alohida kadrlarga nisbatan kadrlar yangiliklari (masalan, elita mutaxassislari va novatorlar bilan ishlash – elita menejmenti);
ilmiy, ilmiy-ta’lim va innovaitsya strukturalari va ularning bo‘limlari kadrlar tizimlarida yangiliklar (bu kvadratga ko‘paytirilgan yangiliklar – innovatsiya strukturalarida yangiliklar desa bo‘ladi);
maqsadli ilmiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni ta’minlash bilan bog‘liq kadrlar yangiliklari (dastur yoki loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun kadrlar yig‘ish va to‘plash);
soha, mintaqa, mamlakat miqyosidagi kadrlar yangiliklari;
kadrlar xizmatlari ishidagi yangiliklar.
Radikallik darajasi, miqyos va amalga oshirish sur'atlari bo‘yicha:
kadrlar tizimini asta-sekin va qisman yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan evolyutsion va modifikatsiyalash xarakteridagi kadrlar yangiliklari;
kadrlar tizimini tubdan va keng miqyosli o‘zgartirishga yo‘naltirilgan radikal (islohotchilik) kadrlar yangiliklari. Kadrlar islohotlari – bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim va strukturalar rivojlanishining sifat jihatdan yangi maqsad va vazifalariga mos ravishda kadrlar salohiyatini (kadrlar tizimini) tubdan o‘zgartirishga (yangilashga) yo‘naltirilgan yirik miqyosli kadrlar yangiliklaridir;
lokal, qisman kadrlar yangiliklari.
Qisqa vaqt ichida amalga oshiriladigan kadrlar tizimidagi ekspress- yangiliklar (odatda, kadrlar tizimidagi ekstremal holat bilan bog‘liq bo‘ladi).
KT qismi sifatidagi personalni boshqarishni mexanizatsiyalash elementlariga nisbati bo‘yicha:
personal rivojlanishini baholash so?asidagi o‘zgarishlar;