Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
1. Ishdagi natijalar bahosi. Bu baholash ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchisida quyidagilar qayd etiladi:
—belgilangan maqsadlar bilan taqqoslangan holdagi erishilgan natijalar;
—rejalashtirish bilan taqqoslangan holdagi yangi vazifa va ko‘nikmalarning egallanishi;
—o‘qitish dasturining egallanishi;
—chet tillarining o‘rganilishi.
Ikkinchi bosqichda erishilgan reyting natijalari aniqlanadi. Bunda natijalarni baholash bo‘yicha quyidagi mezonlar tanlanadi:
ish natijasi — bir yil avval belgilab qo‘yilgan maqsadlarga erishilganligining umumiy natijasi;
vazifa va malakani egallash natijasi — bir yil avval belgilab qo‘yilgan vazifa va malakani egallashda erishilgan umumiy natijalar;
v) ro‘y bergan o‘zgarishlarga qo‘shilgan ulush — mazkur ish uchastkasida qo‘llanish imkoniyatini beradigan o‘zgartirishlar kiritish jarayonida erishilgan natijalar;
g) boshqalar muvaffaqiyatiga qo‘shilgan ulush — xodimning o‘z bo‘limi umumiy muvaffaqiyatiga qo‘shgan ulushini ifoda etadi.
Ushbu natijalar umumlashtirilib va taxlil etilib, erishilgan natija reytingi aniqlanadi. Reytinglar quyidagicha baholanadi:
qoniqarsizlikka yaqin — baholashning mazkur mezoni bo‘yicha xodim zaifligi, unda mazkur ish uchastkasidagi vazifalarni hal etishda muammolar mavjudligidan dalolat beradi;
yaxshi — xodim mazkur uchastka mehnat faoliyatini amalga oshiradiganlarga qo‘yiladigan talablarni to‘la hajmda bajara olishini anglatadi;
v) juda yaxshi — xodimning baholash mezoni bo‘yicha ish natijalari mazkur uchastka uchun talab qilinadigan darajadan hamisha yuqori bo‘lganligini aks ettiradi;
g) oliy — xodim mehnat faoliyatida hamisha eng yuksak natijalarga erishishini ko‘rsatadi.
Ushbu reyting ko‘rsatkichlaridan xodim shaxsiy amaliy sifatlarining mutlaq bahosini aniqlash uchun foydalaniladi.
Ishni uzil-kesil baholash bir darajali xodimlar guruhi doirasida nisbiy baholash natijalari bo‘yicha chiqariladi.