O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə96/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

9.1.1-rasm. Kadrlar innovatikasi55
Kadrlar bo‘yicha yangiliklarning, shuningdek, KTni zamonaviy tabiati, mohiyati, xususiyatlarini tushunish uchun kadrlar tizimini progressi, regressi, stagnatsiyasi, inqirozi va barqarorlashuvi kabi tushunchalar muhim hisoblanadi. Ushbu tushunchalarni ko‘rib chiqish,


55 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 236-бет.
kadrlar tizimidagi yangiliklar sabablari, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va tuzilmalar (mamlakat, mintaqa, vazirlik, tashkilotlar) taqdirida kadrlar rivojlanishining rolini yaxshiroq tushunish uchun zarur. Ushbu barcha tizimlar va ularning kadrlari turli vaqtda turli holatlarda (to‘liq farovonlikdan inqirozgacha) bo‘lishi mumkin.
    1. Qarorlar qabul qilish, strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlari


Bu holatlarni bilish to‘g‘ri qaror qabul qilish, kerakli strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Keltirilgan tushunchalarning qisacha izohini beramiz:



  1. rasm. Qarorlar qabul qilish, strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlari56


Kadrlar tizimining progressi – bu kadrlar tizimining kadrlar yangiliklarini doimiy qidirish, ishlab chiqish va amalga oshirish asosida takomillashgan va samaraliroq shakllar, maqsadlar, tarkib va usullarga o‘tishidir.


56 A.Хайитов. “Инсон ресурсларини бошқариш” фани бўйича ўқув-услубий мажмуа.-Тошкент: Иқтисодиёт, 2018 йил, 237-бет.
Kadrlar tizimining regressi – bu kadrlar tizimining turg‘unligi, oldingi darajasining, faoliyatining yangi vazifalarini ta’minlash imkoniyatining pasayishi, kadrlar degradatsiyasi, eskirgan kadrlar va kadrlar bilan ishlash usullariga qaytishdir.
Kadrlar tizimi inqirozi – kadrlar tizimini eng muhim maqsadlari, funksiyalari, tarkiblari, ishlash va rivojlanish shakllari va usullarining chuqur buzilishi va noto‘g‘ri yo‘nalishi, uning natijasida asosiy kadrlarning yo‘qotilishi yoki yo‘qotish xavfi vujudga kelishi mumkin.
Kadrlar tizimi stagnatsiyasi – kadrlar tizimining ayni paytdagi maqsadlari va ehtiyojlariga mos kelmay ishlashi va rivojlanishining sekinlashishi.
Kadrlar tizimining barqarorlashuvi – KTni normal rivojlanishi va ishlashini (yangi KT yaratishda yoki KTda sezilarli o‘zgarishlar qilinganda) yoki tashkilot bar?aror ishlashi uchun KTni yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan minimal darajada ishlashini ta’minlovchi kadrlar. Maqsadlar, funksiyalar, tarkib, shakl va usullarini doimiy barqaror holatga keltirish.
Personal menejmenti tizimida kadrlar innovatikasini umumiy masalalarini ko‘rib chiqishda kadrlar va KT rivojlanishini boshqarish ularning normal ishlashini boshqarishdan nima bilan farq qilishini tushunib olish kerak.
Kadrlar tizimining ishlashi – oddiy takror ishlab chiqarish yoki kadrlar qismini, personalni boshqarishning oldingi sifatda maqsad va usullarini takror ishlab chiqarish bilan xarakterlanuvchi shakllangan (o‘zgarmas) norma va qoidalar bo‘yicha shakllangan son va tarkibli kadrlar barqaror va takrorlanuvchi faoliyati.
Kadrlar tizimi ishlashi va uni ta’minlovchi usullar kadrlar rivojlanishi vazifalariga nisbatan ikkinchi darjali deb, o‘ylash kerak emas. Personalning normal ishlashini ta’minlash butun tashkilotni normal (barqaror) ishlashining muhim sharti hisoblanadi. Personalning normal ishlashini ta’minlovchi usullarga harakatdagi kadrlar salohiyatidan ratsional foydalanish, uning barqarorligi va proportsionalligini ta’minlash, kadrlarni tashkilot ishlashini maqsadlari
bilan balansli bog‘lash, kadrlar sohasida inqirozsizlik va kelishmovchiliksizlikni ta’minlash usullarini kiritish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va kadrlar tizimlarining normal ishlashining qonuniyatlari, ularning barqarorligi, o‘zgarmas sifatda, tarkibda, funksiyalarda, usul va shakllarda takror ishlab chiqarilishi, inqirozsizlik, barqarorlik, ritmiklik, kuchsiz kelishmovchiliklilik, murakkab bo‘lmagan istiqbollash imkoniyatiga egalilik kiradi.
Kadrlar va KTning yangilanishi va rivojlanishi jarayonlarini xarakterlash uchun KTning evolyutsion va radikal yangilanishi tushunchalariga izoh berish lozim.
Kadrlar va KT evoloyutsion rivojlanishi – bu ularning evolyutsion tipdagi lokal va standart kadrlar yangiliklari yo‘li bilan asta-sekin o‘zgarishi va yangilanishidir. Misol sifatida nafaqa yoshidagi ko‘plab xizmatchilarni kam sonli yangi, ish qobiliyati va malakasi yuqoriroq xizmatchilar bilan almashtirishni keltirish mumkin.
Kadrlar va KTni radikal-intensiv rivojlantirish va yangilash – radikal kadrlar yangiliklari (shu jumladan, kadrlar islohotlari) yo‘li bilan nisbatan qisqa vaqt ichida ularni tubdan o‘zgartirish (yangilash, darajasini oshirish). Bu jarayonlar KT darajasi, ijodiy salohiyati, kasbiy- malakaviy tarkibi, maqsadlari, funksiyalari va usullaridagi chuqur sifat o‘zgarishlari bilan xarakterlanadi.
Kadrlar yangiliklari va KT rivojlanishi maqsad emas, balki zamonaviy tashkiliy jarayonlarning ilmtalablik, intelekttalablik va innovatsionligi ortishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy tashkilotlarni yangilashning obyektiv zaruriyatidan kelib chiqadi.



    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin