Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash
Shaxsiy gigiyena qoidalarida og’iz bo’shlig’ini parvarishlar asosiy o’rin egallaydi. Og’ir bemorlarda, asosan yuqori tana harorati bilan bemorlarda immunitet tushib ketadi va og’iz bo’shlig’idagi borp bo’lgan mikroblar ko’payishiga yaxshi sharoit yuzaga keladi, natijada tishlar (pul’pit, periodontit, parodontoz), milk (gingivit), tanglay shilliq qavati (stomatit) zararlanadi, og’iz burchagi yoriladi, lab qurub qoladi.
Ularni oldini olish maqsadida bemor kuniga ikki marta tishini yuvishi lozim, har ovqatlangandan keyin og’zini chayishi shart. Og’ir bemorlar og’zini 0,5% natriya gidrokarbonat, natriy xloridning izotonik eritmasi, kaliy permanganatni kuchsiz eritmasi bilan chayiladi. YAayish Jane shpritsi yoki rezina ballon yordamida bajariladi. Bunda suyuqlik nafas yo’liga tushmasligi kerak, bemor yarim o’tirgan holatda, boshini biroz oldinga egib yoki yotgan bo’lsa boshini yon tomonga burgan holda bo’lishi lozim. Suyuqlik yaxshi ketishi uchun og’iz burchagini shpatel bilan ochib turamiz.
Og’iz bo’shlig’ining, halqum, mindalinlarning ba’zi kasalliklarida og’iz va halqum shilliq qavatidan surtma olamiz. Bu steril tampon bilan olinib, steril probirkaga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |