O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


BOB. RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA MEHNAT RESURSLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə14/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

BOB. RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA MEHNAT RESURSLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISH


TENDENSIYALARI
    1. Mehnat resurslarini rejalashtirish


Kadrlarni rejalashtirish tashkilotning ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, xizmatchilar va umuman, jamiyatning manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Kadrlarni rejalashtirish, shuningdek, inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat

Mavjud xodimlarni baholash




Istiqboldagi xodimlarga bo’lgan talabni rivojlantirish


Xodimlarni rejalashtirish dasturini ishlab chiqish



2.1.1-rasm. Kadrlarni rejalashtirish inson omiliga bo‘lgan ehtiyojni oldindan aniqlash jarayoni9


Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillariga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:



  • aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;

  • tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;

  • qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;

  • ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuliga.





9 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 51-бет.



2.1.2-rasm. Mehnat bozoridagi jihatlar10




Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur:

  • doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti;

  • xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlik salmog‘i, ishchi va xizmatchilar);

  • xodimlar qo‘nimsizligi;

  • ish kunining davomligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilining davomligi);

  • ish haqi,uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori to‘lov;

davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan sotsial- maishiy xizmat (sotsial ehtiyojlarga ajratiladigan mablag‘lar).




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin