O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə136/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

To’rtinchi bosqich

Jumladan, o‘rta bo‘g‘in (bo‘linmalar) rahbarligiga lavozimda o‘stirish besh bosqichdan iboratdir (11.2.14-rasm).
Birinchi bosqich bazaviy institutlar yoki boshqa oliy o‘quv yurtlaridan amaliyot uchun yuborilgan talabalar bilan ish olib borish.
Ikkinchi bosqich korxonaga ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar bilan ishlashdir.
Uchinchi bosqichda boshqaruv quyi bosqichi rahbarlari bilan ish olib boriladi.
To‘rtinchi bosqichda boshqaruvning o‘rta bo‘g‘ini rahbarlari bilan ish olib boriladi.
Beshinchi bosqichda yuqori bo‘g‘in rahbarlari bilan ish olib boriladi.
Bugungi amaliyotda yuqori bo‘g‘in rahbarligi lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlashni tanlov asosida amalga oshirish tajribasi ham mavjud. Bu tanlovni yuqori bo‘g‘in rahbarlari, tegishli mutaxassislar, shu jumladan mustaqil ekspertlardan iborat maxsus komissiya o‘tkazadi.

















Rahbarlik karerasi


Mutaxassislik karerasi



11.2.15-rasm. Personal karerasini rivojlantirishning yapon modeli

Boshqaruv xodimlari karyerasini rivojlantirishda chet el tajribasini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shu jihatdan Yaponiya kompaniyalarida xizmat vazifasi va lavozimda o‘stirish tajribasi (11.2.15- rasm) diqqatga sazovordir.


Personal rotatsiyasi xodimlar salohiyatini aniqlash, ularning kasbiy, aqliy va ijodiy imkoniyatlaridan eng maqbul ravishda foydalanish (xodim layoqatiga mos ishni topish) maqsadida amalga oshiriladi.
Personal rotatsiyasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir:

  • xodimlarning yangi vakolatlarga ega bo‘lishlariga, ularni iloji boricha samaraliroq mehnat qilishga, samaradorlikni eng yuqori darajada saqlab turishga qiziqtirish;

—xodim egallab turgan lavozimi doirasida xizmat vazifalarini kengaytirish va ishlab chiqarish vazifalarini murakkablashtirish hisobiga personal sonini qisqartirish;
—xodimning shaxsiy kasbiy istiqbolini aniq belgilash;
—o‘z xizmat vazifasida va lavozimda o‘sishini korxona bilan bog‘laydigan sadoqatli xodimlarni tanlash.
Personal rotatsiyasiamaliyotdagi tajribaga ko‘ra quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
—yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun — 5—7 yilda bir marta;
—o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari uchun — 3—5 yilda bir marta;
—ishchilar uchun — ishlab chiqarish ehtiyojlariga qarab, lekin yiliga kamida bir marta.
Bir xil lavozimda ishlash (yangi vazifalarni, turdosh ish usullarini o‘rganish) davomiyligi tegishli rahbar tomonidan belgilanadi va bir haftadan bir yilgacha bo‘lishi mumkin. Bunda eng asosiy mezon xodim yangi vazifalarni yuqori sifatli bajarishga o‘rganishi uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘lishi lozim.
Rotatsiyaga muvofiq boshqa xizmat vazifasi va lavozimda bo‘lgan xodim erishgan shaxsiy natijalari baholanadi. Ushbu baholash ikki qismdan iborat bo‘ladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin