O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi
Demak, birinchi qatorda to'rtta, keyingisi uchta, undan keyingi-sida ikkita harf mavjud. Mazkur harflar ishtirokida kim ko'proq so'z topish o'yini o'ynaladi. O'quvchilar daftarlariga topgan so'zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino va h.k. Agar mazkur o'yin alifbe-gacha bo'lgan davrda o'tkazilsa, unda o'yin shartlari o'quvchilarga og'zaki tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og'zaki bajariladi. Bun-fla qatorlardan birortasida harf o'rnida bitta bo'sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o'quvchilarga bo'sh katakchaga o'zi ma'qul ko'rgan harfni qo'yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda o'quvchida mustaqil fikrlash uchun ko'proq imkoniyat yuza-ga keladi. Bo'g'in ustida ishlashga oid didaktik o'yinlardan savodga o'rgatish davridеk, imkoniyatga qarab yoki og'zaki yoxud yozma tarzda quyidagi topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O'qituvchi sinf xattaxtasiga birgina so'zni yozadi. Masalan: kaptar so'zi. Uni bo'g'inlarga ajratiladi: kap-tar. Endi har ikki bo'g'indan yana yangi so'zlar tuziladi: kap-kir, tar-vuz. O'yinni o'quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda davom ettirish, yozma ishlar o'tkazish mumkin. Kataklarni to'ldiring» topshirig'iga asosan tayyorlangan quyidagi rebus o'yin ham o'quvchilarning bo'g'inga oid bilimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi. Buning uchun sinf xattaxtasiga quydagicha katakchalar chiziladi:
O'qituvchi tomonidan katakchalarning biriga yoki ikkitasiga istalgan bo'g'in yoziladi. Qolgan kataklarni o'quvchilar o'zlari mustaqil to'ldirishlari lozim. Albatta bunda havola etilayotgan harflar soni ikkita bo'lsa, u so'zning birinchi bo'g'inini tashkil etishi tushuntiriladi. Yuqoridagi o'yinlarni o'tkazish uchun o'qituvchi qirqma bo'sh kataklarni kerakli miqdorda oldindan tayyorlab qo'yishi alohida ahamiyatga ega. Bu qirqma bo'sh kataklardan savodga o'rgatish davri, keyinroq ona tili darslarida ham foydalanish mumkin. Yüklə 37,39 Kb. Dostları ilə paylaş: |