Bevosita ishchini xizmat vazifasida o‘stirishni rejalashtirish, uni rejali ravishda o‘qitish hamda ishchi shaxsiy manfaatlari va ishlab chiqarish ehtiyojlarini hisobga olgan holda uni oddiy mehnat faoliyati turlaridan murakkablari, kasbiy mahoratning quyi darajalaridan yuqori darajalariga sari rivojlantirishni nazarda tutadi (11.2.8-rasm - rasm).
11.2.8-rasm. Ishchilarni xizmat vazifasida o’stirishni rejalashtirish
Shu bilan birga ishchini xizmat vazifasida o‘stirishni rejalashtirish ularning rahbarlik, mutaxassis va xizmatchi vazifalarini bajarishga o‘tishlari mumkinligini ham ko‘zda tutishi mumkin. Bu holda dastlabki rejalarga tegishli o‘zgarishlar kiritiladi.
Ishchini xizmat vazifasida gorizontal o‘stirish, ya’ni uni o‘z kasbining ustasi deb e’tirof etilishi darajasiga ko‘tarish ishchi kasbiy nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Xodimning aqliy salohiyati, kasb mahorati, korxonasi, iqtisodiyotga shaxsiy amaliy ulushi, mehnat staji yoki salomatligi uni lavozimda o‘stirishni rejalashtirish uchun asos
bo‘ladi.
Bugungi kunda xizmat vazifasi va lavozimda o‘stirishning eng ko‘p tarqalgan to‘rt turi: “Tramplin", “Narvon", “Chorraha" va “Ilon"turlarimavjuddir Rahbarning ishdan bo‘shatilgandan so‘ng ko‘p yillik tajribasidan mutlaqo foydalanmaslik “Tramplin" usulining eng muhim kamchiligi hisoblanadi.