Jumladan, o‘rta bo‘g‘in (bo‘linmalar) rahbarligiga lavozimda o‘stirish besh bosqichdan iboratdir (11.2.14-rasm).
Birinchibosqich bazaviy institutlar yoki boshqa oliy o‘quv yurtlaridan amaliyot uchun yuborilgan talabalar bilan ish olib borish.
Ikkinchibosqich korxonaga ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar bilan ishlashdir.
Uchinchi bosqichda boshqaruv quyi bosqichi rahbarlari bilan ish olib boriladi.
To‘rtinchi bosqichda boshqaruvning o‘rta bo‘g‘ini rahbarlari bilan ish olib boriladi.
Beshinchibosqichda yuqori bo‘g‘in rahbarlari bilan ish olib boriladi.
Bugungi amaliyotda yuqori bo‘g‘in rahbarligi lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlashni tanlov asosida amalga oshirish tajribasi ham mavjud. Bu tanlovni yuqori bo‘g‘in rahbarlari, tegishli mutaxassislar, shu jumladan mustaqil ekspertlardan iborat maxsus komissiya o‘tkazadi.
Rahbarlikkarerasi
Mutaxassislikkarerasi
11.2.15-rasm.Personalkarerasinirivojlantirishningyapon modeli
Boshqaruv xodimlari karyerasini rivojlantirishda chet el tajribasini ham hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shu jihatdan Yaponiya kompaniyalarida xizmat vazifasi va lavozimda o‘stirish tajribasi (11.2.15- rasm) diqqatga sazovordir.
Personalrotatsiyasixodimlar salohiyatini aniqlash, ularning kasbiy, aqliy va ijodiy imkoniyatlaridan eng maqbul ravishda foydalanish (xodim layoqatiga mos ishni topish) maqsadida amalga oshiriladi.
Personal rotatsiyasining maqsad va vazifalari quyidagilardan iboratdir:
xodimlarning yangi vakolatlarga ega bo‘lishlariga, ularni iloji boricha samaraliroq mehnat qilishga, samaradorlikni eng yuqori darajada saqlab turishga qiziqtirish;
—xodim egallab turgan lavozimi doirasida xizmat vazifalarini kengaytirish va ishlab chiqarish vazifalarini murakkablashtirish hisobiga personal sonini qisqartirish;
—xodimning shaxsiy kasbiy istiqbolini aniq belgilash;
—o‘z xizmat vazifasida va lavozimda o‘sishini korxona bilan bog‘laydigan sadoqatli xodimlarni tanlash.
Personal rotatsiyasiamaliyotdagi tajribaga ko‘ra quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
—yuqori bo‘g‘in rahbarlari uchun — 5—7 yilda bir marta;
—o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari uchun — 3—5 yilda bir marta;
—ishchilar uchun — ishlab chiqarish ehtiyojlariga qarab, lekin yiliga kamida bir marta.
Bir xil lavozimda ishlash (yangi vazifalarni, turdosh ish usullarini o‘rganish) davomiyligi tegishli rahbar tomonidan belgilanadi va bir haftadan bir yilgacha bo‘lishi mumkin. Bunda eng asosiy mezon xodim yangi vazifalarni yuqori sifatli bajarishga o‘rganishi uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘lishi lozim.
Rotatsiyaga muvofiq boshqa xizmat vazifasi va lavozimda bo‘lgan xodim erishgan shaxsiy natijalari baholanadi. Ushbu baholash ikki qismdan iborat bo‘ladi.