O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə140/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

11.3-jadval


Zaxiradagi hodimni baholash varag‘i

T/ R



Mezonlar

Baholar

5


4


3


2


1


Javob berishga
qiynalaman

1

Tahlil etish, mantiqan fikrlash qobilyati



















2

Qaror qabul qilishdagi mustaqillik



















3

Tashabbuskorlik



















4

Topshirilgan ishning o‘z vaqtida va
yuqori sifatli bajarilishi



















5

Hodimlar bilan aloqa o‘rnata olish,
guruhda ishlay bilish xususiyati



















6

Hissiyotida vazminlik, murakkab
vaziyatlarda o‘zini tuta olish xususiyati



















7

Ishchanlik



















8

Mas’ulyat, intizomlilik



















9

O‘z-o‘ziga obektiv baho bera olishi



















10

Tashkilotchilik qobilyati



















11

O‘qishga layoqati



















12

Kasbini takomillashtirish va lavozimda
ko‘tarilishiga intilishi



















Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borishni tashkil etish (11.3.2-rasm) quyidagilarni ko‘zda tutadi.



Anketa ma’lumotlar

Ekspert baholari

Test sinovlari









Rahbarlik lavozimiga ko’tarish
11.3.2-rasm. Kadrlar zahirasi bilan ish olib borish


1. Xodimlarni rivojlantirishni rejalashtirish. Bu — boshqaruv lavozimi (kasb) da kelajakda o‘sishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Nomzodlarni rivojlantirish. Bu — rejalashtirilgan tadbirlar — nazariy va amaliy (boshqaruv) bilimlarni, ko‘nikmalarni takomillashtirish, aniq vazifalarni bajarishdir.
Zaxirani shakllantirish umuman korxonada hamda uning bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun maxsus tanlab olingan nomzodlarni aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirishdir (11.3.3- rasm).

Tashkiliy-me’yoriy hujjatlarni o’rganish

Rahbarlik lavozimlarni yangi ro’yhatini tuzish

Kadrlar tarkibi va ularni joy-joyiga qo’yish holatini tahlili

Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili




Lavozim yo’riqnomalari va nomzodlarini o’rganish

Xodimlarga asosiy talablarni aniqlash

Avvalgi lavozimlardagi ish natijalarini o’rganish

Nomzod amaliy va shaxsiy sifatlarining talabga muvofiqligini belgilash

Rahbarlik lavozimlari miqdorini aniqlash tahlili




Bo’linmalarining zaxira bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish

Ko’zda tutilayotgan zaxira bo’yicha takliflarni himoya qilish

Takliflarni kadrlar bo’limi boshlig’iga taqdim etish

Zaxiraning korxona rahbari tomonidan ko’rib chiqarilishi va tasdiqlashi

Zaxirani har yil qayta ko’rib chiqish




Shaxsiy rejalar ijrosini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil etish

Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlash shaxsiy rejalarini ishlab chiqarish va tasdiqlash

Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlash yo’nalishlarini aniqlash

Zaxiraga kiritilgan nomzodlarni tarmoq tizimida o’qitish




Bo’limlarda nazoratni amalga oshirish

Kadrlar tayyorlash bo’limlarida nazoratni amalga oshirish

Korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari tomidan nazorat

Kadrlar zaxirasini tayyorlashning borishini muntazam ravishda korxona rahbari huzurida ko’rib chiqish






Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish

Bo’lim har bir lavozim bo’yicha kadrlar zaxirasining tayyorgarlik darajasini aniqlash va kadrlar bo’limiga takliflar kiritish

Taqdim etilgan hujjatlarni korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari huzurida ko’rib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash

Taqdim etilgan takliflarni kadrlar bo’limi va kadrlarni tayyorlash bo’limida tahlil etish hamda korxona rahbarining personal bo’yicha o’rinbosari huzurida ko’rib chiqish uchun tayyorlash

Xulosalarni korxona rahbari tomonidan ko’rib chiqish va lavozimga tayyorlash to’g’risida qaror qabul qilish



11.3.3-rasm. Korxonada kadrlar zahirasini shakllantirish va ular bilan ish olib borish
Zaxirani shakllantirish yuzasidan ishlarni tashkil etish uchun, eng avvalo, quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
—zaxirani shakllantirish maqsadlarini aniqlash;
—zaxirani shakllantirish tamoyillarini belgilash;
—zaxiraga tanlab olish mezonlarini belgilash;
—zaxira lavozimda ko‘tarilishi uchun tayyorligini baholash tizimini ishlab chiqish;
—zaxirani shakllantirish va undan foydalanish usullarini belgilash;
—personalni boshqarish xizmatining kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish yuzasidan vazifalari.
Zaxirani shakllantirish usuli odatda kompaniya yoki firmaning kadrlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomida aks ettiriladi. Personal ushbu hujjatdan yaxshi xabardor bo‘lishi darkor, chunki xodimlarni zaxiraga kiritish ular uchun katta qiziqtirish kuchiga ega.
Zaxirani shakllantirish quyidagi bosqichlardan iboratdir:
—zaxiraga kiritishga mo‘ljallangan nomzodlarni, dastlabki o‘rganish va baholash;
—zaxira tarkibiga nomzodlarni saralash;
—zaxira tarkibiga kiritish;
—zaxirani tayyorlashni tashkil etish;
—zaxira tayyorlashni baholash.
Aniq lavozimga zaxiraga kiritilishi mo‘ljallangan nomzodlarni shakllantirishda esa, eng avvalo, bu nomzodlarni baholash kerak. Baholash jarayonida nomzodning kelajakda egallashi mo‘ljallanayotgan lavozim talablariga naqadar muvofiqligi aniqlanadi.
Kadrlar zaxirasi bilan ish olib borish ham bir necha bosqichdan iborat.

  1. Zaxiraga bo‘lgan ehtiyojni tahlil etish. Zaxirani shakllantirishga kirishishdan avval quyidagilarni aniqlab olish muhimdir:

—korxona personali tarkibidagi o‘zgarishlar prognozi;
—xodimlarni lavozimda o‘stirishning takomillashtirilishi;
—nomenklaturadagi lavozimlarning zaxira bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • har bir lavozim yoki lavozimlar guruhiga zaxiradan nechtadan nomzod to‘g‘ri kelishi.

Ana shu taxlillar natijasida zaxiraga joriy va istiqboldagi ehtiyoj aniqlab olinadi.

  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin