O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI XALQARO UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” ____________ A.N.Yakubov
202___ yil “__”__________
“TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI” FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohalari:
100000 – Ta`lim
Ta’lim sohalari:
110000 – Ta`lim
Ta’lim yo’nalishi:
60112100 - Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo‘lg‘usi tarbiya o‘qituvchilariga tarbiya fanining tarixiy taraqqiyoti, rivojlanish tendensiyalari, ta’limning innovatsion usullaridan foydalanish, dunyo va jahon pedagogikasi yangiliklaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy axborot-kummunikatsiyaviy texnologiyalarini tadbiq qilish va amalga oshirishga tayyorlash, pedagogik madaniyatni tarkib toptirish, muhim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni shaklantirish va ularni amalda qo‘llay olishini taʼminlashko‘nikmalariga ega bo‘lishikerak.
Fanni o‘qitishning vazifasi- talabalarni boshlang`ich ta`limda tarbiya fanini bo‘yicha davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich taʼlimda tarbiyaning uzluksizligini o‘rgatish.
Shuningdek o‘qitishda:
taʼlimiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining shaxsiy va professional fazilatlari
bola shaxsining rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘g‘risida g‘oyalar;
Sharq va G‘arb pedagoglarining ilg‘or tajribalarini boshlang‘ich ta’limni rivojlantirishga tatbiq qilish; boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish;