Axlatli oqma (kolostoma) – bu notabiiy orqa teshik bo’lib, axlat massalarini chiqarish uchun xizmat qiladi. Asosan chap yonbosh sohaga qo’yiladi.
Maqsad. Kolostoma atrof terisini yallig’lanishini oldini olish.
Ko’rsatma. Har gal axlat kelgandan keyin tozalash maqsadida.
Kerakli anjomlar. Steril doka salfetkalar va paxta shariklar; steril pinset, shpatel; qaychi; steril vazelin moyi; sink mazi yoki Lassar pastasi; 3 % vodorod peroksid eritmasi; 96% spirt; steril va ishlatilgan shariklar uchun buyraksimon tog’orachalar.
Kolostomiyani parvarishlash texnikasi
Muolaja rezina qo’lqopda bajariladi.
Tog’oraga bir nechta sharik solinadi va vodorod peroksid quyiladi.
Sharik pinset bilan olinadi, kolostoma atrof terisi pereferiyadan ichak teshigi tomon tozalanadi. Tozalash bir necha bor takrorlanadi.
Kolostoma atrof terisi spirtli sharik bilan artiladi.
Kolostoma atrofiga shpatel bilan qalin qilib maz yoki pasta surtiladi.
Kolostomaga vazelin bilan namlangan salfetka, ustidan yana paxta bilan salfetka qo’yiladi.
Bog’lam bint bilan yoki bandaj, maxsus tasma bilan mahkamlanadi.
Izoh. Maz yoki pasta terini ichak hosilasi bilan zararlanishi oldini olar ekan, uni har kuni artib tashlash kerak emas. Aksincha ustiga har kuni yangidan surtish lozim. Bu maz juda ifloslanib ketsagina artib tashlanadi va o’rniga qayta surtiladi.