Baholanayotgan shahsni yahshi biladigan turla toifadagi xizmatchilar (rahbarlar, qo‘l ostidagilar, hamkasabalar) so‘rovnomasini o‘tkazish
va shu orqali shaxsiy sifatlar diagrammasini chizish
Ijtimoiy baholash anketasi, sifatlar diagrammasi
Kuzatish
Baholanayotgan hizmatchini ish kunini bir martalik kuzatishlar va suratga olish usullari bilan norasmiy holatda (dam
olishda, oilada ) va ishda kuzatish
Xavfli holat tashkil qilish va ularni hal qilish jarayonida (kelishmovchilik, murakkab qaror qabul qilish, suhbatda o‘zini tutish, spirtli ichimliklar va ayollarga munosabati va h.k.) shaxsni
kuzatish
Holat va shaxsning o‘zini tutishi haqidagi hisobot
Tashkiliy o‘yinlarini o‘tkazish, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish, o‘yinchilarni rollar bo‘yicha ajratish (“g‘oyalar generatori”, “tashkilotchi”, “tanqidchi”, “ekspert”, “ish yurituvchi”,
“kuzatuvchi” va boshqalar) va kichik guruhda ishlash faoliyatini baholash.
O‘yin haqida hisobot. O‘yinchilar va rollarni baholash
Aniq holatni tahlil qilish (keys-stadi)
Xizmatchiga ishlab chiqarishdagi ma’lum holat bo‘yicha tahlil o‘tkazish va holatni hal qilish bo‘yicha ma’ruza shaklidagi takliflar tayyorlash bo‘yicha
topshiriq berish
Holatni hal qilish bo‘yicha muqobil qarorlar mavjud bo‘lgan ma’ruzalar
Ajratish, joy- joyiga qo‘yish (ranjirovanie)
Baholanayotgan xizmatchilarni boshqa usullar bilan o‘zaro taqqoslash va tanlab olingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ranglarning (guruhdagi joylarni) kamayishi yoki ko‘payishi tartibida
joylashtirish
Xizmatchilarning (nomzodlarni) ranglar bo‘yicha ro‘yxati
Dasturlangan nazorat
Nazorat savollari yordamida professional bilim va ko‘nikmalar, intellekt darajasi, tajriba va ish
faoliyatini baholash
Professional bilim va ko‘nikmalarni nazorat qilish, bunda baholanuvchi ma’lum fan bo‘yicha (muammolar
bo‘yicha) oldin tayyorgarlik ko‘radi va komissiya oldida javob beradi
Baholari ko‘rsatilgan imtihon varaqlari, biznes reja
O‘z faoliyati bo‘yicha hisobot
(ma’ruza qilish)
Rahbar yoki mutaxassisni ish rejalarini va shaxsiy majburiyatlarini bajarilishini tahlil qilingan yozma hisoboti yoki mehnat jamoasi oldida chiqish qilishdir
Yozma hisobot
Mehnatni umumiy baholash
Mehnat sifatining murakkabligi va natijalarni baholash ko‘rsatkichlarini umumlashtirish va ularni oldingi davr ko‘rsatkichlari yoki koeffitsientlari bilan
taqqoslash
Mehnatni baholash jadvali
Personalni attestatsiyada n o‘tkazish
Attestatsiya komissiyasi tomonidan nomzodning mansabga munosibligini aniqlash uchun va shaxsning salohiyatini belgilash uchun javoblarni tahlil qilish maqsadida personalni baholashning
kompleks usuli
Attestatsiya anketasi, attestatsiya komissiyasi protokoli, direktorning buyrug‘i
Mehnatni baholash tizimining ko‘pchiligi bir qancha odamlarni baholashda ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bunday amaliyot shu odamni xatti-harakatini baholash uchun haqqoniy sharoitlarni yaratadi. Baholash tizimini qo‘llashning eng katta qiyinchiligi – ishchi tomonidan bajarilgan ishni o‘lchash usullarini topishdir. So‘nggi mezon bo‘lib mehnatning ishlab chiqarish qobiliyati xizmat qiladi, lekin uni o‘lchash har doim ham oson bo‘lavermaydi. Aniq bir matnning ko‘p betini bexato yozgan yoki nuqsonsiz mikroprotsessorlarni ko‘p yiqqan ishchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida boshqalarga nisbatan yuqori ishlab chiqarishni namoyish etadi.
7.6.1-rasm. Kompaniyalar ishchilari mehnati sifatinining ob’yektiv baholashni ta’minlash uchun anketa namunasi52
Ballar:
5- a’lo. Ishchi muntazasm ravishda belgilangan me’yorlarni ortig‘i bilan bajaradi va bu ishdan kutilgan natijani oshiradi.