O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə149/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

LABORATORIYA №1
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHDA RIOYA QILINADIGAN TEXNIKA HAVFSIZLIGI QOIDALARI
Kimyo laboratoriyasida laboratoriya ishi boshlashdan avval, talaba texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqishi shart va maxsus daftarga imzo chekishi lozim.

Laboratoriya mashg‘ulotlarining samaradorligi unga talabalarning e’tibori, nazariy bilimining chuqurligi bilan belgilanadi. SHuning uchun har bir talaba bajariladigan ishning nazariy ma’lumoti haqida xabardor bo‘lsagina, bajaradigan ishining izchilligi haqida tasavvurga ega bo‘lsagina ishni bajarishga ruxsat beriladi.


Kimyo laboratoriyasida tajribalar o‘tkazish uchun talabalar quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishi kerak:
  1. Har qaysi laboratoriya ishi belgilangan joyda bajarilishi shart.


  2. Mashg‘ulot paytida talaba maxsus kiyim (xalat)siz ishlashi mumkin emas.


  3. Mashg‘ulot rejasida ko‘rsatilmagan ishlarni bajarishi taqiqlanadi.


  4. Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishi lozim. SHoshilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tajribada xatolikka yo‘l qo‘yishga va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keladi.


  5. Tajribani rahbarni ijozati bilan boshlash lozim. Ishni bajarish tartibi laboratoriya daftariga yozilishi va uni rahbar tekshirib ko‘rgan bo‘lishi lozim.


  6. Zaxarli va badbo‘y hidli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni mo‘rili shkafda bajaring.


  7. Agarda reaktivlarni hididan aniqlamoqchi bo‘lsangiz, uni og‘zidan o‘zingizga tomon oxista elpib xidlang.


  8. Konsentrlangan kislotalarni suyultirishda kislotani suvga childiratib quyib, aralashtirib turgan xolda suyultiring. Suvni kislotaga kuyish mumkin emas.


  9. Reaktivlarni probirkalarga quyishda ularni gavdangizdan uzoqroqda tuting.


  10. Qizdirilayotgan reaktiv ustiga engashib qaramang.


  11. Probirkaga biror modda solib qizdirayotganingizda uni og‘zini o‘zingizdan va yoningizdagi sherigingizdan chetga buring.


  12. Elektr asboblari bilan ishlashda, uni to‘liq izolyasiyalanganligiga ishonch hosil qilmasdan turib ish boshlamang.


  13. Oson o‘t oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni olovdan uzoqroqda bajaring. Bunday moddalarni qizdirishda suv yoki qum hammomidan foydalaning.


  14. Benzin, spirt, efir va shu kabi oson o‘t oluvchi moddalar o‘t olib ketsa, qum sepib o‘chiring. Suv sepilmaydi, chunki alanga hajmi kengayib ketadi.


  15. Kislota ta’sirida kuygan joy avvalo mo‘l miqdordagi suv bilan, so‘ngra suyultirilgan natriy bikarbonat eritmasi bilan yuviladi.


  16. Agar biror eringiz yong‘in yoki issiqlik ta’sirida kuyib qolsa, kuygan joyingizni kaliy permanganatning suyultirilgan eritmasi bilan yuvish yoki steptotsid emulsiyasi surtish lozim.


  17. Zaxarli gazlar (xlor, brom, vodorod sulfid, oltingugurt yoki azot oksidlari) bilan zaxarlanib qolgan kishini darhol ochiq havoga olib chiqish va vrachga murojaat qilish lozim.


  18. Ishqorlar ta’sirida zararlangan joyni avval qayta-qayta suv bilan, so‘ngra esa sirka yoki limon kislotaning suyultirilgan eritmasi (3%) bilan yuvish lozim.


  19. Ishqor, kislota va yonuvchan suyuqliklarni rakovinaga to‘kish yaramaydi. Bunday keraksiz suyuqliklarni maxsus idishlarga quyish kerak. Rakovinaga qum, qog‘oz va shunga o‘xshash narsalarni tashlamang.


  20. Simob va simobli asboblar bilan ehtiyot bo‘lib ishlang. Simobli asbob (termometr va manometr) sinsa, uni tezda maxsus usul bilan yig‘ib oling va suvli stakanga solib, simob to‘kilgan joyga oltingugurt kukuni sepib uni o‘ldiring.


  21. Gazlar bilan ishlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak, gazlar tozaligini tekshirib va asbob germetikligini aniqlab, so‘ngra ish boshlash lozim.


  22. Reaktiv olish uchun ishlatiladigan qoshiqcha va menzurka aralashtirilib yubormasligi shart.


  23. Mashg‘ulot tugagach, ishlatilgan moddalarni o‘z joyiga qo‘yish, asboblarni va shisha idishlarni tozalab yuvib, laborantga topshirish kerak.


  24. Laboratoriyadan ketishdan oldin gaz, vodoprovod jo‘mraklarini berkitilganligini, elektr asboblarini o‘chirilganligini tekshirib ko‘ring.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin