O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


O‘zbekiston kimyogarlarining fosfat kislotasini konsentrlash jarayoni bo‘yicha olib borgan ishlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə38/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

10.4. O‘zbekiston kimyogarlarining fosfat kislotasini konsentrlash jarayoni bo‘yicha olib borgan ishlari
O‘zbekiston kimyogarlarining qator yillar davomida Qoratog‘ fosforitidan sulfat kislotali ekstraksiyalashdan olingan fosfat kislotasini konsentrlash, uning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida tarkibida magniy birikmalari tutgan fosfat kislotalarning konsentrdanishida quyilib qolish sabablari xam nazariy, xam amaliy jixatdan asoslandi va bu borada ijobiy natijalarga erishildi.

Namangan muxandislik-pedagogika instituti professori, texnika fanlari doktori K. Gafurovning olib borgan zaxmatli mexnatlari natijasida tarkibida magniy tutgan EFK larning konsentrlash jarayonida qo‘yilib qolish sabablari xam ilmiy, xam amaliy jixatdan asoslab berildi. Nafaqat quyilish sabablari, balki bunday kislotaarni konsentrlashda quyilib qolishini oldini olish yo‘llari xam ochilib, amaliy jixatdan sinovdan muvoffaqiyatli o‘tkazildi. 20°C xaroratdagi suvda va NN4NO3 (kimyoviy toza — k.t.) ning 1% li suvli eritmasida MgHPO4 (k.t.) va MgF2 (k.t.) larning izotermik eruvchanligini o‘rganish — MgHPO4 (k.t.) va MgF2 larning suvdagi eruvchanligi muvofiq ravishda 1,392 va 0,117% (MgO bo‘yicha 0,464 va 0,0755%), ammoniy nitrat eritmasidagi eruvchanligi esa muvofiq ravishda 9,99% va 0,248% (MgO bo‘yicha 3,330 va 0,160%) bo‘lishini aniklash imkoniyatini yaratdi. SHunday ekan, 1,0% li ammiakli selitra eritmasida magniy tuzlarining eruvchanligi MgHPO4 uchun etti marta, MgF2 uchun ikki marta ortadi.


20°C xaroratda 0,1, 0,5 va 1,0 molyarli ammiakli selitra eritmalarida MgF2 ning eruvchanligini o‘rganish natijasida MgF2 ning eruvchanligi konsentratsiyaning ortishi bilan deyarli o‘zgarmasligi aniqlandi. Masalan, 0,1 molyarli ammiakli selitra eritmasida MgF2 ning eruvchanligi 0,2478% (0,1598% MgO, ya’ni 0,040 mol MgF2) ni, 0,5 molyarli eritmada 0,2694% (0,17388% MgO, ya’ni 0,0435 mol MgF2) ni va 1,0 molyar eritmada esa 0,2695% (0,1753% MgO, ya’ni 0,0435 mol MgF2) ni tashkil etadi.
MgSO4—H3PO4—NH4NO3—H2O sistemasini o‘rganish natijasida 0-60% P2O5 konsentratsiyali intervalda MgSO4*7H2O ning eruvchanligi MgSO4—3PO4—H2O sistemasidagiga nisbatan 2-1,5% ga ortishi aniqlandi.
Tarkibida magniy tutgan fosforitlarni fosfat kislotaga sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonida magniy birikmalarining tuda ekstraksiya fosfor kislota tarkibiga o‘tishi kuzatiladi. Bunday EFK ni bug‘latish jarayonida eritmadagi barcha tuzlarning to‘yinishi bilan bir qatorda dastlab magniy ionlarining sulfat ionlari bilan birikib MgS04, so‘ngra shu bilan bir vaqtda uning gidratlaiishi xisobiga MgSO4*H2O dan toki MgSO4*7H2O gacha bo‘lgan gidratlanish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu esa EFK ning quyilib qolishi va oquvchanligini yo‘qotishiga sabab bo‘luvchi omillardan biridir. Bundan tashqari, eritmaning quyilishiga EFK tarkibidagi boshqa kation va anionlardan iborat qo‘shimchalar xam o‘z ta’sirini ma’lum darajada ko‘rsatadi.
SHuning uchun ekstraksiya fosfor kislotani bug‘latishda kislotani quyilib qolishiga olib keladigan undagi qiyin eruvchan qo‘shimchalarni eritish maqsadida va ekstraksiya fosfor kislotani konsentrlashda uning qovushqoqligini kamaytiruvchi agent sifatida ammoniy nitrat ishlatilgan.
Tarkibida magniy tutgan ekstraksiya fosfor kislotalarni bug‘latishdan oldin uning tarkibidagi magniyning mikdoriga muvofiq xolda:
NH4NO3 = 0,5 + 0,25-i
bu erda: t — EFK ga qo‘shiladigan ammoniy nitratning og‘irlik mikdori;
i — EFK dagi Mg0 ning ogirlik mikdori;
0,5 — doimiy son formula bo‘yicha ammoniy nitrat qo‘shiladi va eritmani 50-55% P2O5, gacha bug‘latiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin