‟tar ekan, 
ularning o‟tgan yetti ajdodi haqida, nasabi to‟g‟risida aniq geneologik ma‟lumot 
berishga harakat qiladi. 
Umarshayx mirzoning “ xavotun va sarori “ bayonida o‟z onasi Qutlig‟ 
Nigorxonim haqida fikr yuritar ekan, bobosi Yunusxonning ikkinchi o‟g‟li 
Chingizxonning naslindindur”, deb uning yetti pushtini birma-bir sanab o‟tadi, 
yani “ Yunusxon ibn Vaysxon ibn Sherali o‟g‟lon ibn Muhammadxon ibn Xizr 
Xojagon ibn To‟g‟luq Temurxon ibn Esan Bug‟axon ibn Duvaxon Baroqon ibn 
Yesun Tuva ibn Mutagon ibn Chig‟atoyxon ibn Chingizxon “.
39
Muallif Sulton Ahmad mirzo haqida yozar ekan, uning harakteridagi 
ayrim juziy nuqsonlarni ham bayon etadi.
Muallif har bir hukmdor haqidagi mulohazalarni berishda voqealarga aniq 
yondashadi. Ayniqsa, uning hukmdorlarning “ Masof va urushlari “ zikrida bayon 
qilgan voqealarni yozishda yuksak xotira egasi va o‟tkir tarixchi ekanligini bilib 
olish qiyin emas. Chunonchi, Sulton Husayn mirzoning masof va urushlari 
to‟g‟risida gapirib, “ qozoqliqlarida bir martaba Gurgon suyini o‟zdurib kechib, bir 
pora o‟zbakni yaxshi bosdi. Yani bir qatla Sulton Abusaid mirzo Muhammad Ali 
38
Z. M. Bobur. Boburnoma. Toshkent. Sharq. 2002-yil 37-bet. 
39
O‟sha asardan. 38-39-betlar. 


47 
baxshi boshlia uch ming kishini ilg‟or yiborib edi. Sulton Husayn mirzo oltmish 
yigit bila kelib, tegib zarbi rost bosti. Sulton Husayn mirzoning bir yaxshi ishi va 
namoyon ishi budur.”
40
deb uning o‟nlab kurashlari haqida ma‟lumot beradi.
40
O‟sha asardan 44-bet. 


48 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin