1.2-jadval Yapon menejerlari boshqaruv siyosatning yo‘nalishlari8
Inson resurslari (IR) potensialining rivojlanishi
86,6foiz
IR potensialidan puxta foydalanish
78,9foiz
Guruh tarzidagi faoliyatning rivojlanishi
47,1foiz
Katta yoshdagi ish bilan bandlarning rivojlanishiga e’tibor
berish
42,4 foiz
Malaka darajasidagi xilma-xillikni kengaytirish
38,3foiz
Mehnat munosabatlarining barqarorlashuvi
35,3foiz
Mehnatning boyitilishi va rotatsiya
33,9foiz
Motivatsiya fondlarining to‘ldirilishi
29,6foiz
Mehnat sharoitlarining yaxshilanishi
9,4foiz
AQSH kompaniyalarining 1500 ta menejerlari XXI asrdagi inson resurslarini boshqarish (IRB) ning roli haqida quyidagilarni aytadilar:
ertangi ehtiyoj uchun inson resurslarini rejalashtirish korporatsiya strategiyasini shakllantirishning bir qismi hisoblanadi;
inson resurslarini boshqarishning rahbari hamma joyda boshqaruvining yuqori a’zosi bo‘ladi va biznes strategiyasi rejalari, texnologiyasi, bozor mahsulotlari va vositalari haqida to‘liq xabardor bo‘ladi;
IRB ning vazifalari roli protsessual aktivatordan (ma’lumotlar to‘plash va ishlov berish) inson resurslarini tanlash va foydalanishdagi muhim aktivatorga aylanadi;
malaka oshirishdagi asosiy mezonlar uning xilma-xilligi va kengligi, aniq natijalarga erisha olishi, dinamizm, komandada ishlay bilishi, mo‘ljal olishi va ishchanlik ahloqidir;
- IRB ning eng muhim vazifalaridan biri korporatsiya madaniyati, qadriyatlari va maqsadlari birikmasidan iborat bo‘lib qoladi.