Korxonalarda personal karyerasini rivojlantirish rejalari
quyidagi xususiyatlarga ega:
Xodimning mehnat staji ortishi bilan uning lavozimda o‘sishi tezlashmaydi. Xodimning bir lavozimdagi staji qancha ko‘p bo‘lsa, uning navbatdagi yuqori lavozimga ko‘tarilish ehtimoli shuncha kamayib boradi. Ya’ni lavozimdagi staj mansabda ko‘tarilish mezoni
hisoblanmaydi.
Lavozimda ko‘tarilish tezligi turli lavozimlar uchun bir xil emas. Boshqalarga ko‘ra muhandis va ustalar, ayniqsa 30—39 yoshdagi muhandis va ustalar sekinroq ko‘tariladi.
Mutaxassislar lavozimda asosan vertikal bo‘yicha o‘stiriladilar, ya’ni ularning lavozimi yuqori bo‘lgan sari ish xaqlari ham ortib boradi. Mutaxassislarning ko‘p hollarda tegishli kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun o‘zlari egallab turgan lavozimlarga o‘xshash boshqa vazifalarda ishlab ko‘rish istaklari bo‘lsa ham amaliyotda ularni karyerada gorizontal siljitish usuli yetarli darajada qo‘llanilmaydi.
Mutaxassislarning mehnat faoliyatiga nisbatan qarashlari bir xil emas. 30 yoshdagi mutaxassislar mehnat faoliyati ijodiy yondashuvni talab etadigan ishlarni ko‘proq yoqtiradilar. Bundan kattaroq yoshdagi mutaxassislar uchun mehnat jarayonida hamkasblari bilan ko‘proq o‘zaro muloqotda bo‘lishi muhimroqdir. Personal bilan ishlashda bu xususiyatlar hisobga olinishi kerak.
Mutaxassislar karyerasini rivojlantirish obyektiv omillar bilan bevosita bog‘liq. Mehnatni tashkil etish, uni rag‘batlantirish, attestatsiyani tashkil etish va uni o‘tkazish, jamoadagi ma’naviy- psixologik muhit, rahbarlik darajasi va hokazolar ana shu omillar hisoblanadi.
Rahbarlar karyerasini rivojlantirishda ikki toifa rahbarlarni mansabda ko‘tarish nazarda tutiladi:
—yuqori bo‘g‘in rahbarligiga lavozimda o‘stirish;
o‘rta bo‘g‘in (bo‘linmalar) rahbarligiga lavozimda o‘stirish.
Birinchibosqich
Yosh mutaxassisni kasbga yo’naltirish va kasbga ko’niktirish
Mehnat faoliyati
Ikkinchi bosqich
Baholash va A kadrlar zahurasi guruhiga saralab olish
O’qitish
Stajirovka
Mehnat faoliyati
Uchinchibosqich
O’qitish
Stajirovka
Mehnat faoliyati
Boshqaruv o’rta bo’g’in lavozimida mehnat faoliyati
O’qitish
Stajirovka
Mehnat faoliyati
Bosqaruv yuqori bo’g’in lavozimida mehnat faoliyati
11.2.14-rasm. Korxonada o’rta bo’g’in rahbarlari karerasini rivojlantirish