O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə160/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

GOST 2081 – 75 ga asosan karbamid donador va kristall holda A va B markalarda ishlab chiqariladi.
A markali karbamid oliy va birinchi kategoriyali ‘isoblanib, suoniy smola, plastmassa elim, lak, farmatsevtika, preparatlar, gerbitsidlar ishlab chiqarishda va chorvachilikda ishlatiladi. Uning tarkibida 46,3% azot, 0,6–0,9% gacha biuret 0,2 –0,3% suv bo‘ladi.
B markali karbamid qishloq xo‘jalik ekinlari uchun o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Uning tarkibida 46% azot, 0,9% gacha biuret va 0,25% suv bo‘ladi. Donalarning o‘lchami: 1- 4 mm gacha 94%, 1 mm dan kichiklari 5% gacha bo‘lishi shart. Saqlash muddati idishsiz 6 oy.
Ishni bajarish tartibi
1-tajriba. 1,000 g atrafida machevina konussimon kolbaga solinib, 5 sm3 konsentrlangan sulpfat kislota qo‘shiladi va kolba og‘zi voronka yoki noksimon shisha probka bilan berkitiladi. Kolba is gazining pufakchalari intensiv ajralib chiqishi to‘‘taguncha qizdiriladi. Keyin qizdirish qaynashgacha ko‘tarilib, is gazining alo’ida pufakchalari ajralib chiqishi tugaguncha va sulpfat kislotaning oq bug‘lari hosil bo‘lguncha davom etiriladi. SHundan so‘ng qizdirish 10 minut davom etiriladi, xona haroratigacha sovutiladi.
Sovigan kolbaga o’ista 50 sm3 suv quyilib, 1-2 tomchi metil qizil indikatoridan qo‘shiladi va ortiqcha kislota konsentratsiyasi 5 molp/dm3 bo‘lgan natriy gidrooksidi eritmasi bilan neytrallanadi, bunda eritma rangi och qizildan sarg‘ish rangga o‘tadi.
So‘ngra eritmaga och qizil rang hosil bo‘lguncha konsentratsiyasi 0,5 molp/dm3 bo‘lgan sulpfat kislota eritmasidan tomiziladi va konsentratsiyasi 0,1 molp/dm3 bo‘lgan natriy gidrooksid eritmasidan sariq tusli rang hosil bo‘lguncha titrlanadi.
Neytrallangan eritma 40 sm3 formalin, 5 tomchi aralash indikator qo‘shilib, 1-1,5 minutgacha konsentratsiyasi 1 molp/dm3 malina rangiga o‘tguncha natriy gidrooksidi bilan titrlanadi.
Eritma formalin qo‘shilgach rozoviy rang hosil qiladi. Titrlash davomida eritma rangi dastlabki sarg‘ish rangga, so‘ngra malina rangga o‘tadi. Bu esa titrlash ni’oyasiga etganligini bildiradi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin