Nomzodlar ushbu va boshqa mezonlar bo‘yicha baholangandan so‘ng zaxiraning dastlabki ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilib, unga aniqlik kiritiladi.
Nomzodlarnitayyorlash. Kadrlar zaxirasi uchun munosib nomzodlarni tanlab olishning o‘zi kifoya qilmaydi. Ular kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozimda muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishlari uchun tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak.
Ma’muriyat zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun quyidagi dasturlardan foydalanadi:
Umumiydastur. U nomzodlarni nazariy tayyorgarlikdan o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, asosan ishlab chiqarishni boshqarish nazariyasi va amaliyotdan iborat bo‘ladi. Nomzodlarning mazkur dasturni egallashlari imtihon olish orqali aniqlanadi.
ixtisosliklari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, alohida-alohida o‘qitiladilar. Ushbu dasturda amaliy o‘yinlar, ishlab chiqarishning muayyan muammolarini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi o‘qitish shakllaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Nomzodlar o‘z ixtisosliklari bo‘yicha ishlab chiqarishni takomillashtirish yuzasidan aniqtakliflar tayyorlab, ekspert komissiyasi ishtirokida bu takliflarni himoya qiladilar.
Shaxsiydastur. Unda har bir nomzodning samarali faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda, shu jumladan, xorijiy kompaniya va firmalarda hamda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozimda stajirovkadan o‘tishlari ko‘zda tutiladi.
Ijtimoiy-psixologiktayyorgarlik. Nomzodlarning yangi lavozimiga ko‘nikish jarayonini engillashtirish uchun boshqaruvning ular uchun yangi bo‘lgan tizimiga jalb etiladilar hamda bu xodimlar o‘zaro munosabat qoidalari, qaror qabul qilish texnologiyalari bilan batafsil tanishtiriladilar. Shu bilan birga nomzodlar yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng shu darajadagi mehnat jamoasi bilan tanishtiriladi. Bu o‘rinda ko‘pchilik nomzodlar uchun ular maqomining o‘zgarishi (avval hamkasblari bo‘lgan jamoaga rahbarlik qilish) jiddiy muammoga aylanadi. Shuning uchun yosh rahbarni ham, u boshqaradigan jamoani ham yangi o‘zaro munosabatlarga ko‘niktirish shakl-tamoyillarini oldindan puxta rejalashtirib qo‘yish foydalidir.