Kaliyli tuzlar xom ashyosi.
Kaliyli tuzlar olishda kaliyning xloridli va sulfatli tuzlariga boy bo‘lgan cho‘kindi minerallar va tabiiy tuz eritmalari asosiy xom ashyolar xisoblanadi. Kaliy xloridni asosan silvinit rudasidan olinadi. U silvin KC1 va galit NaC1 aralashmasidan iboratdir. YAna bir turdagi xom ashyo — karnallit KC1*MgC1*6H2O xisoblanadi. Uning tarkibida qo‘shimcha sifatida NaC1 ham bo‘ladi.
Kaliy sulfat ishlab chiqarish xom ashyosi sifatida: langbeynit K2SO4*2MgSO4, kainit KC1*MgSO4*3H2O, shenit K2SO4*MgSO4*6H2O va boshqalar ishlatiladi.
Tarkibida kaliy tutgan va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan minerallari: poligalit K2SO4*MgSO4*2CaSO4*2H2O, leysit K2O*A12O3*4SiO2, alunit K2SO4*A12(SO4)3*4A1(OH)3, nefelin [(KNa)2O*A12O3*2SiO)2]*SiO2 va boshqalar kaliyli xom ashyo sifatida bevosita ishlatilmasada, ulardan (alunit va nefelin) glenozem olishda K2SO4 va K2SO3 qo‘shimcha mahsulot sifatida olinadi..
Kaliyli tuz konlari O‘rta Osiyoda (Gaurdak, Karlyuk, Jilan va Tyubegatanda), Uralda (Verxnekamsk va Verxnepechorskda), Belorussiyada (Starobinsk, Kapetkivichsk va Petrikovskda), G‘arbiy Ukrainada (Prikarpate da) va boshqa joylarda uchraydi. Bu konlardagi zaxiralarning 88% ulushi Verxnekamskga to‘g‘ri keladi. CHet mamlakatlardagi kaliyli tuz konlari Kanadada, Germaniyada, Isroilda, AQSH da, Ispaniyada va Fransiyada mavjuddir. 1980 yilda Rossiyaning Sibir o‘lkasida Nepskoe (silvinit va karnallit) koni ochilgan. Kaliyli tuz konlari zaxirasiga ko‘ra, dunyoda MDX, mamlakatlari 1-o‘rinda, Kanada esa 2-o‘rinda turadi.
Verxnekamsk konidagi kaliy-magniyli tuzlar xloridlar shaklida bo‘lib, kadimgi Perm dengizining bug‘lanishidan hosil bo‘lgan. Bu konning maydoni 3500 km2 bo‘lib, qatlamning qalinligi 1000 metrgacha etadi. Karnallit va silvinit qatlamlari 90-220 metr chuqurlikda, quyi silvinit maydonining qalinligi 7-8 m dan 40 metrgacha bo‘lib, bir-biridan KC1 qatlami bilan ajralib turadigan oltita 6-8 metr qalinlikdagi silvinit qatlamlaridan iborat. Ruda tarkibida 17-40% K2O, 0,2-0,3% MgO 1-4,5% erimaydigan qoldiq bo‘ladi. YUqori yuza qalinligi 20-115 metr bo‘lib, 9 ta qatlamni tashkil qiladi. Bu qatlamlar karnallit, silvinit va kulrang, xavorang hamda ko‘k gallit aralashmalaridan iboratdir. Silvinit rudasi tarkibida 21-39% KC1, 0,2-1,2% MgCl, 0,9-6,3% erimaydigan qoldiq, karnallit rudasi tarkibida esa 13,5-20,5% KC1, 14,5-19% MgC1, 1,4-4,5% erimaydigan qoldiq bo‘ladi.
Karpate konidagi kaliy tuzlari sulfat-xloridlar shaklida bo‘lib, xloridli qatlamlar silvinit (8-19% K2O) va boshqa rudalardan iborat. Sulfat-xloridli qatlamlarning 35-36% qismi kainitdan (10-12% K2O), 20-40% qismi gallitdan, 3-7% qismi poligalitdan va 6-15% qismi tuproq materiallaridan iborat. Kainit-langbeynit qatlamlarining 20-30% ini kainit, 10-20% ini langbeynit, 30-40% ini galit, 5-10% ini kazerit MgSO4*H2O va -20% ini tuproq materiallari tashkil etadi.
Tabiatda kaliy sulfatli konlar kaliy xloridli konlarga nisbatan kamroq uchraydi. Okean suvlarida 0,05% atrofida kaliy ionlari bo‘ladi. Ular quruqlikdagi kaliyli tuzlar zaxirasidan o‘n milliondan ziyodroq ko‘p xisoblanadi. Suv xavzalarida dengiz suvlarini bug‘latilib kaliy tuzlari olinishi mumkin. Xuddi shu usul bilan yuqori minerallashgan O‘lik dengiz suvidan kaliy xlorid tuzi olinadi. Ayrim turdagi sanoat korxonalarining chiqindilari kaliyli tuzlarning qo‘shimcha manbai xisoblanadi. Masalan, sement ishlab chiqarish zavodlarining elektrofiltrlarida tutib qolingan chang tarkibida 20-30% gacha K2O (K2SO4 va K2SO3 shaklida) bo‘lishi mumkin. CHunki shixta tarkibida 0,2-1% K2O bo‘ladi. Rangli metallurgiya korxonalari: magniy metali ishlab chiqarishda kaliy xlorid elektrolit tarkibida, alyuminiy metali ishlab chiqarishda nefilin va alunit xom ashyolari tarkibida kaliy bo‘ladi. Ularning ikkilamchi mahsuloti sifatida KC1, K2SO4 va K2SO3 lar ishlab chiqariladi.
Silvinit va karnallit rudalaridan kaliy xlorid quyidagi usullarda olinadi: xom ashyoni mexanik usul bilan ishlov berish yoki ko‘pincha (80% dan ko‘proq) flotatsiyalash usuli bilan KC1 olinadi; rudadagi tuzlarning erish xarorat koeffitsentlariga asoslangan bo‘lib, eritish va kristallantirish yo‘li bilan tuzlar ketma-ket ajratib olinadi. Bu usul issiqlik yoki galurgik (lotincha — «tuz ishi») yoxud kimyoviy usul deyiladi; yukoridagi usullarda sulfatli jinslar ham qayta ishlanadi; sho‘r suvlardan kaliyli tuzlar turli usullar bilan ajratib olinadi. Masalan, O‘lik dengiz sho‘r suvlari bug‘latuvchi xavzalarda konsentrlanadi. Bunda karnallit ajratib olinadi va u qayta ishlanib kaliy xlorid olinadi.
Dostları ilə paylaş: |