O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə139/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

rivojlantirish zaxirasi. Ularga korxonaning yangi yo‘nalishlari (ishlab chiqarish yo‘nalishlari o‘zgartirilganda, yangi texnologiyalar joriy etilganda, yangi mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganda) doirasida faoliyat yuritishga tayyorlanayotgan rahbar va mutaxassislar kiritiladi. Mazkur xodimlar rahbarlik lavozimida o‘sishni, yoki xizmat vazifasida o‘sishni tanlab olishlari mumkin;

  • funksiyali zaxira. Bu guruhga kelajakda korxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga umid qilinadigan rahbarlar va mutaxassislar kiritiladi. Ushbu xodimlar xizmat pillapoyalaridan yuqoriga ko‘tarilishga yo‘naltirilgan bo‘ladilar.
    1. Lavozimga tayinlash muddati bo‘yicha:


    A” guruhi — asosiy zaxira, ya’ni ayni vaqtda yuqori lavozimga ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar;
    B” guruhi — istiqbolli zaxira. Bu guruhga yaqin 1 —3 yil ichida rahbarlik lavozimiga ko‘tarish mo‘ljallangan nomzodlar kiritiladi.
    Istiqbolli zaxira tarkibi 35 yoshgacha bo‘lgan, korxona bo‘linmalarida mehnat faoliyati bilan o‘zini ko‘rsatgan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega yosh xodimlar hisobiga shakllantiriladi. Ular reyting usulida baholashdan foydalanilgan holda o‘qitiladi.
    Zaxirani shakllantirish tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

    1. Zaxira muhimligi tamoyili lavozimlarni egallashga aniq ehtiyojni hisobga olishni anglatadi. Bu tamoyilga muvofiq zaxira tarkibi shunday shakllantirilishi kerakki, unga kiritilgan xodimlar amalda lavozimda o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.

    2. Nomzodning lavozim va zaxira turiga muvofiqligi tamoyili nomzodning muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sifatlari va malakalarini, bu lavozimga qo‘yilgan talablarni hisobga olish demakdir.

    3. Nomzodning istiqbolligi tamoyili. Bu tamoyilga muvofiq quyidagilar hisobga olinishi kerak:

    —kasbiy o‘sishga yo‘naltirish;
    —ma’lumot darajasiga bo‘lgan talab;
    —yoshga bo‘lgan talab;
    —lavozimdagi ish staji hamda umuman karyera dinamikasi;
    —salomatlik ahvoli.
    Zaxirani tayyorlash muddati tugagach hamda kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha shaxsiy reja bajarilgandan so‘ng zaxira tayyorgarligi baholanadi (11.6- jadval).
    Zaxiraning shaxsiy tarkibi muntazam ravishda (odatda har 6 oyda) personalni boshqarish xizmati tomonidan ko‘rib chiqilishi, zarurat
    bo‘lsa, bu tarkibga xodimlarning shaxsiy muvaffaqiyatlari (attestatsiya natijalariga ko‘ra), rahbarlik lavozimiga ehtiyojlar hamda kadrlarni joy- joyiga qo‘yishdagi o‘zgarishlar hisobga olingan holda aniqlik kiritilishi darkor.

    Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin