Birinchi bosqichda tashkilotning maqsadlaridan kelib chiqqan holda asosiy vazifalar belgilab olinadi. Bu vazifalar har bir ish joyida, kerakli vaqtda zaruriy miqdorda va sifatli mehnat samaradorligini ta’minlashdan iborat. Albatta, kadrlarni rejalashtirishning boshqa vazifalari ham mavjud. Ularga personal mehnati samaradorligini rag‘batlantirish kiradi.
Personalga ehtiyojni rejalashtirish. Kadrlarni rejalashtirish kadrlar siyosatining muhim elementi bo‘lib, uning vazifalari, strategiyasi, maqsadlarini belgilashda, kerakli tadbirlar orqali ularning bajarilishida yordam beradi.
Kadrlarni rejalashtirish - tashkilotda rejalashtirishning tashkiliy qismidir. Agar kadrlarni rejalashtirishga alohida qaralsa, uning samarasi past bo‘ladi. Chunki, kadrlar masalalari bo‘yicha qarorlarga tashkilotning ishlab chiqarish rejasi, ilmiy tadqiqot ishlari rejasi, aylanma rejasi, moliyaviy reja kabi rejalari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida ushbu rejalarda kadrlar masalasini e’tiborga olmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tashkilot maqsadlariga erishish uchun zrur bo’lgan mehnat samaradorligini kerakli vaqt va kerakli joyda zarur miqdor va sifatda ta’minlash
Tashkilotning bo’lajak siyosatining asosi.
Xizmatchilarning lavozim va kasb bo’yicha ko’tarilishini ta’minlash, individual mehnat samaradorligi tamoyilini ta’minlash
Kadrlar vazifalari va kadrlar strategiyasidan kelib chiquvchi har bir xizmatchining aniq maqsadlarini belgilash