O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə215/222
tarix02.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#41799
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   222
2 5193124238394918895

Terini parvarishlash

Uzoq vaqt yotoq rejimda bo’lgan bemorlarni terisini parvarishlash katta ahamiyat kasb etadi. Terini ter, yog’ bezlari sekreti yoki boshqa sekretlar bilan qoplanishi kuchli qichishishga, terini ikkilamchi infitsirlanishiga, ba’zi sohalarda (oyoq barmoqlari orasi, dumba, qo’ltiq osti bukilmalari) zamburug’ kasalliklarini, yotoq yaralarni rivojlanishiga olib keladi.

Qarshi ko’rsatma bo’lmasa haftasiga bir marta gigiyenik vanna yoki dush qabul qilinadi. YOtoq rejimdagi bemorlarni terisi spirt, odekolon, oshxona uksusi qo’shilgan iliq suv bilan namlangan tampon bilan har kuni artiladi. Ayniqsa bunda ter bezlari ko’p sohalar (ko’krak bezi osti, chov-son burmalari va h.o.) yaxshilab artiladi. Qo’llar har ovqatlanishdan oldin, oyoqlar haftasiga 2-3 marta yuviladi.

Oraliq va jinsiy a’zolar sohasi har kuni yuvilishi lozim. Og’ir bemorlarda bu kunora o’tkazilishi shart. Bunda idishdan iliq suv yoki kaliy permanganat kuchsiz eritmasi quyiladi va paxta tampon bilavn oldindan orqa teshikka qarab yuviladi. Ayollarda bu ketma-ketlik alohida qoidalar bo’yicha o’tkaziladi (har gal yangi tampon ishlatiladi ): chov burmasi; katta uyatli lablar sohasi; katta va kichik uyatli lablar burmasi; qin. Shu tartibda bu sohalar quritib artiladi. Erkaklarda balanopostitni oldini olish maqsadida olat kertmak terisi ochiladi va olat boshi yuviladi.

Qindan ajralma chiqqanda Esmarx krujkasiga maxsus qin uchligi ulanadi va sprinsirlash – qin devorlarini, bo’shlig’ini iliq suv, natriy gidrokarbonatning kuchsiz eritmasi, kaliy permanganat yoki natriy xlorning izotinik eritmasi bilan yuvish ishlatiladi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin