O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Personalni boshqarish – strategik funksiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə11/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Personalni boshqarish – strategik funksiya.


IRMga qiziqishlarni aks ettiruvchi adabiyotlarning juda ko‘p qismi personalni boshqarish mavzusiga bag‘ishlangan. Ko‘pchilik insonlar uchun IRM - strategik masalalarga ko‘proq ahamiyat beruvchi kadrlarni boshqarish amaliyotining boshqacha nomidir.
Ko‘p yillar mobaynida tashkilotlarda personalni boshqarish strategik vazifa hisoblanmas edi. Bu vazifa asosan tashkilotning birlamchi darajasida ish kuchini tartibga solish, ishlab chiqarish (mehnat) munosabatlarini boshqarish masalalarini o‘z ichiga olar edi. Bu masalalar kam hollarda strategik ta’sir yoki hokimiyatga ega bo‘ladi. Biroq, firmalar yaponcha uslublarni, yetakchi firmalar amaliyotini ko‘chirib o‘tkazishga, tashkiliy madaniyatni o‘zgartirishga, tashkiliy maqsadlarga erishishda insonlar hissasini ko‘paytirishga harakat qila
boshlashi bilan personalni boshqarish amaliyoti yanada ko‘p ahamiyat kasb etadi.
Umuman, ishchilarni tanlash jarayonida nomzodlarni sinashning turli usullardan foydalaniladi. Yevropa va Amerika kompaniyalarning ko‘pi tanlash jarayonining ayrim bosqichlarida psihologik testlardan foydalanmokda. Testlar faqat qobiliyatlarni aniqlash va ish sifatini taxmin etish uchungina emas, balki kompaniya tashkiliy madaniyati xususiyatlariga nomzodning to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun ham ishlatiladi. Masalan, “Nissan” korporatsiyasi Shimoliy Angliyada mashina yig‘uvchi yangi zavodga ishchilarni tanlash vaqtida ularning texnik qobiliyatlariga kam ahamiyat bergandilar, chunki ularga zaruriy ta’lim berishni mo‘ljallangan edilar. Biroq barcha nomzodlar psihologik testlardan to‘la o‘tkazilib, ularning qadriyatlari, hayotga munosabatlari va shaxsiy sifatlari yaponcha boshqaruv uslubiga, va ayniqsa, “Nissan” korporatsiyasi madaniyatiga mos kelishi aniqlangan. Buyuk Britaniyaning boshqa kompaniyalari sof ekologik maydonlarda yangi sanoat zavodlarini joylashtirishda shu kabi personalni tanlash jarayoniga amal qildilar.
Bajarish sifatini boshqarish ham yanada takomillashgan. Mehnat haqi va mukofotlash tizimi shaxsiy faoliyat sifatiga bog‘liqligi kuchaygan. Ijtimoiy va xususiy sektorlarda tashkilotning barcha bo‘g‘inlarida o‘tkazilayotgan rasmiy attestatsiyalar aniqlashtirilgan. Kadrlarni o‘qitish kompaniya xususiyatlariga yo‘naltirilgan.

      1. Yüklə 5,17 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin