Human Resourse Management. Fefteenth Edition/Robert L.Malthis, John H.Jackson Sean R. Valentine. Patricia A. Megllch 2017.2014 Cengage Learning WCN 02.200.206
Абдураҳмонов Қ.Х., ва бошқалар., Инсон
тараққиёти.Дарслик . Т-«Фан ва технология».2014.-234 б 3.Abdurakhmanov K.Kh. Management of tourism: Tutorial. -
Jakarta.: Gundarama Publisher, 2014.-35 с
Карташова Л.В. Управление человеческими ресурсами : Учебник/ Л. В. Карташова. -М.: ИНФРА-М, 2014.-456 с
Motivatsiya– bu insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir. Motivatsiyaning inson o‘zini tutishiga ta’siri ko‘plab omillarga bog‘liq, u individual holat va motivlar ta’sirida hamda inson bilan teskari aloqa ta’sirida o‘zgarishi mumkin
Motiv – bu insonning ma’lum bir harakatlarga undaydigan, uning ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlaridir
Motivatsiya jarayonini to‘rtta asosiy bosqichga ajratish mumkin:
ehtiyojning paydo bo‘lishi (ochlik, chanqoqlik, boshqa insonga intilish, bilim olish istagi va h.k.)
ehtiyojlarni qondirish strategiyasini ishlab chiqish va yo‘llarini qidirish (pitssa sotib olish yoki kafeda tushlik qilish, qiziqib qolgan inson bilan tanishish yoki emotsiyalarini kamaytirish, OO‘YUga o‘qishga kirish yoki mustaqil ta’lim bilan shug‘ullanish)
faoliyat taktikasini belgilash va harakatlarni bosqichma- bosqich amalga oshirish (tez yoki sekin harakatlanish, vositalar topish, harakat yo‘llarini belgilash, imkoniyatlarni baholash, qarorni tanlash va h.k.)
ehtiyojning qondirilishi va moddiy yoki ma’naviy mukofot