Personalkaryerasinirivojlantirishnirejalashtirish — bu muayyan rahbar yoki mutaxassis uchun ularning mehnat faoliyati davomida xizmat vazifalari yoki lavozimni egallashlari ehtimol tutilayotgan tizimini ishlab chiqishdir. Bu xodimning xizmat vazifasi
yoki lavozimda stixiyali holda o‘sishi emas, balki lavozimlarni egallash rejasi asosida karyerasini rivojlantirish va rotatsiyadir77.
Karyerani rivojlantirishni rejalashtirish xodimlarni lavozimda o‘stirishni rivojlantirish maqsadlari hamda bu maqsadlarga erishish yo‘llarini aniqlab olishdan iborat bo‘ladi.
Belgilangan reja asosida egallanishi mo‘ljallanayotgan lavozim talablariga mos kelish uchun nima, qancha vaqtda qilinishi kerak-ligi, bu qanday nazorat qilinishiga aniqlik kiritilishi darkor. Bu — harakatrejasi deb ataladi.
Personal karyerasini rivojlantirishni rejalashtirishda xodimni ishga qabul qilgandan boshlab, uning ishdan bo‘shashigacha bo‘lgan davrda xodim lavozimlar yoki ish joylari tizimi bo‘yicha rejali ravishda gorizontal va vertikal siljishlari tashkillashtirilishi (11.2.7- rasm) muhimdir.
Hodimni yaqinroq lavozimga ko’tarish
Hodim o’z mehnat faoliyatida yetarli malakaga ega deb e’tirof etilgunga qadar lavozim va ish joylari bo’ylab gorizontal rotatsiya
11.2.7-rasm. Karyerani rivojlantirishni rejalashtirish
Personal o‘zining qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbol rejalarnigina emas, shuningdek lavozimda ko‘tarilish uchun mehnat faoliyatida qaysi ko‘rsatkichlarga erishishi kerakligini ham yaxshi bilishi darkor. Xodim ehtiyojlari va maqsadlarini kompaniya yoki firmada mavjud bo‘lgan yoki kelajakda kutilayotgan lavozimda o‘sish
77 Rotatsiya – xodimni moddiy va ma’naviy jihatdan qiziqtirgan holda vazifasi va lavozimida gorizontal siljish
imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirish, personal karyerasini rivojlantirishning umumiy maqsadi hisoblanadi.