O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
III bob bo’yicha xulosa 
 
O‘zbekistonda budjet tizimini isloh qilish budjetni tuzishda ishtirok etuvchi
xodimlar malakasiga qo‘yadigan talablarni sezilarli darajada kuchaytirishni 
nazarda tutadi. Bu davlat organlari faoliyatining maqbul natijalarini to‘g‘ri
belgilash, natijalarga erishish uchun dasturlarni ishlab chiqish, muqobil 
dasturlarni tahlil qilish va taqqoslash, ularning unumdorligini kuzatib borish 
zaruriyati bilan belgilanadi.Islohot natijasida axborot bilan ta’minlashga,
ma’lumotlar sifatiga va jarayonlarni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar ham 
ortadi. Islohot infratuzilmani sezilarli darajada o‘zgartirishni, budjet tarmog‘ini
restrukturizatsiya qilishni nazarda tutadi. Islohotni amalga oshirish aholining 
budjet siyosatiga va budjet tarkibiga yanada faolroq ta’sir ko‘rsatishga tayyorlik 
darajasini kuchaytirishi mumkin. Islohot jarayonida muvofiqlashtirish tartib-
taomillariga nisbatan talabchanlikortadi. Bunda muvofiqlashtirish tartib-
taomillarida sifat o‘zgarishlari yasalishi,xususan xarajatlarning moddalarigina 
emas, pirovard natija ham muhokama qilinishi lozim. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda soliqqa tortish obyektlarining real 
bozor qiymatini aniqlash va shunga mos ravishda soliqlardan yo`qotmalarni 


58
qisqartirish maqsadida hamda xorijdagi bu ishlarga tegishli bo`lgan tajribalarni 
inobatga olgan holda soliq organlari tarkibida soliqqa tortish maqsadlari uchun 
mulkning bozor bahosini aniqlash bo`yicha mutaxassis-baholovchilar institutini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Davlat 
budjeti 
daromadlarini 
shakllantirishda 
soliqlarning 
budjet 
daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyatini ochib berishga bag’ishlangan 
nazariy qarashlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki: 
Birinchidan, soliqlar davlat funktsiyalarini bajarishning asosiy va birlamchi 
manbai hisoblanadi; 
Ikkinchidan, soliqlar milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi; 
Uchinchidan, soliqlardan budjetning iqtisodiy mazmundagi xarajatini 
moliyalashtirishda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berish amaliy ahamiyat 
kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta 
qurish davlatning iqtisodiyotda faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo’yadi; 
To’rtinchidan, soliqqa tortish tamoyillarini buzulishiga yo’l qo’ymaslik soliq 
tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi; 
Beshinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga 
bo’lgan yuqori darajadagi talabini qondirish maqsadida soliqlarning 
jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga 
egadir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin