O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
 


10
1-rasm 
Budjet daromadlarini shakllantirish prinsiplari
3
 
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy 
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish 
shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi 
mumkin. 
Davlat budjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
soliqli daromadlar; 
soliqsiz daromadlar; 
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 
3
Malikov T. S., Vahobov D.R. Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010. – 660 bet. 
soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining 
tugashiga olib kelmasligi kerak 
soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim 
soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir 
ko’rsatmasligi 
soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi 
davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzon-roq bo’lishi lozim 
soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak 
sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish 
sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga 
kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi 
ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning 
rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish 
byudjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash 
byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish 


11
Budjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq 
umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, 
boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliqsiz daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va 
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan 
so’ng); 
budjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan kelgan 
daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq 
va yig’imlardan so’ng); 
fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash na-tijasida olingan 
mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to’lashlar va davlat sub’ektlariga 
etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar hamda majburiy undirilgan boshqa 
mablag’lar; 
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet 
kreditlaridan tashqari); 
boshqa soliqsiz daromadlar. 
Tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham budjet daromadlarining tarkibida 
hisobga olinishi mumkin: 
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki 
boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; 
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjet mablag’larining qoldig’i 
bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; 
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli 
boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar; 
qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki 
boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag’laridan foydalanganlik uchun 
haq; 


12
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining 
hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri keladigan foyda 
ko’rinishidagi daromadlar; 
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar 
to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan 
qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. 
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet 
tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki 
mablag’larni qaytarilmaslik va tikla-maslikning boshqa shakllarida olinadigan 
moliyaviy yordamdir. Bun-day moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi budjetning 
daromad-larida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, 
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki 
tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham budjetning shunday 
daromadlari tarkibiga kiradi.
O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat budjetining daromadlari ikki 
guruhga bo’linishi mumkin: 
– xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar; 
– aholidan tushumlar. 
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat budjetining daromadlari quyidagi 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 
– davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar; 
– aholidan olinadigan mablag’lar. 
Budjet daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari 
daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazo-lar bo’yicha kichik 
guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, dav-lat xo’jaliklaridan olinadigan 
daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini 
sotishdan olinadi-gan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan 
xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan budjetga kelib tushadigan 


13
mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat bo’lishi mumkin. 
O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat budjetining 
daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari 
tomonidan budjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat 
solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat 
mulkidan olinadigan daromadlar tar-kibi bojxona daromadlaridan, egasiz va 
musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta 
jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizatsiya 
qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassa-salari 
tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil 
inspektsiyalari tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik 
uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun 
haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga 
ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi. 
Davlat budjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi 
mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum 
lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat budjeti daro-
madlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda budjetga o’tkazilishi zarurligini 
anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof etilishi 
to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat budjetning 
ijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida 
budjetga jalb etishga yo’naltirilgan. 
Sub’ektlarning daromadlari Davlat budjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni 
qo’llab, olinishi mumkin: 
1) soliqli metodlar; 
2) nosoliqli metodlar
4

4
Malikov T. S., Haydarov N. H. Moliya: umumdavlat moliyasi. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. 


14
Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat budjeti foydasiga aniq 
belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan mud-datlarda undirilishi 
xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va 
milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular 
yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan 
mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga 
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol-mulk 
solig’i va boshqa soliqlar kiradi. 
Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan 
olinadigan to’lovlardir. 
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan mablag’lar ham 
davlat budjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning 
ixtiyoriga vaqtinchalik foyda-nish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda 
davlat olingan mablag’larni sarf etsada, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda 
va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday budjet da-romadlarining 
ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini rea-lizatsiya qilishdan olingan tushumlar 
hisoblanadi. Davlat budjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning 
budjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin. 
Davlat budjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan 
oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va 
odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Budjet daromadlarining faqat 
ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning 
tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. 
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari 
va turlarining yig’indisi davlat budjeti daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. 
Turli sub’ektlardan kelib tushadigan Davlat budjetining daromadlari umumdavlat 
ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. 
Davlat budjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy emas. Ular 
mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq 
ravishda o’zgarib boradi. 


15

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin