Gumanitar
Pеdagogika
Boshlang‘ich ta’lim(kunduzgi)
Namangan-2022
Fan/modul kodi MO‘MM20014
O‘quv yili 2021-2022
Semestr 4-6
ECTS - Kreditlar 4+4+6=14
Fan/modul turi Majburiy
Ta’lim tili O‘zbek
Haftadagi dars soatlar 1-semestr - 4 soat 2-semestr - 4 soat 3-semestr - 6 soat
Fanning nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Matematika o‘qitish metodikasi
210
210
420
I. FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad – Davlatstandarti talablari bilanbelgilangan darajada vazifalar ustida ishlash texnikasini o‘zlashtirish.Kognitiv va kommunikativ faoliyatni shakllantirish, bilimlarnimustaqil olishga tayyorlik. Matematik fikrlash qobiliyatinirivojlantirish. Fanlardan olgan bilimini integratsiyalashgan holdamatematika fanini turmush bilan bog‘lash va uni mustahkamalash bo‘lganbilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llayolishini ta’minlash. Fanning vazifasi - talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shunigdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
ta’limni insonparvarlashtirishni;
matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
o‘qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan IV-V sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta’minlanishini nazarda tutadi.
Fanning hajmi.
№
Mashg‘ulot turi
Ajratilgan soat
Jami
4-semestr
5-semestr
6-semestr
1
Ma’ruza
26
26
38
90
2
Amaliy
26
26
38
90
3
Seminar
8
8
14
30
4
Mustaqil ta’lim
60
60
90
210
5
Kurs ishi
+
Jami
120
120
180
420
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Metodik tizimning asosiy komponentlari: o‘qitish maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari. 2-mavzu. Boshlang‘ichsinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi. “Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari, uning mazmuni.DTS, matematikadan dastur va darsliklarning sinflar kesimida tahlili. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilitilshi orasidagi uzviylik. 3-mavzu. O‘qitish metodlari. Interfaol metodlar. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’lumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviylik. O‘quvchilarning o‘quv yili oxiridagi bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qo‘yilgan kompetentsiya talablari asosida nazorattahlili. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O‘quv bilishfaoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish. O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardanfoydalaninsh. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlashda qo‘llaniladigan metodlar.
4-mavzu. Boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari Boshlang‘ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi. Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish.
5-mavzu. Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg‘ulot turlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.
6-mavzu. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash.
7-mavzu. Boshlang‘ich sinfda matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli metodik qollanmalar, ko‘rgazmalar va ulardan foydalanish. O‘qitish vositalaridan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali ko‘rsatmalar