BOB. RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA MEHNAT RESURSLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH
TENDENSIYALARI
Mehnat resurslarini rejalashtirish
Kadrlarni rejalashtirish tashkilotning ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, xizmatchilar va umuman, jamiyatning manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Kadrlarni rejalashtirish, shuningdek, inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat
Mavjud xodimlarni baholash
Istiqboldagi xodimlarga bo’lgan talabni rivojlantirish
Xodimlarni rejalashtirish dasturini ishlab chiqish
2.1.1-rasm. Kadrlarni rejalashtirish inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash jarayoni9
Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillariga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:
aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;
tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;
qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;
ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga;
mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
9 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 51-бет.
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur:
doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti;
xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlik salmog‘i, ishchi va xizmatchilar);
xodimlar qo‘nimsizligi;
ish kunining davomligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilining davomligi);
ish haqi,uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori to‘lov;
davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan sotsial- maishiy xizmat (sotsial ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar).
Dostları ilə paylaş: |