1.20. Balg’amni tekshirish
Balg‘am (lot. sputum) deb yo‘tal vaqtida patologiyasi o‘zgargan traxeya, bronx va o‘pka shilliq qavatida ajraladigan sekretsiyaning so‘lak va shuningdek burun bo‘shlig‘i shilliq qavati va burun atrofi bo‘shlig‘ining sekretsiya aralashmasiga aytiladi.
Balg‘am xususiyatlari - miqdori, rangi, hidi, konsistensiyasi (suyuq, quruq, yopishqoq), tarkibi(qon, yiring va boshqa aralashmalar) kasalliklarga va boshqa laboratoriya va instrumental tekshirish usullari natijalariga bog‘liq bo’lib, nafas olish tizimi va boshqa organlar kasalliklarini diagnostikasida katta ahamiyatga ega.
Balg‘amning sutkalik miqdori - surunkali bronxitda bir necha millilitrdan , bronxoektatik kasalliklar, o‘pka absessini bronxga qarab yorilishi, o‘pka gangrenasida 1-1.5 l.gacha etishi mumkin.
Balg‘amni xarakteriga ko’ra kuyidagi ko‘rinishlari mavjud:
Shilliqli balg‘am (sputum mucosum) - rangsiz, tiniq, yopishqoq, deyarli hujayra qoldiqlari bo‘lmaydigan balg‘am.
Seroz balg‘am (sputum serosum) – o‘pka shishida ajraladigan suyuq ko‘pikli balg‘am.
Yiringli balg‘am (sputum purulentum) - o‘zida yiring saqlaydigan balg‘am (o‘ziga xos, xususan o’pka absessini bronx bo’shlig’iga yorilishi natijasida ).
Chirigan balg‘am (sputum putridum) – chirindi xidi keladigan yiringli balg‘am.
Qonli balg‘am (sputum sanguinolentum) – o‘zida qon aralashlarini saqlaydigan balg‘am (masalan, o‘pka rakida nafas yo‘llarining biridan qon ketishi).
"Zangli" balg‘am (sputum rubiginosum) - balg‘am kon aralash, zang rangida bo‘ladi bu tarkibida gemoglabin bo‘lishi natijasida yuzaga keladi (masalan, pnevmoniyada, silda paydo bo‘ladi).
Marjonsimon balg‘am - balg‘am tarkibida yumaloq ulanish, atipik hujayralar va detritdan tashkil topgan (masalan, yassi to‘qimali bronx rakida kuzatiladi).
Detrit (lot. detritus – eyilib ketgan) - to‘qimalarning parchalangan mahsuloti.
Uch qavatli balg‘am – balg‘am ko‘p miqdorda, yiringli, himoyalangan uchta qatlam bo‘lib ajraladigan balg‘am : yuqoridagisi - kulrang ko‘pikli, o‘rtadagisi - sersuv tiniq, pastdagisi - kir kulrang-yashil rangda, yiring va nekrozga uchragan to‘qima qoldiqlarini o‘z ichiga oladi (o‘pka gangrenasida kuzatiladi).
Balg‘am borligida tibbiyot hamshirasi tozalikga rioya qilishi va tupikdonni o‘z vaqtidagi bo‘shatishni ta’minlash lozim.
Atrofdagilarni kasallanishini oldini olish maqsadida hamshira bemorga balg'am bilan tog’ri munosabatda bo’lishni tushuntirishi kerak:
• sog'lom odamlar yaqinida yo’talmaslik.
• yo'tal paytida qo'li yoki ro'molcha bilan og'zingizni yopish kerak.
• yerga balg’amni tupurmaslik,chunki u balg’am qurib chang bilan birga ko’tarilib atrofdagilarni zararlashi mumkin. Singapurda bu tog’risida qonun qabul qilingan,ya’ni ko’chada yoki xonada tupurgan odamlarga nisbatan 500 $ jarima solinadi.
Balg’amni maxsus usti mahkam yopqichli tupikdonga yeg’ish zarur, uning tubida 0,5% xloramin B bo’lishi shart.
Balg’amni har doim kuzatib borish,har kungi miqdorini qog’ozga yozish zarur.Tupikdonni xloramin B bilan dezinfeksiya qilish kerak.Sil kasalligi bilan kasallangan bemorlar balg’amini yoqiladi yoki kanalizatsiyaga zararsizlantirilgandan so’ng oqizib yuboriladi. Balg’amni vizual tekshirib boriladi, agar qon paydo bo’lsa zudlik bilan shifokorga xabar beriladi.
Balg’am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo’lishi mumkin.
Balg’amni yig’ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg’am tuflay olmasdan, uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg’am ajratishning maxsus usullariga o’rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o’rgatish zarur:
- Bevosita sog’odamlar yonida bo’lganda yo’talmaslikka harakat qilish. Yo’talni tutib turolmasa, balg’am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi uchun og’izni ro’molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
- Balg’amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni, havo orqali esa sog’ odamlarni zararlaydi.
- Balg’amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig’ish zarur; ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg’am idishning devorlariga yopishmasligi uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi quyiladi.
2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so’ng sil bilan kasallangan bemorning balg’ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg’amga 2—3 g quruq xlorli ohak).
Dostları ilə paylaş: |