Topshirilgan ishning o‘z vaqtida va
yuqori sifatli bajarilishi
5
Hodimlar bilan aloqa o‘rnata olish,
guruhda ishlay bilish xususiyati
6
Hissiyotida vazminlik, murakkab
vaziyatlarda o‘zini tuta olish xususiyati
7
Ishchanlik
8
Mas’ulyat, intizomlilik
9
O‘z-o‘ziga obektiv baho bera olishi
10
Tashkilotchilik qobilyati
11
O‘qishga layoqati
12
Kasbini takomillashtirish va lavozimda
ko‘tarilishiga intilishi
Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borishni tashkil etish (11.3.2-rasm) quyidagilarni ko‘zda tutadi.
Anketa ma’lumotlar
Ekspert baholari
Test sinovlari
Rahbarlik lavozimigako’tarish 11.3.2-rasm. Kadrlar zahirasi bilan ish olib borish
1. Xodimlarnirivojlantirishnirejalashtirish. Bu — boshqaruv lavozimi (kasb) da kelajakda o‘sishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
—Nomzodlarni rivojlantirish. Bu — rejalashtirilgan tadbirlar — nazariy va amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni takomillashtirish, aniq vazifalarni bajarishdir.
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirishdir (11.3.3- rasm).
Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni o’rganish
Rahbarlik lavozimlarni yangi ro’yhatini tuzish
Kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish holatini tahlili
Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlash shaxsiy rejalarini ishlab chiqarish va tasdiqlash
Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlash yo’nalishlarini aniqlash
Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tarmoq tizimida o’qitish
Bo’limlarda nazoratni amalga oshirish
Kadrlar tayyorlash bo’limlarida nazoratni amalga oshirish
Korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari tomidan nazorat
Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari huzurida ko’rib chiqish
Kadrlarzaxirasibilan isholibborish
Bo’lim har bir lavozim bo’yicha kadrlar zaxirasining tayyorgarlik darajasini aniqlash va kadrlar bo’limiga takliflar kiritish
Taqdim etilgan hujjatlarni korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari huzurida ko’rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash
Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo’limi va kadrlarni tayyorlash bo’limida tahlil etish hamda korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari huzurida ko’rib chiqish uchun tayyorlash
Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko’rib chiqish va lavozimga tayyorlash to’g’risida qaror qabul qilish
11.3.3-rasm. Korxonada kadrlar zahirasini shakllantirish va ular bilan ish olib borish Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun, eng avvalo, quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
—zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
—zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
—zaxiraga tanlab olish mezonlarini belgilash;
—zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash tizimini ishlab chiqish;
—zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini belgilash;
—personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish yuzasidan vazifalari.
Zaxiranishakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodimlarni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
—zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni, dastlabki o‘rganish va baholash;
—zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
—zaxira tarkibiga kiritish;
—zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
—zaxira tayyorlashni baholash.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlarni shakllantirishda esa, eng avvalo, bu nomzodlarni baholash kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish ham bir necha bosqichdan iborat.
Zaxiragabo‘lganehtiyojnitahliletish. Zaxirani shakllantirishga kirishishdan avval quyidagilarni aniqlab olish muhimdir:
—korxona personali tarkibidagi o‘zgarishlar prognozi;
—xodimlarni lavozimda o‘stirishning takomillashtirilishi;
—nomenklaturadagi lavozimlarning zaxira bilan ta’minlanganlik darajasi;
har bir lavozim yoki lavozimlar guruhiga zaxiradan nechtadan nomzod to‘g‘ri kelishi.
Ana shu taxlillar natijasida zaxiraga joriy va istiqboldagi ehtiyoj aniqlab olinadi.