Tsistostoma – siydik qopini qov usti sohasi oqmasidir va siydik qopi, siydik yo’llari jarohatida, prostata bezi gipertrofiyasida, chanoq a’zolari funksiyasi buzilishi bilan kechuvchi orqa miya jarohatlarida qo’yiladi.
Maqsad. Tsistostoma atrof terisi yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma. Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng.
Kerakli anjomlar. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush nitratning 1:5 000 yoki kaliy permanganatning och-pushti rang eritmasi; 3 % vodorod peroksid eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; steril pintset; steril paxta shariklar va doka salfetkalar; siydik yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun konteyner; leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop.
Tsistostomani parvarishlash bosqichlari:
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri o’tkaziladi. Bu kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini oldini oladi. Manipulyatsiya rezina qo’lqopda bajariladi.
Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda +38 °S isitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma bilan yuviladi, siydik yig’gichga chiqariladi.
Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib kateterga ulanadi.
Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.
Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha kesiladi va kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan ikkinchi salfetkani ham shunday kesib qarama-qarshi tomondan qilib joylashtiriladi.
Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.
Izoh. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun bemorni yon tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.