Organik mineral o‘g‘itlar- organik va mineral o‘g‘itlardan tayyorlangan aralashma.
Bakterial o‘g‘itlar - mikroorganizmlardan tashkil topgan bo‘lib, ular tuproqning tarkibida ozuqa moddalarni to‘plash xususiyatiga egadir.
Murrakab o‘g‘it - kimyoviy usul bilan sintez qilingan yagona moddaga. Masalan ammofos, nitrofoska.
Oddiy superfosfat - fosforitlarning sulfat kislota bilan parchalash natijasida olingan maxsulot.
Qo‘shsuperfosfat - tabiatdagi fosforitlarni fosfor kislotasi bilan parchalash natijasida olingan maxsulot.
Ammoniy selitra - 35,5% azotga ega bulgan azotga boy bulgan ugitlar turkumi.
Reaksiyaning sezgirligi-aniqlanayotgan modda yoki ionning eng kam miqdorini aniqlash imkoniyati.
Tanlab ta’sir etuvchanlik-reagentning ma’lum sondagi moddalar yoki ionlar bilangina reaksiyaga kirishishi.
Reagent-kimyoviy reaksiyaga sabab bo‘lgan modda.
Reaksiyaning sezgirligi-ayni reaksiyaning olib borilayotgan ligini ko‘rsatadigan aniqlanadigan modda yoki ionning minimal miqdori.
Muvozanat konsentratsiya-bu eritilgan modda ma’lum shaklining konsentratsiyasi
Aktivlik-bu effektiv konsentratsiya (a), ya’ni eritmaning ideal eritma emasligining o‘lchovi.
Aktivlik koeffitsienti-ionnning zaryadi va eritmaning ion kuchiga bog‘liq bo‘lgan kattalik.
Elektrostatik kuchlar-bu zaryadlangan zarralar, ya’ni ionlar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari.
Kimyoviy muvozanat-to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezliklarining tengligi holati.
Termodinamik muvozanat konstanta KT-reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati va haroratga bog‘liq bo‘lgan doimiy qiymat.
Konsentratsion muvozanat konstanta KS-reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati, eritmaning harorati va ion kuchiga bog‘liq bo‘lgan doimiy qiymat.
SHartli muvozanat konstanta KSH-reaksiyaga kirishuvchi moddalar tabiati, eritma harorati, ion kuchi va raqobat reaksiyaga kirishuvchi begona moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan doimiy qiymat.