Natijalarninisbiybaholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
—ekspert — mutaxassislar guruhini tanlash;
—mazkur daraja bo‘yicha xodimlar guruhini shakllantirish;
—baholash muddatini belgilash;
—reyting bo‘yicha joy-joyiga qo‘yish tartibini aniqlash;
—natijalarni qayd etish;
—axborotlarni xodimlarga yyetkazish.
Rahbar tomonidan xodimlarni shaxsiy baholash amalga oshirilgandan so‘ng kelgusi yil uchun vazifalar belgilab beriladi:
—kasbiy faoliyat sohasidagi vazifalar — xodim kelgusi yil davomida mehnat faoliyatida erishishi kerak bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar, bu reja nazorat qilib boriladigan muddatlar;
—yangi vazifalar va malakani egallash sohasidagi vazifalar;
—kelgusi yilda ushbu masalalar bo‘yicha erishish talab qilinadigan natijalar va bu maqsadlarga erishish vositalari.
Personal erishgan natijalar bo‘yicha korxona har bir bo‘linma va xizmatining reytingi hisoblanadi. Mazkur reyting ko‘rsatkichlari xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lim va xizmatlar anikdanadi.
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash
Kadrlarzaxirasi deyilganda o‘z amaliy va shaxsiy sifatlari bo‘yicha muayyan darajadagi rahbarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan, saralashdan, maxsus boshqaruv va kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda rahbarlik faoliyatini amalga oshirishga qodir bo‘lgan xodimlarning maxsus shakllantirilgan guruhi tushuniladi.
11.3.1-rasm. Personalni boshqarish hamda kadrlar zahirasi bilan ishlashyo‘nalishlariningo‘zaro bog‘liqligi Personal bilan ish olib borishning boshqa ko‘pgina yo‘nalishlari kabi kadrlar zaxirasi bilan ishlash ham kompleks xarakterga ega va o‘zaro bog‘liqdir (11.3.1- rasm).
Zaxiraga kiritishning ikki turi mavjud.