O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

1.2.
 
Davlat budjeti daromadlarini shakllanishida soliqlarning nazariy-
huquqiy asoslari 
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida bevosita davlatning paydo 
bo‘lishi bilan bog’liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni 
bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Davlat 
faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy 
manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi 
soliqlardir. Soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadini shakllantiradi, 
davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchilarning 
tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli 
foydalanishga bo‘lgan intilishini rag’batlantiradi, aholining turmush darajasini 
tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan 
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. 
Respublikamizda milliy soliq tizimining rivojlanishini uchta asosiy 
bosqichga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi bosqichda (1991-1994 yillar) soliq tizimi xazina masalasini hal 
qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi budjetning ko‘proq mutanosib 
bo‘lishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Bu davrda soliqlarning ko‘pligi bilan ham, 
uning yuqori stavkalari bilan ham, shuningdek soliq yukining soliqqa tortishning 
turli shakllari va soliq to‘lovchilar toifalari o‘rtasida notekis taqsimlanishi bilan 
harakterlanadi. Tabiiy xom-ashyo resurslari, mulkni soliqqa tortish nisbatan past 
bo‘lgani holda soliq yukining asosiy og’irligi korxonalar daromadlariga tushdi. 
Shu davrda mavjud bo‘lgan imtiyozlar, ularning ko‘pligiga qaramay ishlab 
chiqarishni kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga jiddiy 
ahamiyatga ega bo‘lmadi yoki soliq tizimi o‘zining eng muhim vazifasi - ishlab 
chiqarish va tovar ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish vazifasini amalda 
bajarmadi. Soliq tizimining qayta taqsimlash vazifasi ham etarli darajada samarali 
ishlamadi. Turli xil soliqlarni respublika va mahalliy soliqlarga ajratish, soliqlarni 
turli darajadagi budjetlarga biriktirishning oqilona usuli shakllantirilmadi. Barcha 


16
soliq tushumlarining katta miqdori respublika budjeti orqali taqsimlandi. 
Ikkinchi bosqichda (1995-1999-yillar) u yanada barqarorlashdi, undan bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga javob bermaydigan soliq va to‘lovlar chiqarib tashlandi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 30-noyabrdagi 1014-
sonli «O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini 
kuchaytirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g’risida»gi Farmoni soliqlarning 
rag’batlantirish rolini oshirish, soliq imtiyozlarini kuchaytirish, xususiy 
sarmoyalarni kengaytirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni jadal va ko‘lamli 
rivojlantirish, soliq siyosati, uning soliqqa tortishning turli sub’ektlariga nisbatan 
qo‘llanishdagi moslashuvchanligini amalga oshirishni taqozo etdi. Unda soliq 
tushumlarining tarkibiy o‘zgarishlari, ya’ni daromad, qo‘shilgan qiymat 
soliqlarining tushumi ulushini kamaytirish va ularni resurslari va mulk solig’i 
bo‘yicha ko‘paytirish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlandi.
O‘zbekiston soliq tizimini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi davomida 
soliq solishga doir mavjud qonun hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq Kodeksi 1997-yil 24-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan qabul qilindi va 1998-yil 1-yanvardan amalga kiritildi. 
Soliq Kodeksining qabul qilinishi har bir soha va tarmoqning xususiyatlarini 
hisobga olib soliq solish tizimini shakllantirish, rag’batlantiruvchi funktsiyasini 
kuchaytirish bilan soliq stavkalarini tabaqalashtirish, soliqlarning rolini oshirish va 
ularni bir xillashtirish imkonini berdi. 
Ikkinchi bosqichda Respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni 
rivojlantirishni rag’batlantirish uchun qulay «soliq iqlimi»ni yaratish maqsadida 
mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonini me’yoriy-huquqiy ta’minlashni 
yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berildi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari 
umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig’imlarning jami o‘rniga budjetga 
yagona soliq to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Vazirlar Mahkamasining
15-apreldagi 159-son qarori bilan kichik korxonalar uchun soliq solishning 
soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibi tasdiqlandi. 
1999-yildan boshlab qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer 


17
solig’ini to‘lay boshlashdi. U barcha amaldagi umumdavlat va mahalliy soliqlar 
hamda yig’imlarning jamini to‘lash o‘rniga joriy etildi. 
Soliq tizimini rivojlantirishning uchinchi bosqichi (2000-yildan boshlab) 
mamlakatimiz Prezidenti va hukumati tomonidan jamiyat hayotining barcha 
tomonlarini erkinlashtirish, iqtisodiy islohotlar yo‘lidan olg’a borish vazifalari 
qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil
23-noyabrda qabul qilingan, 2007-yil 30-noyabrda Senat tomonidan ma’qullanib
,
2007-yil 
25-dekabrda 
Prezident 
tomonidan 
tasdiqlangan 
O‘zbekiston 
Respublikasining Soliq Kodeksining 2008-yil 1-yanvardan kuchga kiritilishi
 
soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblarini belgilab berdi. 
Mamlakatimiz 
soliq 
tizimini 
takomillashtirish 
iqtisodiyotni 
barqarorlashtirishga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga dahldor qator 
muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va modernizatsiyalash sharoitida soliqlar islohotlar jarayonining tarkibiy qismi, 
ichki harakatlantiruvchi omiliga aylandi. Shundan kelib chiqib, soliq tizimi o‘ziga 
xos vazifani to‘la darajada bajarishi islohotlar muvaffaqiyatini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi «Soliq Kodeksi»ni 2008-yil 1-yanvardan kuchga

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin