8-mavzu. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda oz komplektli maktablarning mavjudlik holati.
9-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi. O‘quvchilarni maktabgacha bo‘lgan davrda matematik tayyorgarligi darajasini aniqlash va ularni tartibga solish. Nomerlashga o‘rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish bosqichlari. O‘nli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Kontsentrlar bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi. Darsni tashkil qilish, ko‘rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni. Boshlang‘ich sinflarda 10, 100, 1000 va ko‘p xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
10-mavzu.Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan asosiy miqdorlar: uzunlik, massa, narx, baxo, vaqt, masofa, tezlik. Miqdorlarni o‘lchash, o‘lchov birliklarining turlari orasidagi bog‘liqliklar va ular ustida amallar bajarishga o‘rgatish metodikasi. Uzunlik va yuza o‘lchov birliklari. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Vaqt o‘lchov birliklari.
11-mavzu. Nomanfiy sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. O‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar kontsentrida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi. Arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari. Qo‘shish va ayirish, ko‘paytrish va bo‘lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o‘rgatish. Qoldiqli bo‘lish. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirish. Qo‘shish va ko‘paytirish jadvallari va ularga mos ayirish va bo‘lish xollarini o‘rgatish. Og‘zaki hisoblash texnologiyalari. Yozma hisoblash algoritmini o‘rgatish. Hisoblash malakalarini tekshirish uchun nazorat ishlari. Hisoblashda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash va uni bartaraf qilish yo‘llari. Og‘zaki va yozma hisoblashga doir didaktik (o‘yinlar) topshiriqlar to‘plamini tuzish. O‘rta arifmetikni hisoblash.