O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Material balansi tenglamasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə175/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Material balansi tenglamasi-berilgan element yoki guruhning hamma shakllari konsentratsiyalari yig‘indisi, shu element yoki guruhining dastlabki konsentratsiyasiga tengligidir.
Gidroliz-bu eritilgan tuz ionlarining suv molekulalari bilan o‘zaro ta’sir reaksiyasi.
Qo‘shaloq tuzlar-ikkita turli xil metall ionlari (yoki biri ammoniy) bilan kislota qoldig‘i ionlaridan tarkib topgan suvda eruvchan tuzlar.
Kompleks birikma-kompleks hosil qiluvchi musbat ionning manfiy ionlar yoki neytral molekulalar bilan koordinatlashuvidan hosil bo‘lgan birikma.
Beqarorlik konstantasi-kompleksning ionlarga ajralish (parchalanish) konstantasi.
Barqarorlik konstantasi-beqarorlik konstantasiga teskari bo‘lgan kattalik.
Termodinamik barqarorlik konstantasi-moddaning tabiati va haroratga bog‘liq bo‘lgan hosil bo‘lish muvozanat konstantasi.
Hosil bo‘lish funksiyasi-ligandning kompleksga bog‘langan qismi konsentratsiyasining metall ioni umumiy konsentratsiyasiga nisbati.
Organik reagent-tarkibida metall ioni bilan kompleks hosil qiluvchi bitta yoki bir necha funksional guruh tutgan organik birikma.
Oksidlovchi-elektron qabul qiladigan zarracha.
Qaytaruvchi-elektron beradigan zarracha.
Elektr yurituvchi kuch (E.YU.K.)-berilgan qaytaruvchi elektronlarining berilgan oksidlovchiga o‘ta olish qobiliyati.
Eruvchanlik ko‘paytmasi-qiyin eruvchan elektrolitning to‘yingan eritmasidagi ionlar aktivligining ko‘paytmasi o‘zgarmas haroratda doimiy miqdordir.
Faza-geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralgan ayrim qismlari.
Tuz effekti-qiyin eruvchan birikmalar eruvchanligiga begona ismli ionlar ta’siri.
Gomogen sistema-bir jinsli sistema.
Suyuqlantirish-analizga olingan modda kislota yoki asoslarda erimasa ba’zi quruq tuzlar yordamida qizdirib, eriydigan holda keltirilishi.
Kristall cho‘kma-aniq shaklga ega bo‘lgan moddaning agregat xolati

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin