Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
Zaxirani shakllantirish va zaxira tarkibiga kiritilgan xodimlar ro‘yxatini tuzish.
Buning uchun quyidagi usullardan qo‘llaniladi:
hujjatlarni tahlil etish. Birinchi navbatda, xodim mehnat faoliyati to‘g‘risida hisobotlar, uning tarjimai holi, xodimga berilgan tavsifnoma, attestatsiya natijalari va boshqa hujjatlar o‘rganib chiqiladi;
—maxsus ishlab chiqilgan reja yoki savolnoma bo‘yicha xodim bilan suhbat (uning qiziqishlari, ehtiyojlari va boshqa qiziqtiruvchi ma’lumotlarni aniqlash uchun);
—xodimning o‘zini qanday tutishini turli vaziyatlar (ishlab chiqarishda, turmushda va hokazo)da kuzatish;
mehnat faoliyati natijalarini (mehnat unumdorligi, bajarayotgan ishi sifati, boshqarayotgan bo‘linmasining ko‘rsatkichlari va hokazolar) baholash;
lavozimga muvofiqligini aniqlash. Buning uchun zaxiraga kiritilayotgan xodim amaliy va shaxsiy sifatlari u egallashi mo‘ljallanayotgan lavozimga qo‘yilgan talablar bilan taqqoslanadi;
—zaxiraga nomzod uchun ma’lumoti, yoshi, ish staji va hokazolar bo‘yichatalablar;
—so‘nggi attestatsiya xulosalari va tavsiyalari;
—rahbarlar, ayniqsa bevosita rahbarining, hamkasblari va mehnat jamoasining zaxira nomzodi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalari;
—nomzod salohiyatini baholash (tashkilotchilik qobiliyati, topshirilgan ishga ijodiy yondashish, bilim va malaka doirasini kengaytirishga qiziqish, mehnat nizolarini oqilona hal eta olish, o‘z nuqtai nazarini qat’iy ximoya qila olish, asoslangan tavakkalchilikka, katta mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyorlik va hokazolar.